Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


Download 236.66 Kb.
bet1/14
Sana31.01.2024
Hajmi236.66 Kb.
#1830272
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo’nalishlari.

Reja:

1. Globallashuv va globalistika.

2. 2017-2021 yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


3. Hozirgi zamon umumbashariy muammolari, ularni hal qilish yo’llari va istiqbollari
4. Ekologik muammo va uni bartaraf etish yo’llari

5. Mintaqamizdagi ekologik vaziyat


6. Inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi
7. Jamiyat taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish — inson oqilona faoliyatining zaruriy sharti

8. Kоrruptsiya shаkllаnishining tаriхi va unga qarshi kurashishning ahamiyati


9. Texnika va texnologik taraqqiyot istiqbollari


1. Globallashuv va globalistika.
XX asrning oxiri XXI asrning boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartib, davlatlar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozorida tamoman yangicha vaziyatning vujudga kelishi, atrofmuhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik hurujlar xavfining ortib borishi, xullas jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiyot, siyosat, mafkura, madaniyat, hatto shaxsiy turmush tarzini qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan bog’lanmoqda. Mazkur jarayon gobal kommunikatsiya tarmog’ining vujudga kelishiga imkon yaratgan informatsion inqilob, kapitalning internatsionallashuvi, jahon bozorida raqobatning kuchayishi, tabiiy zahiralar taqchilligi va ularga egalik qilish uchun kurashning keskinlashuvi, ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishi, umumsayyoraviy falokat xavfi kabilarda globallashuv jarayonining ziddiyatli hamda murakkab mohiyati namoyon bo’ladi.
Globallashuv (globalizatsiya) – lotincha «glob» so’zidan olingan bo’lib, aynan uni «dumaloqlashuv», «kurralashuv» deb tarjima qilish mumkin. yer sharining, yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levittning 1983 yilda “Garvard biznes revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan. Muallif yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday deb atagan edi.
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:

  1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.

  2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni.

  3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.

Rossiyalik A. Parshev globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zaxiralarini o’zlashtirishdan iborat».
Gumanitar ilmning turli sohalarida globallashuv jarayoniga nisbatan muayyan kontseptsiya va yondoshuvlar mavjud. Jumladan, iqtisodiyot fanida diqqat-e’tibor asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsiyalarning shakllanishi, iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jahon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratilgan. Tarixiy asarlarda esa globallashuv jarayoni kapitalizmning ko’p asrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyosatshunoslikda transmilliylashuv jarayonining tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning kuchayishi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishi har tomonlama chuqur tadqiq etilmoqda. Sotsiologiya madaniyatning universallashuvi ta’sirida turli mamlakat va mintaqa xalqlari turmush tarzining yaqinlashuvi va bir xillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Axloqshunoslikda XXI asrda dunyoda yagona axloq va uning normalari qaror topishini bashorat qilinmoqda. Faylasuflar esa Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda umumdunyoviy hukumat haqidagi g’oyasiga tayanib, turli millat va xalqlar qadriyatlarining uyg’unlashuvini asoslashga intilmoqda. XX asrning oxiri va XXI asrning boshida ushbu muammo jahonning qator yetakchi olimlari R.Robertson, J.Nesbit, E.Toffler, J.Gelbrayt, L.Turou, M.Kastels, E.Giddens va boshqalar1 diqqat markazida bo’lib keldi.
Globallashuv jarayonining eng umumiy jihatlari sifatida quyidagilarni kiritish mumkin: 1. XX asr ikkinchi yarmiga xos asosiy texnologiya - yadro qurolini ishlab chiqarish bo’lgan bo’lsa, global davr texnologiyalari sifatida kosmik yo’ldosh, komyuter, uyali telefon, internet kabi aloqa vositalari maydonga keldi.
2.Insoniyatning globallashuv davriga qadam qo’ygani liberal-demokratik qadriyatlar g’alabasini anglatadi. Ammo ushbu qadriyatlar jahonning ko’pgina mamlakatlarida haqiqiy demokratik g’oya hamda tamoyillardan farqli shaklshamoyil va mohiyat kasb etib bormoqda.
3.Globallashuv jarayonining oldingi saflarida borayotgan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o’rtasidagi tafovutning kuchayib ketayotgani ko’zga tashlanmoqda. T.Fabrning ma’lumotlariga ko’ra, XX asrning oxirida 20% eng boy davlatlarning ulushiga jahon miqyosida ishlab chiqilayotgan yalpi ichki mahsulotning 86, eksportning 82, investitsiyalarning 68 foizi to’g’ri kelgan bo’lsa, 20% eng qashshoq mamlakatlarda har uch ko’rsatkich bir foizdan oshmagan. Olimlarning fikricha, bu hol birinch navbatda mazkur mamlakatlar o’rtasida turmush darajasi va mehnatga haq to’lashda juda katta tafovut mavjudligi bilan izohlanadi.
Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Globallashuvning salbiy tomoni shundan iboratki, ko’p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo’ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida kata millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay, o’z-o’zidan faol ijtimoiyiqtisodiy, lisoniy-zaboniy hayotdan chntga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi – o’z millatining raqobatbardoshligini ko’tarish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir. Buning uchun mustaqil O’zbekistonning har bir fuqarosi 4 ta sifatga ega bo’lishi kerak: 1) zamonaviy mutaxassis bo’lishi; 2) o’zbek davlat tili, rus tili, ingliz tillarini mukammal bilishi; 3) doim o’z bilim doirasini yangilab borishi va 4) tadbirkor-tashabbuskor bo’lishi kerak 2.
Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri murakkabligi sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bo’lgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2) aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.
1. Globalistlar - globallashuv tarafdorlaridir. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko’proq uchraydi.
XX asr o’rtalarida globallashuvning instituttsionlashuvi (tashkillashuvi) kuchaygandan keyin bu jarayon tezlashdi. Masalan, Butunjahon savdo tashkiloti,
Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlari globalistlar ta’sirida vujudga keldi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, jahon xalqlarining iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy taraqqiyotiga hamda sayyoramiz taqdiri uchun ma’suliyatni anglagan umumjamoaga aylanishiga xizmat qilayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan,
dunyoning parchalanishi va va jahon maydonida o’zaro keskinlikning kuchayishiga sabab bo’lmoqda. AQShdagi Florida universiteti professori Gamrri Dams “Kapitalizm transformatsiyasi” asarida globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari haqida to’xtalib,shunday deydi: “Bu jarayonning afzalliklari haqida so’z ketganda, birinchidan,dunyo, miqyosida sifatli mahsulot hajmining ortib borayotgani, unga nisbatan talab-ehtiyojning kengayishi; ikkinchidan, avto va aviatransport, turizm hamda aholi migratsiyasining kuchayishi;uchinchidan, kompyuter, Internet, sun’iy yo’ldosh orqali teleko’rsatuvlarni uzatish tizimining mislsizdarajada rivojlanishi; to’rtinchidan, yangi kashfiyot va zamonaviy texnologiyalar vositasida o’simlik va hayvonot olamida irsiyatni o’zgartirish orqali oziq-ovqat ishlab chiqarish hamda o’ta xavfli irsiy kasalliklarni bartaraf etish imkoniyati tug’ilayotganini e’tirof etish darkor. Ammo mazkur jarayonning salbiy jihatlaridan ham ko’z yumib bo’lmaydi. Xususan, texnologik inqilob, haddan tashqari sanoatlashtirish jarayonining sayyoramiz iqlimiga global ta’sir etishi oqibatida insoniyat salomatligiga jiddiy xavf solmoqda. Madaniyatlarning bir xillashuvi esa milliy davlatlar, turli xalqlar qadriyatlariga putur yetkazmoqda”3.Bu hol globallashuv jarayonida umuminsoniy muammolarning keskinlashib borayotganligidan dalolat beradi.

Download 236.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling