Yillarda fransiya
Download 0.51 Mb.
|
Lotin amerikasi1918-1939-yilla
Braziliya. Braziliya – Birinchi jahon urushida ishtirok etgan davlatlardan biri. Xususan, u 1917 – yilning 26 – oktabrida AQSH dan so’ng Germaniyaga urush e’lon qildi.
Biroq Braziliyaning bu urushdagi ishtiroki keng ko’lamli bo’lmadi. Chunonchi, Braziliya Buyuk Britaniyaning bir qator harbiy – dengiz tadbirlarida qatnashdi. Shuningdek, uning harbiy kemalari Janubiy Atlantikada patrul xizmatini bajargan, xolos. Shu ma’noda olganda, Braziliyaning jahon urushidagi ishtiroki ko’proq ramziy ma’no kasb etdi. Shunday bo’lsa – da, Braziliya Versal shartnomasini g’olib davlatlar qatorida imzoladi. Urush ayni paytda Braziliya iqtisodiyoti rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Bunga urush tufayli Yevropa eksporti kamayganligi sabab bo’lgan. Biroq, baribir, Braziliya agrar davlat bo’lib qola berdi. Ishga yaroqli aholining 72% qishloq xo’jaligida band bo’lgandi. Qishloq xo’jaligining asosini kofe va qand yetishtirish tashkil etgan va mamlakat moliyaviy ahvoli ayni shu kofe eksporti darajasi bilan bog’liq bo’lgan. Braziliya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishi uzoqqa cho’zilmadi. 1920 – 1921 – yillarda uning iqtisodiyotida inqiroz yuz berdi. Eksport mahsulotlarining narxi keskin pasaydi. Masalan, 1919 – yilda 1 qop (60 kg) kofe 27 sentga sotligan bo’lsa, 1921 – yilda bu ko’rsatgich 9,5 sentni tashkil etdi. Inqiroz Braziliya iqtisodiyotining chet el sarmoyasiga qaramligi yanada kuchaytirdi. 1923 – 1928 – yillarda Braziliya iqtisodiyotining qisman barqarorlashuvi asosan chet el hisobiga amalga oshirildi. Chunonchi, 1929 – yilga kelib AQSH ning bu davlat iqtisodiyotiga joylashtirgan sarmoyasi 476 mln.dollarni, Buyuk Britaniya joylashtirgan sarmoya esa 1 mlrd.dollarni tashkil etdi. Ayni paytda mamlakatda ichki siyosiy vaziyat ham keskinlashib bordi.Prezident S.Bernardis (1922 – 1926) davrida mamlakatda diktatorlik tartibi qaror topa boshladi. Mamlakatda siyosiy josuslik va ayg’oqchilik tizimi keng quloch yoydi va bu hodisa mamlakatda keskin norozilikni keltirib chiqardi. Norozilik hatto armiyaga ham ta’sir ko’rsatdi. 1924 – yilning 5 – iyulida San – Paola shahrida joylashgan harbiy qismda qo’zg’olon ko’tarildi. Hukumatga sodiq qo’shinlar qo’zg’olovchilarga qarshi 3 hafta davomida kurash olib borishga majbur bo’ldi. 1924 – yilning 28 – oktabrida esa Santo – Anjelu shahrida kapitan K. Prestes boshchiligida harbiylar qo’zg’oloni boshlandi. Hukumat qo’shinlari qo’zg’olonchilarga qarshi og’ir janglar olib borishga majbur bo’ldi va, nihoyat, 1927 – yilning 13 – fevralida qo’zg’olonchilarning so’nggi otryadlarini Boliviya hududiga surib chiqara oldi. 1929 – yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi Braziliya inqirozini yanada og’ir ahvolga solib qo’ydi. Inqirozdan mamlakat qishloq xo’jaligi ayniqsa, katta talofat ko’rdi. Xususan, mamlakat omborxonalarida 37 mln.qop kofe yig’ilib qoldi. 3 yil ichida 40 ming qop kofe dengizga oqizildi yoki yoqib tashlandi. Eksport keskin kamaydi. Mamlakat aholisining turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Bu omillar, o’z navbatida, demokratik va ijtimoiy harakatni kuchaytirdi. Shunday bir sharoitda hukmron doiralar mavjud tartibni saqlab qolish madsadida davlat to’ntarishi o’tkazishga qaror qildilar. Uni 1930 – yilning oktabrida hukmron doiralar bilan mustahkam aloqada bo’lgan harbiylar amalga oshirdilar. Mamlakatda J. Vargas diktaturasi o’rnatildi va diktatura 1891 – yilgi mamlakat Konstitutsiyasini bekor qildi. Hatto qonun chiqaruvchi barcha vakolatni ham hukumatning o’zi amalga oshira boshladi. Lekin diktatura mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Hukmron doiralar turli tabaqalari o’rtasida hokimiyat uchun kurash davom etdi. Natijada 1934 – yilning 16 – iyulida mamlakatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ichki iqtisodiy va siyosiy barqarorlik ayni paytda fashizm harakatini vujudga keltirdi. Fashizm siyosiy hayotga tobora jiddiy xavf sola boshladi. Mamlakatning taraqqiyparvar kuchlari 1935 – yilda fashizmga qarshi yagona xalq frontini tuzishga muvaffaq bo’ldilar. Bu front – «Xalq fronti umumbraziliya tashkiloti milliy ozodlik Alyansi» deb ataldi. Alyans tub ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar o’tkazish dasturini ilgari surdi. Alyansning obro’ – e’tibori tobora o’sib bordi.Bundan cho’chigan hukumat 1935 – yilning 11 – iyulida uning faoliyatini taqiqladi. Mamlakatda terror va repressiya kuchaydi.Bunga javoban 1935 – yilning noyabr oyida harbiylarning bir qismi qo’zg’olon ko’tardi. Biroq Vargasga sodiq harbiy qismlar bu qo’zg’olonni bostirdi. 1937–yilning 10–noyabrida J.Vargas Kongressni tarqatib yubordi. 1934 – yilgi Konstitutsiyani bekor qildi va mamlakatda uning shaxsiy diktaturasi o’rnatildi. Shu kuni J.Vargas butun hokimyatning Prezident qo’lida to’planishini qonunlashtirgan yangi Konstitutsiyaga ham imzo chekdi. 1937 – yilning 2 – dekabrida barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqialandi. Shunday bo’lsa – da, J. Vargas hukumati mamlakatda xalq harakatining yangidan vujudga kelishining oldini olish maqsadida qator yon berishlarga ham bordi.Jumladan,eng kam ish haqi haqida, ish kunini tartibga solish haqida dekretlar chiqardi. Ayni paytda davlatning iqtisodiyotga ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan qonunlar ham qabul qilindi. Vargas hokimiyati 1945 – yilgacha hukm surdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling