Yirtqich qushlar
Kunduzgi yirtqich qushlar turkumi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Yirtqich qushlar
Kunduzgi yirtqich qushlar turkumi Miqqiy Qora kalxat Tasqara Burgut Qarchigʻay Joʻrchi Yapaloqqushlar -Tunda hayot kechirishga moslashgan yirtqichlar. Ularga faqat qorongʻu tundan soʻng ov qiladigan yapaloqqushlardan ukki,boyoʻgʻli, boyqushlar kiradi. Yapaloqqushlar tumshugʻining qayrilgan, tirnogʻi oʻtkir, tirik oʻljani tirnogʻi bilan tutishga imkon beradi. Ularning koʻzlari katta . koʻz qorachigʻi keng ochiladi. Shuning uchun gʻira-shira yorugʻlikda ham mayda hayvonlarni koʻra oladi. Sezgir quloqlari esa tunda shitirlagan tovushni ham ilgʻab oladi. Patlari gʻovak va yumshoq boʻlganida uchganda ovoz chiqarmaydi. Tunda yirtqichning yuzi yapaloq yuraksimon boʻlgani uchun ham bu qushlarni yapaloqqushlar turkumiga kiritilgan. Ukki — yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida quloqqa oʻxshash ikki toʻp pati dikkayib turadi. Ukki koʻproq turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ba’zan oʻrgimchaklar va ayrim qushlarni ham tutib yeydi. Boyoʻgʻli — ukkiga nisbatan ancha kichik. Kechqurunlari simyogʻoch yoki daraxtlarning qurigan shoxida oʻtirib olib, oʻlja poylaydi. Bu qush oʻsimliklarga ziyon keltiradigan qoʻngʻiz, chigirtka va kemiruvchilarni qirib, juda katta foyda keltiradi. Qushlaming ahamiyati. Qushlar zararkuranda hasharotlar va kemiruvchilarni qirib, tabiatda ular sonini cheklab turadi. Qushlarning oʻzi ham koʻpchilik hayvonlar uchun oziq boʻladi. Ular meva va urugʻlar bilan oziqlanib, oʻsimliklarning tarqalishiga yordam beradi. Nektarchi qushlar esa gullarni changlatadi. Kaklik, qur, qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, bedana, kaptar va boshqa qushlar goʻshti uchun sanoat miqyosida yoki sport usulida ovlanadi. Dengiz oʻrdagi — gaaganing uyasiga toʻshaydigan pari yengil sanoatda foydalanish uchun yigʻib olinadi. Qushlar axlati esa azot va fosforli moddalarga boy oʻgʻit hisoblanadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling