Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


Jamiyat taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish — inson oqilona faoliyatining zaruriy sharti


Download 236.66 Kb.
bet10/14
Sana31.01.2024
Hajmi236.66 Kb.
#1830272
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
7. Jamiyat taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish — inson oqilona faoliyatining zaruriy sharti
Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarishda unda sodir bo’layotgan jarayonlar taraqqiyotining oqibatini oldindan ko’ra bilish katta ahamiyat kasb etadi. Bashorat qilish nima? Inson hayotida ro’y bermagan, fan uchun hozircha no’malum hisoblangan, imkoniyat tariqasidagina mavjud bo’lgan biron-bir ijtimoiy-siyosiy voqea yoki hodisaning kelajakda qanday ro’y berishini, uning holati, rivojlanish qonunlari va oqibatlarini muayyan ilmiy dalillar, nazariy xulosalar va ma’lumotlarga asoslangan holda oldindan aytib berish — bashorat qilishdir.
Inson faqat orqaga, o’tmishga qarab yashay olmaydi, balki o’tmish avlodlar tomonidan yaratilgan barcha ilmiy bilimlarni chuqur o’rganish va o’zlashtirish, ularga ijodiy va tanqidiy yondashish asosida kelajakni oldindan ko’rishga, to’xtovsiz ilgarilab borishga harakat qiladi. O’tmishni, tarixni bilmasdan turib kelajakni bilish, olg’a rivojlanish mumkin emas. Kelajakka umidvorlik bilan qarash, bugun bilmagan narsa va hodisani ertaga mukammal bilishga intilish, orqaga emas, oldinga, kelajakka tomon harakat qilish — insonning eng muhim fazilatlaridan bo’lib hisoblanadi. Inson o’zining kelajagini taxmin va gumonlarga asoslanib emas, balki fan va amaliyotning chuqur ilmiy xulosalariga asoslanib bilib oladi. Fan va amaliyot — kelajakni oldindan ko’rishning eng ishonchli qurolidir. Inson fan yordamida dunyoni ilmiy asosda biladi, undan maqsadga muvofiq tarzda foydalanadi. Biron-bir narsadan foydalanish uchun avvalo o’sha narsa va hodisani bilish, atroflicha o’rganish kerak bo’ladi.
Ijtimoiy hayot hodisalarini oldindan bilish, rejalashtirish, programmalashtirish, loyihalashtirish, boshqarish nazariyalari bilan o’zaro aloqadorlikda amalga oshiriladi. Murakkab jarayonlarni oldindan bilishga ayrim fanlar, mutaxassislarning kuchi yetmasligi sababli ilmning barcha tarmoqlaridagi yetuk olimlarning o’zaro hamkorligi talab qilinadi. Kelajakni, mavjud tarixiy jarayonlarni bashorat qilishning eng qulay usuli ekspert baholashdir. U tarixiy jarayon haqidagi chuqur va aniq ilmiy tasavvurlarga, ilmiy tadqiqot usullarining natijalariga asoslanib ish ko’radi va xulosa chiqaradi.
Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini oldindan ko’ra bilishning ekstrapolyatsiya (muayyan bir sharoitda ro’y beradigan qonuniyatlarni hozirgi davr va kelajakka moslash), tarixiy analogiya (o’tmish hodisalariga qarab xulosa chiqarish), ijtimoiy hodisalarni kompyuter orqali namunalashtirish, kelajak hodisalarini tasvirlash, eksperemental baholash (tarixiy ilmiy tajribaga asoslangan ishlarga) baho berish singari asosiy usullari mavjud. Bularning hammasi birgalikda jamiyat taraqqiyotini oldindan ko’rishga imkon beradi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, mavjud voqealarning hal qiluvchi yo’nalishlarini faqat ravshan tushina olgan taqdirdagina to’g’ri, ilmiy jihatdan asoslangan siyosat yuritish mumkin. Sodir bo’layotgan voqealarning ob’ektiv mantig’ini chuqur tushunib olish, davr harakatini ifodalovchi to’g’ri xulosalar chiqara bilish oson emas, lekin bu g’oyat zarur ishdir.
Mavjud voqelik, mamlakatimizda, jahon miqyosida muntazam ravishda sodir bo’lib turgan hodisa va jarayonlar, jahon fani va texnikasining, inson aql idroki va tafakkurining xayratomuz darajada to’xtovsiz rivojlanib borayotganligi, hozirgi zamon ilmiy-texnika yutuqlari insoniyatning kelajagi haqida mukammal ilmiy xulosalar chiqarish uchun boy material bermoqda.
Mamlakatimizning kelajagi haqida aniq rejalar ishlab chiqarish, ularni amalga oshirishning eng oqilona va maqsadga muvofiq yo’llarini belgilab olish uchun xalq bilan maslahatlashish, uning fikriga quloq solish, madadiga suyanish, uning talab-istaklarini bajarish zarurligini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi.
Hozirgi paytda jahon taraqqiyoti o’ziga xos yangi davrga qadam qo’ydi. Bu davrning o’ziga xos, oldingi paytlardan farq qiladigan alomatlari, xarakterli belgilari bor. Bular quyidagilardan iboratdir.
Er yuzidagi davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va hamkorlikning yuksalib borishi jahon taraqqiyoti hozirgi bosqichining o’ziga xos xususiyatidir. Boshqacha aytganda, keng qamrovli integratsiya — (lotincha so’z bo’lib, kirib borish, to’ldirish, o’zaro yaqinlashish ma’nosida ishlatiladi) — butun hozirgi olamshumul jarayon bo’lib, har bir xalq va davlatning porloq istiqboli umuminsoniy sivilizatsiya yo’lidagi barcha kuch-harakatlarini birlashtirishga ko’maklashadi.
Ma’lumki, asrimizning bir necha o’n yilliklari mobaynida Yevropa bilan Osiyodagi mamlakatlar, G’arb bilan Sharq, bir-biriga dushmanlik nuqgai nazaridan qarab keldi.
Hozirgi paytda jahonda shunday bir vaziyat vujudga keldiki, dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar o’zlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyot darajalarining har xilligi, rivojlanishning turlicha bosqichlarida ekanliklari, hatto mafkuraviy qarashlardagi farqlarga qaramasdan o’zaro yaqinlashmoqdalar.
Hozirgi paytda o’tmishdagi o’zaro dushmanlik va ixtiloflar siyosatidan hamkorlikka o’tish amalga oshirilmokda. Bu siyosiy xalqaro munosabatlarda keng qo’llanilmoqda. Dunyodagi bir qancha eng yirik va qudratli boshliqlar
(prezidentlar), turli siyosiy partiyalar, ijtimoiy tashkilotlar, korxonalar, kontsernlar, ommaviy harakatlar rahbarlari, diniy arboblar, mutaxassislar o’zaro uchrashib birbirlariga yon berib xalqaro munosabatlarda yuzaga kelgan eng dolzarb masalalar, muhim hayotiy muammolarni tinch yo’l bilan hal qilishni bahamjihat kelishib olmoqdalar. Davlatlar va xalqlar o’rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikni kuchaytirish to’g’risida ikki tomonlama va ko’p tomonlama o’zaro bitimlar va majburiyatlar qabul qilinib turibdi.
«Jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot, odamlar dunyoqarashining o’zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta’siri davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro birlashishga intilishni kuchaytirmoqda. Ayni vaqtda milliy xususiyatlar va an’analarni, siyosiy va ma’naviy merosni saqlab qolish tamoyillari ham yaqqol sezilmoqda»11.
Insoniyatni qiziqtirib kelayotgan umumbashariy, milliy, mintaqaviy va boshqa muammolarni ilgarigidek ixtiloflar yo’li bilan hal qilib bo’lmaydi. Shu jihatdan qaraganda, ixtiloflar emas, sog’lom kuchlarni birlashtirish, qaramaqarshiliklarning birligi yuzaga kelgan muammolarni hal qilishning muhim omili ekanligini jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichi ko’rsatib va amalda isbotlab turibdi.
Shuning bilan bir qatorda jahonda mulkiy tengsizlik — sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaymoqda. Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko’rinadi. Ya’ni, tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi hisoblansa ham, sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o’z qo’liga olishga intilmoqdalar. Qolaversa, ilmiy va texnikaviy bilimlar, shuningdek, ilg’or texnologiyalar sohasida, erkin sarmoyani to’plash va joylashtirish sohasida ham juda katta tafovutlar mavjud.
Hozirgi zamon tarixiy jarayonlarining asosiy belgilaridan yana biri — dunyodagi aksariyat mamlakatlarning, xususan, yaqinda mustaqillikka erishgan davlatlarning eng kuchli, eng katta xalqaro banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a’zo bo’lib kirib kuch-g’ayratlari va iqtisodiy imkoniyatlarini umumiy maqsadlari yo’lida birlashtirayotganliklaridadir. Buni O’rta Osiyo mamlakatlari, jumladan, O’zbekiston Respublikasi misolida ko’rish mumkin.
Qisqa vaqt ichida respublikamiz ko’pgina nufuzli xalqaro tashkilotlarga, xususan BMTga, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki, Iqtisodiy hamkorlik Tashkiloti va boshqa shu kabi mashhur xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi. Hozirgi davr uchun xos bo’lgan yana bir xususiyat shundan iboratki, fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan zamonaviy texnologiya — sanoat va qishloq xo’jaligining barcha sohalariga joriy etilmoqda. Bu esa o’z navbatida jamiyatning ildam odimlar bilan olg’a taraqqiy etishiga zamin yaratmoqda.


Download 236.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling