Yillarda fransiya


Xalq frontining parchalanishi


Download 37.15 Kb.
bet4/6
Sana21.09.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1683200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1918-1939 YILLARDA FRANSIYA

Xalq frontining parchalanishi. Reaksion kuchlar Xalq fronti hukumatiga qarshi ochiq faoliyatini xalqqa qarshi yo'naltirishga urindilar. Ular davlatning ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarini qisqar- tirishga erishdilar, hukumatning moddiy ahvolini og'irlashtirishga qarati1gan qator tadbirlarni amalga oshirdilar. Hukumat tamaki mahsulotlari, gugurt, spirtli ichimlik1ar, pochta-telegraf va temir,yo'l tashuvlariga yangi soliqlar belgilashga majbur bo'ldi. Xalq frontining yangi hukumati Shotan hukumati yangi devalvatsiyani amalga oshirdi. Ikki devalvatsiya natijasida Fransiyada yashashning qiymati 1936-yil maydan 1937-yil dekabrgacha 40% ga qimmatlashdi.
Xa1q fronti obro'siz1andi. Uning saflarida parchalanish yuz berdi. Eduard Daladye boshchiligidagi guruh Xalq fronti partiyalari bilan orani uzish va o'ng reaksion partiyalarga tayangan holda bir partiyali hukumatini tuzishni talab qildi. Eduard Errio boshchiligidagi ikkinchi guruh esa Xalq fronti dasturiga sodiq qoldi. Radikal-sotsialistlarning 1938-yil oktabrida Marselda bo'lib o'tgan syezdida Xalq frontidan ajralish to'g'risida qaror qabul qilindi. Fransiyaning xalq fronti parchalandi.
"Milliy hiyonat"hukumatining hokimiyatga kelishi. Xalq frontining parchalanishi reaksion kuchlarga yo'l ochdi 1938-yil 10-apreldan 1940-yil 18-maygacha hokimiyatni boshqargan E. Daladye hukumati davridayoq Fransiya mehnatkashlari uchun Xalq fronti hukumati joriy qilgan imtiyozlarga barham berila boshlandi. Barcha mahsulot va xizmat turlariga soliqlar oshirildi. Tadbirkorlar oz miqdorda haq to'lagan holda xizmat vaqtidan tashqari ishlarni joriy qilish huquqini qo'lga kiritdilar. Ish haftasi 5 kundan 6 kunga uzaytirildi. Ijtimoiy himoya xarajatlari qisqardi. Mayda korxonalarga solinuvchi soliqlar miqdori 13 baravar oshirildi, yirik korxonalarga solinuvchi soliqlar esa kamaytirildi.
Mamlakat mehnatkashlari bunga ommaviy namoyishlar bilan javob berdilar. 1938-yil 30-noyabrda Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi. Hukumat qo'shinlarni safarbar qildi, askarlarga jangovar o'qlar tarqati1di. Hukumat va tadbirkorlar birgalikdagi harakatlari bilan ish tashlovchilardan shafqatsiz o'ch oldilar. Ko'plab zavodlar yopildi, 1,5 mln. kishi ishdan bo'shati1di, minglab ishchilar qamoqqa o1indilar .
E. Daladye hukumati «milliy xiyonat» hukumatiga aylandi. Ostonada esa dushman -birinchi imkoniyat tug'ilgandayoq Fransiyani bosib olish niyatini hech kimdan yashirmagan fashistlar Germaniyasi turardi.

Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling