Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


Inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi


Download 236.66 Kb.
bet9/14
Sana31.01.2024
Hajmi236.66 Kb.
#1830272
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6. Inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi
Har bir insonning baxt-saodati, uning kelajak hayoti butun insoniyatning taqdiri bilan uzviy bog’liqdir. Inson biologik va ijtimoiy omillarning majmuidir. Jamiyat biologik omillarning insonni kamol toptirishdagi ahamiyatini yanada oshirishga qodir emas. Lekin insonni mukammallashtirishda asosiy o’rin tutadigan ijtimoiy omillar rolini oshirish mumkin. Ana shu nuqtai-nazardan hozirgi davrda butun insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolarni hal qilish, mamlakatlar o’rtasidagi savdo, iqtisodiy, madaniy aloqalarni mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi tarixiy jarayonlarning rivojlanishi, bir tomondan, har xil davlatlar o’rtasidagi muayyan ziddiyatlarning saqlanib qolishi bilan, ikkiichi tomondan, jahon hamjamiyati davlatlarining o’zaro bog’liqligi tobora kuchayib borishi, turli xalqlarning ijtimoiy hayoti va turmush tarzining baynalmilal tus olib borishi bilan tavsiflanadi. Ana shunday qarama-qarshiliklar kurashi orqali ziddiyatli, ammo o’zaro bog’liq, ko’p jihatdan yaxlit dunyo qiyinchilik bilan tarkib topib bormoqda.
Ayni paytda barcha xalqlar uchun munosib, chinakam insoniy turmushning moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarini yaratish, sayyoramizdagi hayotni ta’minlash, uning boyliklariga, avvalo eng katta boylik — insonning o’ziga, uning imkoniyatlariga avaylab munosabatda bo’lish — davrimizning dolzarb muammolariga aylanib qolganligi bejiz emas.
Inson taqdirining butun insoniyat istiqboli bilan mushtarak ekanligi xalqimiz ongiga singib ketgan. Shuning uchun ham ular mintaqamizdagi qo’shni mamlakatlar bilan bir qatorda jahon xalqlari bilan ham yaxshi qo’shnichilik va o’zaro hurmat-izzatda bo’lishiga doimo intilib kelganlar.
O’zbeklar azal-azaldan ko’hna Turkiston zaminida qozoqlar, tojiklar, turkmanlar, qirg’izlar bilan yelkama-yelka, bir tanu bir jon, aka-uka, do’st-birodar, qon-qarindosh bo’lib yashamoqda. O’lkamizdagi moddiy va ma’naviy madaniyatni yaratish va rivojlantirishga ular o’z hissalarini qo’shganlar, mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi hamkorlikda kurashganlar. Hamkorlikda yashash, hamkorliqda mehnat va ijod qilish, hamkorlikda kurashish, bir-birini qo’llabquvvatlash, yaxshi kunlarda ham, og’ir paytlarda ham birga bo’lish ularning hammasiga xos umumiy fazilatdir. Bu — ularga avlodlar merosi, tarixan xos xususiyatdir. Buni umumiy chegaralargina emas, til va urf-odatlar, an’analarning yaqinligi, dini va dilining birligi, madaniyati va turmush tarzining, maishiy hayoti va ishlab chiqarish faoliyatlarining deyarli bir xil ekanligi belgilab beradi.
Bir necha ming yillardan beri yagona bir hududda o’zaro do’stlik va hamkorlikda yashab kelgan o’zbek, tojik, qozoq va qirg’izlar sobiq sho’ro tuzumi davrida bir-birlaridan deyarli ajratib tashlangan, iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalari uzilib qo’yilgan edi. Shuning uchun ham ular o’zaro uzoqlashib qolishgandi. O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston singari qardosh respublikalar o’rtasidagi iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalar Markaz ijozatisiz amalga oshmasdi.
Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini, xalqlarning xohish-irodasini nazar-pisand qilmaslik, turmush voqealari, xalqlarimizning talab-istaklariga ilmiy, odilona asosda emas, balki aqidaparastlarcha munosabatda bo’lish tufayli ko’riladigan moddiy, ma’naviy-ruhiy zarar va boshqa ovorayu-sarsongarchilikka Markazdagi rahbarlar ahamiyat bermaganlar. Ularning — yagona maqsadi qardosh respublikalar xalqlari o’zaro yaqinlashib, birlashib ketmasalar bo’lgani edi.
O’tgan asrning 70 yili davomida o’tkazilgan tobelik siyosatining oqibati sifatida O’rta Osiyoning mustaqillikka erishgan respublikalari va xalqlari oldida o’tmishda yuzaga kelgan qator muammolar ko’ndalang bo’lib turgandi. Bularni davlatlararo va millatlararo munosabatlarning juda ko’plab masalalarida ko’rish mumkin.
Ota-bobolarimiz minglab yillar mobaynida bir-birlari bilan yaqin qo’shni bo’lib yashab, paxta, g’alla, ipak, go’sht, neft, ko’mir, mis, oltin, kumush va boshqa boyliklar yaratgan, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirib kelgan bo’lsalarda, lekin ma’muriy-buyruqbozlik yillarida ana shu masalalarda ham og’ir qiyinchiliklar va qator muammolar yuzaga kelib, keskinlashib ketgan edi.
Mamlakatimizdagi mustaqil respublikalarning tarixan o’zaro chambarchas bog’langan va bir-biriga ta’sir o’tkazib kelgan madaniy, ma’naviy, xo’jalik aloqalarini saqlab qolish va mustahkamlashni, yaxlit energetika, transport, irrigatsiya tarmoqlaridan, gaz va suv ta’minoti tizimidan birgalikda foydalanishni yo’lga qo’yish va yaxshilashni hozirgi paytda davrning o’zi talab qilmoqda. Mineral xom ashyo resurslarini va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida tarkib topgan ichki, mintaqaviy, respublikalararo munosabatlar haqida ham shunday deyish mumkin.
O’zbeklar, qozoq va qirg’izlar va boshqa turkiy xalqlar o’rtasida azaliy do’stlik va qardoshlikning, iqtisodiy, madaniy-siyosiy aloqadorlikning yo’lga qo’yilganligi, yangi bosqichga kirganligi mustaqillikning buyuk samarasidir.
Prezidentlar va hukumat boshliqlarining uchrashuvlarida O’rta Osiyo xalqlari hayotiga oid ko’pgina iqtisodiy, madaniy-siyosiy muammolar muhokama qilinib, ularni hal qilish yo’llari, moliyaviy asoslari belgilab olinganligi va hozirdanoq ularning amaliy natijalari sezilayotganligi diqqatga sazovordir.
Hozirgi paytda insoniyat oldida shunday dolzarb, o’tkir muammolar turibdiki, ularni hal etish uchun dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar va xalqlarning kuch va imkoniyatlarini safarbar etishga to’g’ri keladi, mamlakatlarimiz xalqlari hayotining hozirgi holati va kelajagi uchun ma’suliyatni his etgan holda, biz teng huqukli hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik va o’zaro hurmat davlatlarimizning birbiriga o’zaro munosabatida asosiy tamoyillar bo’lib qolishi muhim.
Mazkur mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlar tarixiy, madaniy taraqqiyotining mushtarakligi bilan birlashgandir, ularni an’analar va ma’naviy qadriyatlar jipslashtirib turadi. Ular har doim o’zaro hurmat, tinch-totuvlik va yaxshi qo’shnichilik ruhida birgalikda yashab kelishgan.
Umumiy ma’naviy qadriyatlar bilan bir qatorda bizni, shuningdek, energetik, suv va mintaqaning boshqa tabiiy resurslaridan foydalanishga asoslangan an’anaviy savdo, iqtisodiy aloqalar ham birlashtirib turadi.
Prezidentlar mamlakatlarimiz o’rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiytexnik, madaniy va ijtimoiy sohalarda mustahkam hamkorlik qilish uchun maqbul shart-sharoit yaratib berishga har tomonlama ko’maklashishga tayyor ekanligini, buyuk ajdodlarimizdan qolgan boy merosni bundan keyin yanada boyitish, bu boylikdan mamlakatlarimizdagi mavjud iqtisodiy salohiyatni yanada yuksaltirish yo’lida foydalanishga amaliy ishlar bilan ko’maklashamiz, deb bayon qildilar.
O’rta Osiyo mamlakatlari bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, MDH hamda boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zodir. «Biz, - deb aytilgan Qo’shma bayonotda, — tashqi siyosatda xalqaro huquqlarning barcha e’tirof etgan tamoyillariga rioya etgan hamda ularga amal qilgan holda hududiy yaxlitlik va bir-birimizning mustaqilligimizni so’zsiz hurmat qilish, tarixiy shakllangan chegaralarni tan olish lozimligini e’tirof etamiz. Biz, shuningdek, har bir davlatning o’z taraqqiyot yo’lini, davlat va jamiyat andozalarini tanlab olish huquqini e’tirof etamiz, o’zimizning bir-birimizga nisbatan maqsadlarimiz birligiga shubha uyg’otuvchi, tashqi kuchlar manfaatlariga xizmat qiluvchi bayonotlardan tiyilib turishga tayyor ekanligimizni bayon etamiz.
Biz bir-birimiz bilan hamda boshqa mamlakatlar bilan ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama, ham teng huquqli va o’zaro foydali hamkorlik qilishga tayyor ekanligimiz, mamlakatlarimiz va xalqlarimizning gullab-yashnashi va ravnaq topishiga erishishning asosi bo’lish va bu tamoyillarga og’ishmay amal qilishimizni ta’kidlaymiz», deyiladi bayonotda.
Istiqlol O’rta Osiyo mamlakatlari uchun bahamjihat bo’lib jahon hamjamiyatiga qo’shilib demokratik tamoyillarga asoslangan, har tomonlama rivojlangan, kelajagi buyuk davlatni barpo etish uchun barcha imkoniyatni yaratib berdi. Uni qo’ldan boy bermay olg’a siljitish — barchamizning muqaddas, sharafli burchimizdir.
Jahon hamjamiyatiga qo’shilishda jamiyatimizdagi tinchlik-totuvlik, barqarorlik katta vositachilik vazifasini bajarib kelmoqda. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «bizni sotsialistik tuzumdan keyingi bir qator mamlakatlardan farqlab turgan, yuksak darajada rivojlangan yuksak madaniy demokratik davlatlar bilan yaqinlashtirib turgan, jahon hamjamiyatiga har tomonlama qo’shilib ketish uchun yo’l ochib berayotgan narsa — fuqarolar tinchligi, millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlikdir». O’zbеkistоn tаshqi siyosаt sоhаsidаgi fаоliyatini аvvаlо хаlqimiz, Vаtаnimiz mаnfааtlаrini hаr tоmоnlаmа hisоbgа оlgаn hоldа аmаlgа оshirаdi. Bu siyosаtning аsоsini tinchlikpаrvаrlik, bоshqа dаvlаtlаrning ichki ishlаrigа аrаlаshmаslik, yuzаgа kеlаdigаn ziddiyat vа qаrаmа-qаrshiliklаrni fаqаt tinch, siyosiy yo’l bilаn hаl etish tаshkil etаdi.
O’zbеkistоn bundаn buyon hаm uzоq-yaqindаgi bаrchа хоrijiy mаmlаkаtlаr, jаhоn hаmjаmiyati bilаn sаmаrаli hаmkоrligini dаvоm ettirib, оchiq, do’stоnа vа prаgmаtik siyosаt оlib bоrish tаmоyiligа sоdiq qоlаdi.
Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti, Shаnхаy hаmkоrlik tаshkilоti, Mustаqil Dаvlаtlаr Hаmdo’stligi, Islоm hаmkоrlik tаshkilоti vа bоshqа хаlqаrо tuzilmаlаr bilаn fаоl munоsаbаtlаr vа hаmkоrlik оlib bоrish O’zbеkistоnning milliy mаnfааtlаrigа хizmаt qilаdi.
Biz Jаhоn bаnki, Оsiyo tаrаqqiyot bаnki, Islоm tаrаqqiyot bаnki, Хаlqаrо vаlyutа jаmg’аrmаsi, bоshqа хаlqаrо mоliya vа iqtisоdiy tаshkilоtlаr bilаn аmаliy hаmkоrlikni yanаdа rivоjlаntirаmiz.
2017-2021 yillаrdа O’zbеkistоnni yanаdа rivоjlаntirish bo’yichа Hаrаkаt strаtеgiyasida ham dаvlаt qurilishi, sud-huquq tizimini tаkоmillаshtirish, iqtisоdiyotni erkinlаshtirish vа ijtimоiy sоhаni rivоjlаntirish, bilan bir qatorda millаtlаrаrо do’stlik vа hаmjihаtlikni mustаhkаmlаsh bo’yichа eng dоlzаrb vаzifаlаr аniq bеlgilаb bеrildi.
Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiysiyosiy qadriyatlarini tashkil etadi, ularni avaylab saqlash va mustahkamlashga intilish azaldan xalqimizning o’ziga xos fazilati bo’lib kelgan va hozirgi vaqtda ham shunday bo’lib kelmoqda. Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish mamlakatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan.
O’zbekiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda taraqqiyotga erishishning o’ziga xos yo’lini tanlab olgan. Shuning uchun ham uning jahon jamiyatidagi obro’ va e’tibori tobora ortib bormoqda.
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik bular davlatimizning yangi binosini barpo qiladigan poydevoridir. Bu bizni ertangi porloq kunimizga olib boradigan to’g’ri yo’ldir.
Ma’lumki, umumjahon xavfsizligiga erishish, muayyan mintaqadagi davlatlarning hamjihatligi va birgalikdagi harakatidan boshlanadigan jarayon.
Shuni e’tiborga olgan holda, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMT ning 72-sessiyasida so’zlagan nutqida Afg’onistonda barqarorlik, tinchlikka erishish uchun mazkur mintaqalarda joylashgan davlatlarning bir-birini o’zaro anglash va birgalashib harakat qilishlari zarurligini uqtirib o’tdi va bir necha takliflarni olg’a surdi.
Sh.Mirziyoyev BMT 72-sessiyasidagi nutqida shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan muammolarga to’xtalib, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, Orol Dengizining qurishi bilan bog’liq oqibatlarni bartaraf etishda xalqaro hamjamiyat sa’yharakatlarini faol birlashtirish zarurligini ta’kidladi. “Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. O’zbekiston o’zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo’shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdori” ekanligiga alohida urg’u berdi9.
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident Sh.Mirziyoyev yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo’ravonlik g’oyasi "virusi" tarqalishining oldini olish maqsadiga qaratilgan BMTning Yoshlar huquqlari to’g’risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqishni, hamda bag’rikenglik va o’zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslikka ko’maklashishga qaratilgan "Ma’rifat va diniy bag’rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi10.
Hozirgi o’ta murakkab va ziddiyatli jarayon vaqtida hukumatimiz tomonidan uzoqni ko’zlab olib borilayotgan insonparvarlik siyosati tufayli yurtimizda osoyishtalik, tinchlik va totuvlik fuqarolarning kundalik turmush tarziga aylanib ketgan.
Bu esa, o’z navbatida, respublikamizni jahon hamjamiyatiga qo’shilishiga katta zamin yaratmoqda.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o’z doirasida chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqlar bilan do’stona munosabatda bo’lgan taqdirdagina taraqqiyot yo’liga tusha oladi. Buni biz o’z hayotimizdan yaqqol ko’rib turibmiz.

Download 236.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling