Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi
Download 236.66 Kb.
|
Birinchidan, termoyadro quroli katta talofat kuchiga ega.
Ikkinchidan, termoyadro quroli ishlab chiqarish qiymati oldingi urushda minglab foydalanilgan harbiy samolyotlarni ishlab chiqarishga sarflangan mablag’ga nisbatan ancha arzon. Uchinchidan, yadro raketa hujumidan himoyalanishga intilishning amaliy samara bermasligi. Yuqoridagi sabablarga ko’ra, termoyadro qurolidan foydalanish mumkinligi insonning genotip sifatidagi hamda insoniyat sivilizatsiyasining mavjudligini katta xavf-xatar ostiga qo’ymoqda. Dunyoda insonning biologik tur sifatida yashashiga bevosita xavf-xatar mavjud. Demak, butun insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolar — termoyadro qurolining qo’llanilishi va insoniyatning atom yong’ini natijasida halokatga duchor bo’lishi xavfini bartaraf etishdan iborat. Hozirgi paytda tinchlikni astoydil saqlash va mustahkamlashdan ko’ra, zarur va muhimroq vazifa yo’q. Tinchlik bo’lmasa taraqqiyot ham, tarixning o’zi ham bo’lmaydi, zero tinchlik insoniyat turmushining tub shartidir. Yadro urushida g’olib bo’lmagani kabi qurollanish poygasida ham yutib chiqish mumkin emas. yer yuzidagi bunday poygani davom ettirish, ayniqsa, uni kosmosga ham yoyish yadro qurolini takomillashtirish suratini yana ham tezlashtiradi. yer yuzidagi vaziyat bundan keyin siyosatchilarga bog’liq bo’lmay qolishi mumkin, u tasodifning «quli» bo’lib qoladi. Modomiki, yadroviy urushning oldini olish, tinchlikni saqlash umuminsoniyatning oldida turgan dolzarb vazifa ekan, unga erishish uchun jahondagi hamma kuchlar, harakatlar birlashtirilishi lozim. Insoniyatning o’zo’zini saqlab qolishi, uning bugun, ertaga, hamisha baxt-saodatli bo’lishi uchun uning kuch-g’ayratlarini birlashtirishga ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Bundan biz bir-birimizga bog’liq ekanligimizni, dunyoning yaxlitligini yaqqolroq ko’ryapmiz. So’nggi davrlarda Chernobil, Yaponiya atom stantsiyalarida yuz bergan avariyalar, atom qurollarini sinovdan o’tkazuvchi harbiy tomonlarining atrof-muhitga, aholiga ko’rsatilayotgan salbiy ta’siri, radioaktiv chiqindilarni saqlash va shu kabi muammolar turli mamlakatlarda yashovchi kishilarning taqdiriga daxldor ekanligidan yaqqol dalolat beradi. Keltirib o’tilgan dalillar urush va tinchlik muammosi hozirgi zamonning har qanday umumbashariy muammosini ijobiy va oqilona yechishning zarur sharti va asosi ekanligini ochiq-oydin ko’rsatib turibdi. Shuni e’tiborga olgan holda hozirgi kunda mintaqada barqarorlik va milliy xavfsizlik kafolatlarining shart-sharoitlarini aniqlash va ta’minlash g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbarlari e’tirofiga ko’ra, biz davlatlarning tinch-totuv yashash, xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik, tahdid qilmaslik tamoyilini tashqi siyosatimizga asos qilib olganmiz. O’zbekiston muddati 1995 yilda uzaytirilishi lozim bo’lgan yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomani, yadro qurolini yo’q qilib tashlash to’g’risidagi shartnomaga aylantirish tarafdoridir. Shuningdek, biz xuddi kimyoviy qurollar bo’yicha qabul qilingan shartnoma kabi biologik qurollarni ham ta’qiqlash to’g’risidagi shartnoma qabul qilinishi tarafdorimiz. Bu O’zbekiston tinchliksevar mamlakat ekanligining yaqqol dalilidir. Dunyo aholisining to’xtovsiz qo’payib borayotganligi hozirgi davrning eng muhim xususiyatlaridan bo’lib hisoblanadi. Faylasuflar, sotsiologlar, demograflar jahon aholisining soni 2025 yillarga borib 8 milliardga yetishini taxmin qilmoqdalar. Hisob-kitoblarga qaraganda, kelajakda sayyoramiz aholisining teskari ravishda tabiiy boyliklar — neft, toshko’mir, torf, toza suv, unumdor tuproq sekinasta kamaya boradi. Agar chuchuk suv zapaslari bilan qiziqadigan bo’lsak, u unchalik ko’p emas. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, uning hajmi 35 million kub kilometrdir, ya’ni sayyoradagi umumiy suv hajmining 2 foizini tashkil etadi. Mana shu masalalarga oqilona yondashish ham hozir barcha xalqlarning oldida turgan dolzarb umumbashariy muammolar turkumiga kiradi. Hozirgi davrda butun insoniyatning oldida turgan yana bir muhim muammo — bu, qashshoqlikni tugatishdir. XXI asrning hozirgi bosqichida — fan va texnika gurkirab rivojlanayotgan, koinot o’zlashtirilayotgan davrda uzoq yillar davomida mustamlakachilik hukmronligi ostida kelgan mamlakatlardagi bir milliarddan ko’proq aholi oziq-ovqat yetishmasligi, yashash uy-sharoitining yo’qligi, tabobat xizmatining yomonligi tufayli qashshoqliqda hayot kechirmoqdalar. Keyingi o’n yilliklar mobaynida «uchinchi dunyo» deb atalgan mamlakatlarda qashshoqlik shu qadar keng yoyilgan va shu qadar kuchayganki, bu insoniyat uchun sharmandalikdan boshqa narsa emas. 2010 yilda bo’lib o’tgan BMT sammitining Ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqda quyidagi ma’lumotlar keltirib o’tilgan: jahonda ochlik yoki u bilan bog’liq sabablar tufayli har 7 daqiqada 1 bola nobud bo’layotgani, to’yib ovqatlanmaslikdan azob chekayotganlar 5 yoshgacha bo’lgan barcha bolalarning 1/3 qismini, har yili to’yib ovqatlanmaslik tufayli dunyodan ko’z yumayotgan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 6 milliondan ortiq ekanligi, kuniga 1 AQSh dollaridan kam mablag’ hisobidan kun kechirayotganlar soni 1,3 milliard kishini tashkil qilishi, Janubiy Osiyoda kuniga 1 dollardan kam mablag’ga kun kechirayotganlar soni 522 million kishini, Afrikaning Sahroi Kabir janubida qashshoqlikda yashovchi aholi ulushi 46,3 foizni, asosiy xizmatlardan foydalanish va qashshoqlikni kamaytirish uchun zarur mablag’ 80 milliard, yoki jahon YAIMning 0,5 foizdan kam qismi, jahondagi eng badavlat 3 oligarxning mablag’i esa eng qashshoq 48 mamlakatning jami YAIMdan ancha yuqori ekanligi qayd etilgan6. Qashshoqlikning oldini olish uchun rivojlangan mamlakatlar qashshoq mamlakatlarga yordam berishni kuchaytirishi lozim. Shuning bilan bir qatorda yer yuzidagi mavjud resurslardan oqilona foydalanish zarur. Samarali, teng huquqlilikka asoslangan, planetaning resurslaridan umuminsoniy boylik sifatida oqilona foydalanishni ta’minlab beradigan xalqaro usullar va mexanizmlarga bo’lgan ehtiyoj borgan sari aniq ko’rinmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, hozirgi dunyoda hammamiz borgan sari birbirimizga bog’liq bo’lib qolayotirmiz, bir-birimizga kerakli bo’lib qolayapmiz. Binobarin, bu dunyoda hozir bizning taqdirimiz bir ekanligini, bitta sayyorada yashab turganligimizni, uning manbalaridan foydalanayotganimizni, bu manbalarni bir-birimiz bilan ayirboshlayotganimizni va ular cheksiz emasligini, ularni saqlash kerakligini ko’rib turgan ekanmiz, bu hammamiz uchun oydin voqelikdir. Taraqqiyot jihatidan orqada qolib ketayotgan mamlakatlar aholisining qashshoqligini tugatishda, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirib, kerakli nozne’matlar bilan ta’minlash uchun ekin ekiladigan yerlarga mineral o’g’itlar bilan ishlov berish, sug’orish tizimini takomillashtirish, agrotexnikani kuchaytirish, dengiz manbalaridan samarali foydalanish, sun’iy muhsulotlarni yaratish kabi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Bu masalalarni hal etishda rivojlangan mamlakatlarning yordami katta o’rin tutadi. Inson hayotini saqlashda hozirgi paytda barcha mamlakatlarda keng tarqalib ketayotgan kasalliklar bilan kurashish, uning oldini olish ham katta ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika rivojlanishi bilan bir qatorda hozirgi ko’p joylarda yurak va qontomir kasalliklari, saraton, OITS, narkomaniya va shu kabi kasalliklar avj olib ketayapti. Bu o’z navbatida insoniyatning kuch-quvvatlarini to’plab, fan yutuqlaridan foydalanib, yuqorida ko’rsatilgan kasalliklarni yo’q qilish yo’llarini aniqlab olishni talab qilmokda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti, jumladan, Butunjahon Sog’liqni saqlash Tashkiloti (VOZ)ning faoliyatini yanada jonlantirish katta ahamiyatga egadir. Xalqaro terrorizm, korruptsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, nashavandlik, alkogolizm, xatarli kasalliklarning (OITS, saraton va hokazolar) oldini olish, ularni tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, maorif va ijtimoiy ta’minot, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlardan oqilona foydalanish kabi muammolar ham jahon mamlakatlarining oldida turgan umumbashariy muammolardir. Dunyodagi barcha mamlakatlarga taalluqli bo’lgan umumbashariy muammolardan yana biri — insoniyatning energiyaga nisbatan to’xtovsiz o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish yo’llarini izlab topishdan iboratdir. Energiya xom ashyosi masalasi shuning uchun ham jahon ahamiyatiga ega bo’lgan muammolardir, inson usiz hayot kechira olmaydi. Energiya insoniyat uchun o’ta zarur hisoblangan materiallarni, tabiat yaratmagan moddiy buyumlarni ishlab chiqarish va yaratish imkoniyatini beradi. Demak, energiyasiz inson taraqqiyotini tasavvur qilib bo’lmaydi. Tabiat energiyaga boy. Fan yutuqlariga suyangan holda shuni aytish mumkinki, tabiiy energiya manbalari — ko’mir, neft, yonuvchi slanets, gaz va boshqa tabiat boyliklari yer bag’rida har qancha ko’p bo’lgani bilan bitmas-tugunmas manba emas. Shuning uchun respublikamizda ham ulardan oqilona tejab-tergab foydalanish lozim. Tabiat va uning boyliklarini ko’z qorachig’iday saqlash umuminsoniyatning eng muqaddas burchidir. Umuminsoniyat oldida turgan yana bir muhim muammo bu irqchilik, millatchilik, fashistik totalitar tuzumlar xavfi avj olib ketishiga yo’l qo’ymasliqdir, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash, demokratiya, oshkoralikni rivojlantirish yo’li bilan xalqlar o’rtasidagi yangi munosabatni tiklashdir. Irqchilik, millatchilik avj olgan davlatlarda inson huquqlari va erkinliklari muqarrar ravishda cheklanadi, totalitar sistema barpo etiladi, natijada ruhiy, vijdon erkinligi oyoq osti qilinadi, inson hayotining o’zi xavf ostida qoladi7. Gitlerizm, stalinizm tizimlarining oqibatida necha millionlab kishilar halok bo’ldi. Hozirgi mamlakatlar o’rtasida yangicha munosabatlar rivojlanmoqda, ular demokratiya, oshkoralik, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan. Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy aloqalarning rivojlanishi ham ana shu umuminsoniy manfaatlarni qo’llab-quvvatlashga bog’liq bo’lib qolmoqda. Hozirgi zamondagi mavjud mamlakatlarning bir-biridan farqi, ularning taraqqiy darajasi xususiyatlari, eng avvalo, insonning huquq va erkinliklari qanday darajada himoya qilinayotganligi, demokratik jarayonning rivojlanishi bilan belgilanmoqda. Ular o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy aloqalarning rivojlanish istiqbollari ham ana shular bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun ham inson huquqini va erkinligini ta’minlash, demokratiyani yanada rivojlantirish barcha inson va insoniyatning oldida turgan dolzarb muammolar bo’lib qolishi ham bejiz emas. Ma’lumki, insoniyat kelajagi uning fan-texnika yutuqlaridan qay darajada unumli foydalana olishiga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. Hozirgi zamon fan-texnikasida bir-biriga tubdan qarama-qarshi bo’lgan ikki xil imkoniyat — yer yuzidagi jamiki jonli mavjudotni batamom qirib tashlash hamda insoniyat manfaatlari uchun xizmat qilish imkoniyatlari mavjud. Ana shu imkoniyatlarning qaysi biridan foydalanish masalasi fan-texnika inqilobining o’ziga emas, balki ijtimoiy tuzumning xususiyatiga, fan-texnika yutuqlaridan oqilona foydalanishga bevosita bog’liqdir. Boshqacha aytganda, fan-texnika inqilobining maqsad va ijtimoiy oqibatlarini ijtimoiy tuzumning mohiyati va xususiyati belgilaydi. Fan-texnika inqilobi samaralaridan qanday maqsadlarda foydalanish to’g’risidagi masala hozirgi zamon ijtimoiy-siyosiy kurashida asosiy masalalardan biri bo’lib qoldi. Zamonamiz fani va texnikasi yer yuzida ne’matlarning mo’l-ko’lligini, jamiyatning ravnaqi uchun, shaxsning kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkoniyatini beradi. Ammo bu imkoniyatlar uni amalga oshirish borasidagi kamchiliklar sababli insonning o’ziga qarshi qaratilmokda. Insoniyat XXI asr bo’sag’asiga mana shunday dahshatli ziddiyat bilan yetib keldi. Aytib o’tilgan umumbashariy, umumjahon muammolar juda ko’p va xilmaxil, keng miqyosli va o’ta murakkab ekanligi, ayni paytda ulardan har birining insoniyatning bugungi va ertangi hayoti, jahon sivilizatsiyasining, qolaversa, sayyoramizning ham taqdiri uchun naqadar muhim va zarurligi o’z-o’zidan ko’rinib turibdi. Shuning uchun ham hozirgi paytda butun insoniyat uchun umumbashariy muammolarni hal etishdan ko’ra zarur va muhimroq vazifa yo’q. Umumbashariy muammolar yechilmasa, ekologik falokatlar oldi olinmasa, tinchlik bo’lmasa, taraqqiyot ham, tarixning o’zi ham bo’lmaydi. Butun sayyoramiz miqyosida davlatlar va xalqlarning birgaliqdagi amaliy, bunyodkorona o’zaro harakatini yo’lga qo’yishni tarixning borishi, jahon ijtimoiy taraqqiyoti jarayoni tobora qat’iy talab qilmoqda. Ijtimoiy taraqqiyot jarayoni umumbashariy muammolarni birgaliqda amaliy tartibda yechishni talab qilibgina qolmay, shu bilan birga buning uchun zarur siyosiy, sotsial, moddiy shartsharoitlarni yaratib ham bermoqda. O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyodagi, shuningdek, Mustaqil Davlatlar hamdo’stligidagi, dunyodagi boshqa davlatlar bilan birgalikda kuch-g’ayrat sarflab butun insoniyat uchun g’oyat muhim bo’lgan umumbashariy muammolarni hal etishda faol ishtirok etmoqda. Download 236.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling