Yillik taqvim-mavzu rejasi
Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Download 0.79 Mb.
|
Tarixdan ish reja 2020-2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari
- Tarix fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
- 2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi A1
- 5-SINF. TARIXDAN HIKOYALAR (haftasiga 2 soat dan jami 68 soat)
- Darslar tartibi Mavzular nomi Soat
- II CHORAK 19-dars
- III CHORAK 33-dars
- IV CHORAK 53-dars
Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash; o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish; o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari: O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish; ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish; o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat. Tarix fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi A1 tarixda yil hisobini biladi; tarixga oid muhim fakt, voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; o‘z fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana oladi.
tarixiy jarayonlarni ko‘rgazmali tushuntira oladi. A2 tarixda davr va yil hisobini biladi; tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi; O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan XX asr boshlariga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; o‘zbek xalqining shakllanish bosqichlarini tushuntirib bera oladi; o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi; davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi; o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi; mamlakatimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi.
tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi; O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi; o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi; davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi; mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi; jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi haqida ma’lumotlarni tushuntira oladi. tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi; B1+ O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi; voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi; davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi; tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi. 2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi A1 tarixiy illyustratsiyalar asosida hikoyalar tuza oladi; fikrini tarixiy xaritalar va qo‘shimcha materiallar (videofilm, slaydlar) yordamida tushuntira oladi.
eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi; tarixiy-badiiy asarlar, OAVlarida berilayotgan ma’lumotlarga tarixiy bilimlari asosida munosabat bildira oladi.
XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi; tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi; tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi; mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi; o‘z oilasining shajarasini tuza oladi. 5-SINF. TARIXDAN HIKOYALAR (haftasiga 2 soatdan jami 68 soat)
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling