Yilning eng faol ijodkor talabasi


Download 11.38 Kb.
Sana19.11.2023
Hajmi11.38 Kb.
#1787111
Bog'liq
2 5379948370808812739 (2)




Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim ,fan va innovatsiyalar vazirligi "Yil talabasi 2023"ning “ YILNING ENG FAOL IJODKOR TALABASI" nominatsiyasiga nomzod sifatida Termiz davlat pedagogika instituti uchinchi bosqich talabasi Meyliqulova Feruza Bahodir qiziga
FIKRNOMA


Meyliqulova Feruza Bahodir qizi – millati tojik, 24.10.2003-yil Angor tumanida tugʻilgan. 2021-yil Termiz davlat pedagogika institutiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan. Hozirgi kunda Termiz davlat pedagogika instituti uchinchi bosqich talabasi.
F.Meyliqulova oʻzining kuchli bilimi, mehnatsevarligi, talabchanligi, tashabbuskor va tashkilotchiligi, intizomliligi, namunali xulqi, samimiy muomalasi bilan tengdoshlari va yoshlar orasida hurmatga sazovor yoshlarimizdan biri.
U qisqa muddat ichida bir qancha yutuqlarga erisha oldi.
Xususan, 2021-yil "Qizlar ovozi" harakatining sanʼat va madaniyat yoʻnalishi boʻyicha Angor tumani koordinatori etib saylandi.
2021-yil “Qizlar ovozi” forumi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻzining faolligi, qizlar oʻrtasida kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalarini keng targʻib qilishi, madaniy-ma’rifiy sohalarda oʻzining tashabbuskorligi, fidoiyligi va samarali mehnati uchun Yoshlar ishlari Agentligi Angor tuman boʻlim boshligʻi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2022-yil "Quyosh nuri" erkin volontyorlik harakati qoshida ochilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining hududiy jamoasi tomonidan o‘tkazilgan "ZAKOVAT" forumida " Lider qizlar " jamoasi sardori sifatida o‘zining tashabbuskorligi bilan birga zukkoligini ko‘rsata olgani uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2023-yil maqolasi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida e’lon qilingan korferensiya nomi: " Globallashuv jarayonida innovatsion ta'lim va milliy tarbiya: integratsiyaga xos muammolar,bahslar va yechimlar" . Maqola nomi: "Наука -дорога в будущее"
2023-yilda "Значение русского языка в современном мире" nomli maqolasi " Journal of universal science research" elektron jurnalida eʼlon qilingan.
2022-yildan boshlab Angor tuman 1-sonli kasb-hunar maktabida rus tili fani oʻqituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Bundan tashqari, Angor tuman "Cambrige" oʻquv markazida 5 nafar oʻquvchi bilan ishlaydi.
Meyliqulova Feruza Bahodir qizini kelajakda Vatan koriga yaraydigan, yetuk kadr, oʻz kasbiga fidoiy shaxs boʻlib yetishishiga ishonch bildiramiz.


Ilmiy rahbar
Termiz davlat pedagogika instituti
Rus tili fani oʻqituvchisi __________ A.A.Umarov
(imzo)
Download 11.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling