Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


-2021 yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


Download 236.66 Kb.
bet2/14
Sana31.01.2024
Hajmi236.66 Kb.
#1830272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

2. 2017-2021 yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatiga jamiyat hayotining barcha sohalarini modernizatsiya qilish modellariga asoslangan holda, o’ziga xos taraqqiyot yo’llarini izlash va amaliyotga tatbiq qilish xosdir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan nazariy va amaliy jihatdan asoslangan taraqqiyotning “O’zbek modeli” kontseptsiyasi jamiyatni yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishga, uning dunyodagi taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o’rin olishiga xizmat qildi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov mamlakatimiz rivojlanish strategiyasini belgilashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan: birinchidan, parlamentning roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o’rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishish; ikkinchidan, sudhuquq tizimini yanada liberallashtirish; uchinchidan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo’yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirish; to’rtinchidan, davlatimiz tashqi siyosati ma’nomazmuni va maqsadi O’zbekiston manfaati bilangina belgilanishi; beshinchidan, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish.
Mazkur vazifalarni o’z vaqtida mustaqil taraqqiyotimizning har bir bosqichida amalga oshirib borilishi natijasida bugun huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati asoslari, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyot poydevori mustahkamlandi, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratildi, xalqaro maydonda O’zbekistonning nufuzi ortib bormoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, eski boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechib, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o’tilgani, pul-kredit siyosati puxta o’ylab olib borilgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakati uchun yo’l ochib berilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash, inflyatsiyani prognoz ko’rsatkichlari darajasida saqlab qolish, eng muhimi, xalqimizning hayot sifati darajasini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”4 olti sohada belgilangan eng muhim ustuvor vazifalarning ijrosi yuzasidan tadrijiy, bosqichma-bosqich rivojlanish yo’lidagi dasturlardan biri vazifasini bajarib, mamlakat barqarorligini ta’minlashga, demokratlashtirish jarayonlarining chuqurlashuviga xizmat qildi.
Biroq, ijtimoiy makonda jarayonlarning shiddat bilan o’zgarib borishi taraqqiyotimiz har bir bosqichiga xos vazifalarni aniq belgilab, amalga oshirish zaruriyatini nazarda tutmoqda. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida kon’yunktura o’zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etdi.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko’tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, jamiyatimizni modernizatsiyalash bo’yicha eng muhim ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi1 (2017 yil 7 fevral, PF-4947-son) quyidagi besh soha doirasida islohotlarni kengaytirishni nazarda tutadi:
1.Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi funktsiyalarini qisqartirish, “yagona oyna” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimini keng joriy etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo’lida

1 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // «Xalq so’zi» 2017 yil 9 fevral 29 (6723)-soni.
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish ko’zda tutilgan. Birinchi yo’nalishni amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o’zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo’yicha choratadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilib, bu borada keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda5 .
2. Davlat dasturining ikkinchi yo’nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini
yanada isloh qilishga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadi ko’zlangan.
Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo’lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir choratadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Ma’muriy sudlarni, xo’jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Sansalorlikka va ishlarning ko’rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho’zib yuborilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instantsiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instantsiyalarining vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu yo’nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, davlat hamda xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo’lga qo’yish choratadbirlarini ro’yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi to’g’risidagi murojaatlarning, xabarlarning o’z vaqtida olinishini ta’minlash nazarda tutilmoqda.
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash bo’yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek ushbu yo’nalish 2018 - 2021 yillarda jinoyat va jinoyatprotsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish kontseptsiyasini ishlab chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o’qitish, tanlash va joy-joyiga qo’yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYO organlarini isloh qilishni ham o’z ichiga oladi.
3.Iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, turizm tarmog’ini samarali rivojlantirish, qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish ko’zda tutilgan.
Ushbu yo’nalishda ko’rsatilgan chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo’ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy printsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek ushbu yo’nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aktsiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlarini ham o’z ichiga oladi.
2017 - 2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro’yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.

  1. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uyjoylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish choratadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo’yicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini ro’yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o’rni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to’liq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo’lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o’rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.

  1. Davlatning mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini vujudga keltirish, jahon hamjamiyatida mamlakatimizning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo’lida xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish asosiy maqsad hisoblanadi.

“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo’nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo’nalishlari kontseptsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir «Yo’l xaritalari»ni ishlab chiqish,
O’zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017 yilga mo’ljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion so’m va 8,3 milliard AQSh dollari yo’naltiriladi.
Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yo’nalishlarini belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya tuzildi.
Umuman Harakatlar strategiyasining har bir yo’nalishi doirasida bajarilishi ko’zlangan hamda amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik rivojlanish yo’lini tanlagan nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari barchasining muayyan mintaqaviy yoki global miqyosdagi muammolari yechimini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat tantanasi ta’minlanmas ekan, o’z o’zidan korruptsiyaning rivojiga yo’l ochiladi. Korruptsiya iqtisodiy jinoyatchilik bilan cheklanmay, narkobiznes, giyohvandlik, odam savdosi, fohishabozlik va boshqa shu kabi global muammolar avj olishini keltirib chiqaradi. Bularning barchasi sabab va oqibat dialektikasida kelib chiqishini yoddan chiqarmaslik zarur.
Bugungi kunda dunyo miqyosida xavfsizlik masalalari eng dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlar oshirib borilmoqda. Biroq faqatgina zamonaviy qurolyarog’ga ega bo’lishning o’zigina xavfsizlikni ta’minlamaydi.Chunki zamonaviy buzg’unchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, balki to’satdan qo’poruvchilik amaliyotlarini qo’llash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanadi. Bunda esa, milliy va diniy nizolarni keltirib chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy, etno-hududiy va etnodemografik zaminda 300 dan ortiq katta-kichik nizolar qayd qilingani ham ushbu fikrning tasdig’i bo’la oladi1.
Bugungi globallashuv davrida millatlararo munosabatlarni oqilona amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash orqali tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlab borish g’oyasi davlatimiz birinchi rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo’lib kelgan. Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining so’nggi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat sohasi”da yurtimizda fuqarolarimiz xavfsizligi, milliy va diniy bag’rikenglikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, “Bag’rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”da qayd etilganidek, “Bag’rikenglik bo’lmasa, tinchlik bo’lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo’lmaydi”.
Bag’rikenglikning ziddi “mutaassiblik”dir. Umumiy ma’nola
“mutaassiblik”- bu bir g’oyaning to’g’riligiga qattiq ishonish va undan o’zgalarini keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning xavfli jihati shundaki, u borgan sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va hatto terrorizmga aylanadi2.
Butun dunyoda ekstremizm va terrorizm xavfi oshib borayotgan bugunni kunda mamalak atimiz barqarorligini ta’minlash 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilayotga n O’zbekistonda millatlararo birdamlik va jipslikni ma’rifat va ma’naviyat orqali saqlash taraqqiyot kafolati hisoblanadi.
Shu ma’noda Harakatlar strategiyasi, uning barcha yo’nalishlarida


  1. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy–uslubiy risola.-T.: “Ma’naviyat”, 2017.210-bet.

  2. O’sha joyda.-216-bet.

belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi negizida mamlakatimizni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlashda muhim hayotiy dastur ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Download 236.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling