Yillarda Arab davlatlari
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI
Download 1.76 Mb.
|
Arab davlatlari
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI (Al-Imora alArabiyya al-Muttahida) , BAA — Arabiston ya. o. ning sharqidagi davlat, 7 amirlik — Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Umm ul-Qayvayn, Al-Fujayra va Raʼs ul-Xaymadan iborat federatsiya. Fors va Ummon qoʻltiqlari sohilida joylashgan. Tub joy aholisi — arablar; aholining 70—75% boshqa arab mamlakatlari, Hindiston, Pokiston, Eron, Bangladesh, Shri Lanka kabilardan kelganlar. Davlat tili — arab tili. Mayd. 83,6 ming km2, aholisi 2,7 mln. kishi (1999). Aholining 77,8% shaharlarda yashaydi. Poytaxti — AbuDabi sh. Davlat dini — islom Davlat tuzumi. Amaldagi konstitutsiya 1996-y. da qabul qilingan. Hokimiyatning oliy organi — amirliklarning shayxlaridan iborat Oliy kengash. U oʻz ichidan 5 y. muddatga davlat boshligʻi — prezidentni saylaydi. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Mamlakatda parlamentga oʻxshash maslahat organi — Federal millat kengashi mavjud, u mamlakat qabilalari va uruglari, savdo-sanoat doiralari va ziyolilarning nufuzli vakillaridan iborat. Uning barcha qarorlari Oliy kengash va prezident uchun tavsiya tusida boʻladi. Tabiati. Dengiz qirgʻogi kam parchalangan. Sohilda shoʻrxok botqoqyoki balchiqli yerlar koʻp. BAA hududining aksariyati — dasht tekislik, faqat sharqida 1127 m gacha balandlikka koʻtariladigan toshloq plato bor. Yer osti mukammal oʻrganilmagan. Neft, birmuncha mis va qoʻrgʻoshin rudalari, oltingugurt, qizil temir oksidi (oxra) konlari topilgan. Iqlimi — tropik, quruq. Yanv. da oʻrtacha harorat 20° atrofida, iyulda 30° dan 35° gacha, baʼzan 50° gacha. Yiliga 150 mm gacha yogʻin yogʻadi. Doimiy oqadigan daryolari yoʻq, vodiylar koʻp. Asosan dasht oʻsimliklari oʻsadi, vohalarda mevali daraxtlar, xurmo, tamariks, akatsiya va b. uchraydi. Tabiati. Dengiz qirgʻogi kam parchalangan. Sohilda shoʻrxok botqoqyoki balchiqli yerlar koʻp. BAA hududining aksariyati — dasht tekislik, faqat sharqida 1127 m gacha balandlikka koʻtariladigan toshloq plato bor. Yer osti mukammal oʻrganilmagan. Neft, birmuncha mis va qoʻrgʻoshin rudalari, oltingugurt, qizil temir oksidi (oxra) konlari topilgan. Iqlimi — tropik, quruq. Yanv. da oʻrtacha harorat 20° atrofida, iyulda 30° dan 35° gacha, baʼzan 50° gacha. Yiliga 150 mm gacha yogʻin yogʻadi. Doimiy oqadigan daryolari yoʻq, vodiylar koʻp. Asosan dasht oʻsimliklari oʻsadi, vohalarda mevali daraxtlar, xurmo, tamariks, akatsiya va b. uchraydi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling