Yillarda fransiya


So'l kuchlarning fashizmga qarshi kurashga birlashishi


Download 37.15 Kb.
bet3/6
Sana21.09.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1683200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1918-1939 YILLARDA FRANSIYA

So'l kuchlarning fashizmga qarshi kurashga birlashishi. Fransiya mehnatkash1ari fashist1ar to'ntarishi mualliflari rejasini barbod qildilar. Hokimiyat tepasiga Dumerg ke1gani to'g'risidagi xabar tarqa1gani hamon yana isyonchi va ishchilar o'rtasida ashaddiy jang1ar bosh1andi. Butun Parijda, har bir tumanda, Fransiyaning hamma yerida ishchilar fashist1ami hokimiyatga qo'ymas1ik shashti bilan yondilar. Mam1akatda demokratiya va Fransiya ozod1igi uchun kurashuvchilarning umumiy fronti vujudga ke1a bosh1adi.
Namoyish1ar taqiq1anganiga qaramay, 9-fevra1 kechqurun 50 ming parij1ik fashist1arga qarshi namoyishga chiqdi. Shaharda po1itsiya va ishchilar o'rtasida haqiqiy ko'cha jang1ari avj oldi. Parij kasa1xona1ari yarador1ar bilan to'1ib-toshdi. Ishchilar hukumat fashist1ar tomonida ekaniga ishonch hosil qildilar, zero, uning buyrug'iga ko'ra po1itsiya va qo'shin1ar de Lya Rok banda1ariga qarshi emas, Parij mehnatkash1ariga qarshi chiqdilar.
12-fevra1da butun Fransiyada umumiy ish tash1ash bosh1andi. Unda 4,5 m1n. kishi qatnashdi. Shu kuni Fransiyada fashist1arga tarafdor reaksion kuch1ar tomonidan tayyor1angan dav1at to'ntarishi barbod bo'1gani oydin1ashdi. Fashizm Fransiyada o'tmadi.
Fevra1 voqea1ari so'l kuch1arning fashizm qarshi kurashga, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun birIashishlariga kuchli turtki berdi.
Xalq frontining dasturi. 1936-yi1 yanvarida Xalq frontining dasturi e'lon qilindi. Uni ish1ab chiqishda mamlakat demokratik kuch1arining vakillari ishtirok etdi1ar. Dastur fashistlarga qarshi demokratik xususiyatga ega edi. Barcha fashistIarning tashki1otlarini qurolsizlantirish va tarqatish taIabidan tashqari, u keng xaIq ommasining ahvolini yaxshi1ash ish haftasini qisqartirish, ishsizlarga yordam ko'rsatish milliy jamg'armasini tashki1 qi1ish, qish1oq xo'ja1igi mahsuIotIariga qat'iy narxlarni belgi1ashni ko'zda tutuvchi dasturni ham ilgari surardi.
1936-yi1 bahorida Fransiyaqa deputatlar palatasiga saylovlar bo'lib o'tdi. Xalq fronti partiyalari birgalikda, umumiy dastur asosida ishtirok etdilar. Saylovlarda Xalq fronti umumiy hisobda 57% ovoz to'plab, g'olib chiqdi.
Xalq fronti hukumati Sotsia1istik partiya yetakchisi Leon Blyum (1872-1950) rahbarligida Fransiyada inqirozning yangi bosqichi bosh1anayotgan bir paytda ish bosh1adi. Shunga qaramay, u o'z dasturini amalga oshirish va bergan va' dalarini bajarish borasida juda katta ish1arni amaIga oshirdi. 1936-yi1 yozi davomida parlament XaIq fronti dasturiga mos keIuvchi 100 dan ortiq qonun1arni qabul qi1di. Fashistlarning tashki1otlari taqiqlandi. O'z va'dalariga muvofiq, hukumat parlament orqali uchta qonunni o'tkazdi: 40 soatIik ish haftasi to'g'risidagi qonun, ikki hafta1ik haq to'lanuvchi ta'tillar to'g'risidagi qonun va jamoaviy shartnomaIar to'g'risidagi qonun. Xizmatchilarning maoshlari va nafaqalar oshirildi. Ishsizlik bo'yicha nafaqaga sol iq solinishiga barham beri1di. IshsizIar uchun jamoat ish1ari tashki1 qi1ina bosh1andi.
Aholining o'rta tabaqalari ahvoli ham yaxshilandi. Hukumat sanoat, savdo va qish1oq xo'jaligi sohasidagi korxonalarning qarz to'lash muhlatlarini kechiktirdi va bu bi1an ming1ab mayda ish1ab chiqaruvchi1arni kasodga uchrashdan asrab qoIdi. Mayda korxonaIardan olinuvchi soliqIar miqdori kamaytirildi, yirik korxonaIardan olinuvchi soliqIar esa oshiri1di. Fransiya banki va qator harbiy zavodlar davlat tasarrufiga o'tdi. 1937-yi1da Temir yo'llar milliy jamiyati tuzilib, uning qo'l ostiga mamlakatdagi barcha temir yo'llar o'tkazi1di. Yevropaning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi, Fransiyada ham iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish joriy qilina boshlandi.
Xalq fronti hukumati o'z qonunlarini amalga tatbiq etishda juda katta qiyinchiliklarga to'qnash keldi. Davlatda pul yo'q, demakki, tadbirkorlarni qabul qilingan qonunlarni bajarishga majbur qilish uchun mablag' ham yo'q edi. Hukumat nisbatan yengil yo'lni tanladi -u Fransiya valyutasi bo'lgan frankni fransuz xalqining barcha ijtimoiy yutuqlarini yo'qqa chiqargan holda 30% ga devalvatsiya qildi. 1937-yil fevralida L. Blyum mamlakatning og'ir moddiy ahvolini bahona qilib, Xalq fronti dasturini bajarishda tanaffus e'lon qilish tak1ifini kiritdi. U kuch to'plab, so'ng yutuqlarni mustahkamlash uchun «nafas rostlash» lozimligini uqtirdi. Bu aholining noroziligiga sabab bo'ldi. 1937-yil iyunida Blyum iste'fo berdi.

Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling