Yillarda fransiya


Fransiyaning tashqi siyosati (1932-1939)


Download 37.15 Kb.
bet5/6
Sana21.09.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1683200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1918-1939 YILLARDA FRANSIYA

Fransiyaning tashqi siyosati (1932-1939). Xiyonat, xo'rlanish va mag'lubiyatlar yo'li Fransiya tashqi siyosatini bu davrda Frnasiya yirik sarmoyasl bilan yaqin aloqada bo'lgan, reaksion va fashistlarga tarafdor qarashlarini hech kimdan yashirmagan davlat va siyosat arboblari belgiladilar. Bular 1931-yil yanvardan 1932-yil fevralgacha, 1935-yil iyundan 1936-yil yanvargacha Fransiya Bosh vaziri bo'lgan P. Laval, 1934-yil oktabrdan 1936-yil yanvargacha tashqi ish1ar vaziri lavozimida ish1agan P. Tardye, E. Daladye, J. Bone, A. Sarro va boshqalar edilar. Fransiyaning Yevropada gegemonligi qaror topishiga ishonchi yo'qolgan bu davlat va siyosat arboblari Germaniya va Italiya fashistlari bilan ti1 biriktirish yo'liga tushdilar, shu tax1it ular bilan to'qnashishdan qutulib qolishga umid qildilar. Ular mudofaaga asoslangan urush g'oyasini ilgari surdilar.
Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi, 1934-yil fevral voqealari va Xalq frontining 1936-yildagi muvaffaqiyatlari reaksion qarash1arni yanada mustahkamladi va fashistlarni faol harakatlar bosh1ashga da'vat etdi. Ularning mi11atga qarshi qarash1ari davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko'tarildi. Fransiya tashqi siyosatining asosiy konsepsiyasi Gitler bilan Sovet Ittifoqiga qarshi ti1 biriktirishdan iborat bo'ldi. Gitler ekspansiyasi fao11igini Sharqqa yo'naltirish Fransiya diplomatiyasining bosh maqsadiga aylandi. 1940-yilda Fransiya bu siyosati uchun harbiy mag'lubiyat. va mil1iy mustaqillikni boy berish bilan haq to'ladi.
Fransiya hukmfon doira1arining bir qismi fashistlar Germaniyasini Fransiyadagi mavjud tuzumni saqlab qolishning kafolati deb hisobladilar. Bunday siyosatchilarni kollaboratsionistlar deb nomladilar, ular Gitlerning tashqi siyosatini amalga oshirishi uchun yo'l ochib berdilar.
Kollaboratsionistlar (fransuzcha collaborationhamkorlik) -Ikkinchi jahon urushi davrida fashist bosqinchilari bilan hamkorlik qilgan shaxslar .
To'rtlar bitimi va uning maqsadlari. 1933-yil iyunida Fransiya diplomatiyasi fashistlar bilan kelishuvga bordi. 1933-yil 7-iyunda Angliya, Fransiya, Italiya va Germaniya o'rtasida «To'rtlar bitimi» imzolandi. U kuchga kirmadi, biroq Fransiya tashqi siyosatining mohiyatini ochiq ko'rsatdi. 1934-yi1 oktabrida Fransiya bosh vazir1igiga P. Lava1 tayin1andi. U ikki yoqlama o'yin o1ib bordi, ya'ni fashistlarning davlatlari e'tiborini jalb qilish maqsadida o'zini go'yoki Sovet Ittifoqi bi1an yaqin1ashmoqchidek qi1ib ko'rsatdi. 1935-yi1 2-mayda o'zaro yordam to'g'risidagi sovet-fransuz bitimi imzolandi. Biroq, u faqat 1936-yil yanvaridagina tasdiqlandi. Unga qadar Fransiya diplomatlari «Fransiyaning Germaniya bi1an to'la va uzi1-kesi1 ke1ishishi uchun zarur bo'lsa» sovet-fransuz bitirnidan voz kechishga tayyorlik1arini aytib, Germaniya bi1an ti1 topishga rosa urindi1ar. Gitler rad javobi berdi.
1936-yi1 martida Gitler qo'shin1ari harbiysizlashtiri1gan Reyn hlJdudiga kirdi. Bu bi1an Gitler Fransiyani ochiq-oydin maydonga chaqirdi. Versa1 bitimining 42- va 43-moddalari buzi1ganiga qaramay, Fransiya chekindi, fashistlar Germaniyasining birinchi tajovuzkor harakatiga hech qanday qarshi1ik ko'rsatmadi. Kollaboratsionistlar Gitler tuzumiga qarshi zarba mehnatkash ommani inqi1obga ruhlantiradi, vatanparvarlik tuyg'ularini oshirib, fashizmga qarshi kurashning kuchayishiga olib keladi, deb qo'rqdi1ar.
1936-yi1 iyu1ida Gitler Avstriyani ham bosib oldi. Fransiya o'zining so'nggi ittifoqchisidan ayri1di. 1936-yil 27-aprelda Belgiya o'zini betaraf deb e'lon qi1di, ya'ni Fransiyaning sharqiy chegaralarini qo'riqlovchi Reyn bitimining kafolatchisi bo'1ishdan bosh tortdi.

Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling