Yillar o`zbek adabiyoti


Download 55.18 Kb.
bet1/5
Sana25.06.2023
Hajmi55.18 Kb.
#1654468
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1946 1990 YILLARDA O’ZBEK ADABIYOTI VA MADANIYATIGA MUSTABID TUZUMNING (3)


Mavzu: 1946-1990- yillarda O’zbek adabiyoti va madaniyatiga mustabid tuzumning ta’siri


Mundarija:


Kirish……………………………………………………….2-3
1 1946-1990-yillar o’zbek adabiyoti…………………………………………..4-11
2.Adabiyot maydonidagi mafkuraviy kurash………………………………12-25
3.Markazii Osiyo madaniyatiga Rus va dunyo madaniyatining ta’siri……….26-31
Xulosa…………………………………………………….32-33


Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………34


KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzaribligi. 50-yillarning o`rtalarida mamlakatda shaxsga sig’inish oqibatlarini tugatish, demokratiyani kengaytirish, sotsialistik qonunchilikni tiklash yo`lida dadil qadamlar qo`yildi. 30-40-yillardagi ma`muriy buyruqbozlik yo`qotilib, erkin ijodiy fikrlashga bir muncha imkoniyat yaratildi. Respublikada adabiy hayotni sog’lomlashtirish yuzasidan muhim tadbirlar amalga oshirildi. 30-yillarda shaxsga sig’inish qurboni bo`lgan Abdulla Qodiriy, So`fizoda, Cho`lpon, Fitrat, Usmon Nosir singari adiblarga qo`yilgan asossiz ayblar olib tashlanadi. 40-yillarning oxiri, 50-yillarning boshida qatag’onga uchragan Shayxzoda, Shuhrat, S.Ahmad, Shukrullo kabi adiblar oqlanib, jo`shqin ijodiy mehnatga qaytdilar. Oybek, A.Qahhorga qarshi uyushtirilgan asossiz ayblar, behuda gap so`zlarga qisman chek qo`yildi. Ma`naviy merosga nisbatan qo`yilgan ayrim xatoliklar (“Alpomish” dostonining asossiz qoralanishi kabi) tuzatildi. Ana shu omillar tufayli adabiyotda jonlanish, yangi bir ko`tarilish boshlandi Og’ir xastaligiga qaramasdan Oybek “Quyosh qoraymas”, “Ulug’ yo`l”, “Bolalik” singari yirik nasriy asarlarini, “Davrim jarohati” nomli o`tkir publitsistik dostonini; o`nlab lirik she`rlar, ilmiy, adabiy tanqidiy maqolalarini kitobxonga taqdim etdi. Abdulla Qahhor “Sinchalak”, “To`yda aza”, “Tobutdan tovush” singari adabiyotimizda yirik hodisa bo`lgan asarlarini yaratdi. Shuhrat, S.Ahmad, Shukrullo, A.Muxtor, Mirmuhsin singari o`z ijodini 30-yillarda boshlangan yozuvchilar, asosan, 60-80-yillarga kelib o`z iste`dodlarini to`laroq namoyon eta boshladilar. Bu davrga kelib o`zbek adabiyotining jahon adabiyoti bilan aloqasi kengaydi. Nashr ishlari yaxshilandi. G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti tashkil etildi. “O`zbek madaniyati” (Hozirgi “O`zbek adabiyoti va san`ati” gazetasi) chiqa boshladi (1956). “Guliston” jurnali qayta tiklandi. “Sharq yulduzi” juranlining hajmi kengaydi. 80-yillarga kelib, bular yoniga “Yoshlik”, “Yosh kuch” jurnallari qo`shildi. “Cho`lpon” nashriyoti tashkil etildi.
Adabiyotda sifat o`zgarishlar paydo bo`ldi. Voqealarni bor murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko`rsatish tamoyili kuchaydi.



Download 55.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling