Yillarda Arab davlatlari


Download 1.76 Mb.
bet3/5
Sana27.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1132551
1   2   3   4   5
Bog'liq
Arab davlatlari

1. Birlashgan Arab Amirliklari (ilgarigi nomi Shartnomali Ummon) 1971-yil 2-dekabrda Abu-Dabi amirligining shayxi Zayd bin Sulton al-Nahayon tashabbusi bilan tashkil topgan.

AA yettita amirlikdan iborat – Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Umm-al-Qayvayn, Ras-al-Xayma, Fujayra.


BAAning 85 foiz aholisi migrantlardan iborat bo‘lib, davlat boshqaruvi tashkilotlaridan boshqa barcha sohalarda faoliyat yuritadilar.
BAAda har qanday ta’lim (shuningdek, oliy ta’lim ham) bepul.
Xorijga o‘qishga ketgan talabaga har oyda 2000 AQSh dollari miqdorida stipendiya to‘lab boriladi.
. Barcha tibbiy xizmatlar, oddiy davolash profilaktikasidan tortib murakkab operatsiyalargacha, dori-darmon bepul. BAA fuqarosi bemor sifatida qaysi davlatda davolanishidan qat’iy nazar davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti, Abu Dabi amiri Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafot etgani munosabati bilan ta’ziya bildirish uchun 15 may kuni tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Jugʻrofiyasi
BAA Fors va Omon ko‘rfazida Arab yarim orolining sharqiy qismida joylashgan. Saudiya Arabistoni Qirolligi, Qatar va Omon Sultonligi bilan chegaradosh. BAA 7 ta amirlik (xonlik) dan iborat: Abu-Dhabi, Ajman, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvayn, Sharja[1].
Aholisi
BAA aholisi — 9,4 million kishidan ziyod (2018). Etnik tarkbi: arablar — 20 %, arab olamidan tashqaridagi hududlar, yaʼni Yevropa, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan — 80 %. Aholining 33%i ayollar, 67%i erkaklar
Til
Rasmiy tili arab tili, bundan tashqari ingliz, hind, urdu va fors tillaridan ham foydalaniladi. So‘ngi yillarda Dubayga rus turistlar tashrifi ko‘pligi sababli mehmonxonalarda ishchilar rus tillarida ham suhbatlashmoqdalar[2].
Asosiy joylar
Dubay (bu yer juda qiziqarli sanoatlashgan dam olish joyi: akvapark, hayvonot bogʻi, Dubay tarixiy muzeyi, mamlakatdagi eng katta savdo markazi mavjud), Sharja, Ras Al-Hayma, Abu-Dhabi, Fujeyra, Um Al-Quvayn. Asosiy turistlik markazlari: Abu-Dhabi, Ajman, Jumeyra, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvain, Sharja.
Siyosiy tuzum
Tashqi siyosati
Tashqi siyosatda BAA yaxshi qoʻshnichilik va jahon mamlakatlari bilan oʻzaro hurmat, hamda ularning ichki ishlariga aralashmaslikga asoslangan tamoyilga tayanadi.
Iqtisodiyoti
BAA YaIMning o‘sishi 2018-yilda 1,5% oʻsib 432 milliard 600 million dollarni tashkil qildi. Amirliklar iqtisodiyotining asosinineft qazib olish tashkil qiladi. Bu davlat neftning aniqlanmagan zaxiralari boʻyicha dunyoda 6-oʻrinda, taxminan 97,8 milliard barrel, tabiiy gaz zaxirasi, 6,1 trillion m³ boʻyicha dunyoda 5-oʻrinda turadi.
Bundan tashqari turizm, yuqori axborot texnologiyalari, xizmat koʻrsatish sohalari ham iqtisodiyotning muhim manbalari sifatida rivojlanmoqda.
BAA YaIMning o‘sishi "2010-yilga nisbatan 3,2 %, Inflyatsiyaning tushishi esa 1 % kutilmoqda" — deb Davlat iqtisodiyot vaziri aytgan edi. YaIMning o‘sishida 71 % neftsiz maxsulotlarga to‘gʻri keladi, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 66,5 % edi, — deydi Sultan ibn Said Al Mansuriy. Savdo tashkilotlari OPEK va BST. Asosiy import hamkorlari: Xitoy 12,9 %, Hindiston 12 %, AQSh 8,6 %, Yaponiya 6 %, Turkiya 4,4 %, Italiya 4,2 %. Qarzi: $128,6 million (2009-yil dekabr maʼlumoti), Davlat qarzi 47,2 %, Zarari $54,68 mlrd. (2009). YaIMda qishloq xo‘jaligi (1,6 %), sanoat (61,8 %), xizmat ko‘rsatish (36,6 %) ning ulushi. Ishsizlik 12,7 %[3].
  • Asosiy sanoatlari: Neft, baliqchilik, aluminiy, sement, kemasozlik, qayiqsozlik, tikuvchilik, to‘qimachilik.
  • Eksport tovarlari: Neft vaneft maxsulotlari, tabiiy gaz, quritilgan baliq.
  • Asosiy eksport hamkorlari: Yaponiya 26,5 %, Janubiy Koreya 10,9 %, Hindiston 10,7 %, Eron 7,5 %, Tayland 6,1 %.
  • Import maxsulotlari: mashina texnologiyalari, kimyoviy maxsulotlar, oziq-ovqat.

Ish vaqti
Odatiy ish kuni ikki mavsumda 8 soat: ertalabdan 13:00 gacha va 16:00 dan kechgacha. Payshanba — qisqa kun, juma — dam olish kuni.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling