14.
|
Xorijiy ilmiy muassasalar va markazlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishini kengaytirish.
|
Institutning asosiy ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga oid rejalar ishlab chiqish va kelishish;
qiziqish bildirgan tegishli yetakchi xorijiy ilmiy markazlar, jamg‘armalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
konferensiyalar, simpoziumlar va xorijda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarda ilmiy darajaga ega izlanuvchilarning ishtirokini yo‘lga qo‘yish.
|
2021-yil
1-yanvar
Doimiy asosda
Doimiy asosda
|
Xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari
|
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(Abduraxmonov),
TIV (Kamilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev)
|
15.
|
Institut ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro va respublika darajasida ilmiy konferensiyalar tashkil etish va o‘tkazish.
|
Respublikada o‘tkaziladigan ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritish uchun vaksina-zardob ishi va farmatsevtika texnologiyalari bo‘yicha xalqaro tadbirlarni o‘tkazish kalendar rejasini tayyorlash va kelishish hamda ularni Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan muvofiqlashtirish.
|
Doimiy asosda
|
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari,
homiylar mablag‘lari
|
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(Abduraxmonov)
|