Myunxen bitimining ratifikatsiya qilinishi. Reyn voqealaridan ko'p o'tmay, 1936-yi1 iyu1ida, Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanib, Germaniya va Italiya fashistlari isyonchi1arga ochiq-oydin yordam bera boshlaganlaridan so'ng, Fransiya Ispaniya ishlariga o'zining aralashmas1igini e'lon qildi va Ispaniya respub1ikachi1ariga qurol-yarog' sotishni man etdi. Fransiya hukumati Gitlerning malayiga aylandi. 1938-yi1da Gitler yangi qurbon - Chexoslovakiyani talab qi1di. Fransiya Bosh vaziri E. Daladye Chexoslovakiya hukumatining fikrini surishtirmay Sudetni Germaniyaga berishga rozi1ik bi1dirdi.
1938-yi1 4-oktabrda Fransiya Milliy Majlisi sharmandali Myunxen bitimini ratifikatsiya qildi va bu mamlakatning fashistlar Germaniyasi bi1an ti1 biriktirish yo'liga ochiq-oydin tushganini tasdiqladi.
Myunxen bitimi ratif1katsiya qilingach, Fransiya kollaboratsionistlari nihoyat yengil tin oldilar. Ular Gitlerga Sharq tomon yo'l ochdilar. Endi Germaniyadan «ke1ishuv» to'g'risida so'rash mumkin edi. Germaniya rozi bo'ldi va Myunxen bitimidan ikki oy o'tib, 1938-yil 6-dekabrda Parijda Fransiya tashqi ish1ar vaziri J. Bone va Germaniya tashqi ish1ar vaziri I. Ribbentrop o'zaro hujum qilmas1ik to'g'risidagi bitimdan umuman farq qilmagan qo'shma deklaratsiyani imzoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |