Yillarda fransiya


Download 37.15 Kb.
bet1/6
Sana21.09.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1683200
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1918-1939 YILLARDA FRANSIYA


MAVZU: 1918-1939 YILLARDA FRANSIYA


REJA:



  1. 30-yillar boshida mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz.

  2. Inqirozdan chiqish yo'llarini izlash.

  3. Fashistlarning hokimiyatni egallashga urinishi.

  4. Myunxen bitimining ratifikatsiya qilinishi.

30-yillar boshida mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz. Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi o'ta og'ir shaklda kechdi. Sanoat mahsulotlari hajmi va milliy daromad 1934- yilda 30% ga kamaydi; bir nechta yirik banklar kasodga uchradi, ko'plab yirik zavod va fabrikalar yopildi. Inqiroz ayniqsa to'qirnachilik sanoatiga qattiq ta'sir qildi. 1934- yilda ip-gazlama fabrikalari inqirozdan avval ishlab chiqargan yalpi mahsulotning atigi 35% ini berdilar, 1935-yilda esa 135 ta ip-gazlama fabrikalari yopildi.
Qishloq xo'jaligidagi inqiroz vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Dehqonlarning daromadlari ikki baravarga kamaydi, qarzdorlik1ari esa o'sdi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olmay qo'ydilar, fransuz vinolari va mevalarining eksporti tushib ketdi. Ko'plab dehqon xo'jalik1ari Isotildi, qishloq mehnatkashlari esa shaharlarga inti1dilar va bu yerdagi ishsiz, boshpanasiz va ochlarning satlarini to'ldirdilar.
Inqiroz mamlakatdagi barcha mehnatkash sinflarning moddiy ahvolida aks etdi. Ishsiz1ar soni 1,5 mln. kishiga yetdi, to'liq ish haftasida band etilmaganlar Soni bundan ham ko'paydi. Shu bilan birga, ish kuni rasman 10-12 soatgacha uzaytirildi, maosh rniqdori esa oldingiga nisbatan 40% gacha kamaytirildi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining, soliqlar rniqdorining oshishi fransuz xalqining turmush sharoitini yanada qiyinlashtirdi. Inqiroz mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni kuchaytirdi va hukumatdagi guruhlar o'rtasidagi kurashning avj olishiga olib keldi. Faqat 1937- yildagina Fransiya sanoati va tashqi savdq,si inqirozdan oldingi darajaga qaytdi, biroq 1938-yi1da yangi tanazzul bosh1andi va u deyarli Ikkinchi jahon urushi bosh1angunga qadar davom etdi. Fransiya iqtisodiy rivojlanishning normal o'zaniga qaytib tusha olmadi.
Inqirozdan shahar aho1isining o'rta tabaqalari jiddiy jabr ko'rgani Fransiya uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ma'lumki, bu tabaqalar saylovlarning natijalari va ommaviy harakatlarga jiddiy ta'sir ko'rsatadi1ar. Mayda shahar burjuaziyasining daromadlari 1929-yildan 1934-yilgacha bo'lgan vaqt davomida 30% tushib ketdi. 100 mingdan ortiq mayda savdogar, mayda va o'rta korxonalar, do'konlar, qahvaxona-larning egalari kasodga uchradi1ar.
Inqirozdan chiqish yo'llarini izlash. Banklar va ayrim yirik korxonalarning kasodga uchrashi o’n ming1ab pul qo'yuvchilar va hissadorlarni xonavayron qi1di. Fransiyadagi siyosiyvaziyat keskin o'zgardi, keng ommaning norozi1igi kuchaydi. Bu, jum1adan, fransuz burjuaziyasining an'anaviy yirik partiyalari obro'sining tushishida aks etdi. Ma'lumki, mo1iyaviy o1igarxiya va yirik sanoat monopo1iyalarining manfaat1arini himoya qi1uvchi bu partiyalar Fransiyada hukumat tepasiga 1926-yi1da kelgan edilar, 1929-yil noyabrdan 1932-yi1 maygacha mam1akatda 8 hukumat almashdi.
Inqiroz va mehnatkash ommaning o'sib borayotgan noroziligi burjuaziya mafkurasi va siyosatida o'zgarish1ar yasadi. Burjuaziyaning bir qismi davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini kuchaytirish zarur, degan xulosaga keldi, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishini yoqlab chiqdi, davlatning iqtisodiyotni rejalashtirish va nazorat qi1ish idoralarini tuzishni tak1if qi1di. Ular mehnatkash ommani bu vazifaning bajarishiga jalb qilish maqsadida ijtimoiy sug'urta tizimini kengaytirish, ishsiz1ik bo'yicha nafaqalar miqdorini oshirish va mehnat sharoitlarini yahshilash tak1iflari bi1an chiqdi1ar. Bu burjuaziya vakillarining qarash1in iqtisodiyotning davlat tomonidan reja1ashtirilishi va ijtimoiy sug'urta tizirnining kengaytirilishi tarafdori bo'lgan Fransiya sotsia1istlarining dasturiga qisman mos kelardi.
Fransiya sotsia1istlari bank1arni davlat tasarrufiga o'tkazish va ular ustidan davlat nazoratini o'rnatish, xalq xo'ja1igini rivojlantirish rejalarini tuzish, narx-navo va maosh miqdorlarini belgilash huquqiga ega markaziy boshqaruv idorasini tashkil etishni taklif qildilar . Shuningdek, ish kunini qisqartirish va mehnatkashlar uchun haq to'lanuvcIiita'tillarnijoriy etish ham taklif qilindi. Bu burjua doiralari siyosiy arboblarining liberal islohotlar dasturi bilan mos keluvchi dastur bo'lib, ular birgalikda Fransiyaning 30-yillar siyosiy hayotidagi nufuzli liberal yo'nalishning asosini tashkil qildilar.
Burjua islohotchi1arining yana bir guruhi demokratik erkinliklarni cheklash va «kuchli hokimiyat»ni q&.-J:Or topdirish maqsadida konstitusiyaning qayta ko'rilishini talab qildilar. Sobiq bosh vazir Tarde parlament huqularini cheklash va prezident vakolatlarini kengaytirish tavsiya qildi. Bu burjuaziyaning o'z imtiyozlari va daromadlarini kuchli markazlashgan hokimiyat yaratish yo'li bilan saqlab qolishga uringan konservativ guruhi edi. Ikkala yo'nalish vakillari liberallarning ham, konservatorlarning ham maqsadlari bir - mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tartibni saqlab qolish bo'lib, faqat bunga erishish yo'llarigina boshqa edi.
1932-yil mayidagi saylovlar Fransiyaning inqirozning ikki yili davomida so'lga qarab burilganini ko'rsatdi. Saylovlar sotsialistlar va radikal-sotsialistlar blokiga g'alaba keltirdi. Yangi hukumatni yana Eduard Errio boshqardii. Deputatlar palatasidagi 594 o'rindan 386 tasini so'l blok vakillari olib, o'z dasturlarini amalga oshirish imkoniyiitini qo'lga kiritdilar. Biroq, ular bu imkoniyatni boy berdilar. O'ng doiralar so'l hukumatga qarshi kuchli hujumni avj oldirdilar va bu hukumatning normal faoliyat ko'rsatishiga imkon bermadi. E. Errio hukumati bor-yo'g'i 6 oy ishlab, iste'fo berishga majbur bo'ldi. 1932-yil dekabridan 1934-yil yanvariga qadar Fransiyada so'llaming 5 hukumati almashdi va ularning har biri uch oydan oz hukm surdi. Ularning eng so'nggisi Eduard Dalade (1884-1970) hukumati bo'ldi.

Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling