Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘G‘risida
Download 30.66 Kb.
|
yangi yol
Oldingi tahrirga qarang.
5. Korxonalar 2021-yil 1-yanvarga qadar o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish maqsadida TIF TN kodlari 1201 — 1207 guruhi bo‘yicha import qilinadigan yog‘-moy xomashyosi hajmi (soya danagi, kungaboqar va boshqa moyli o‘simliklar urug‘lari) uchun bojxona to‘lovlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod qilinsin. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) 6. “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan yog‘-moy sanoati korxonalariga 2022-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan TIF TN kodlari 2815, 3802, 3815 guruhi bo‘yicha uskunalar, butlovchi buyumlar, materiallar (kaustik soda, aktivlashtirilgan tabiiy mineral mahsulotlar va katalizatorlar) importida bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 90 kunga kechiktirish imkoniyati berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni kechiktirish bo‘yicha qarzdorlik summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i yuzasidan umumiy hisob-kitobda yopishni nazarda tutuvchi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan yog‘-moy sanoati korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha kechiktirish berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov bir oy muddatda: a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Yog‘-moy sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin: amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha 150,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi 37 ta investitsiya loyihalarini 2019-2020-yillarda amalga oshirish; tayyor o‘simlik yog‘i importini bosqichma-bosqich qisqartirish bilan bir vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 90 foizgacha yetkazish va yuqori qo‘shilgan qiymatli yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida yog‘-moy xomashyolari olib kirish hajmlarini ko‘paytirish; 2021-yilga qadar respublikada muqobil moyli o‘simliklar yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hisobiga yog‘-moy xomashyolari jamg‘arish miqdorini 100 ming tonnaga yetkazish; 2021-yilga qadar o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmlarini 400 ming tonnagacha yetkazish; loyiha qiymati 100 mln. AQSh dollari bo‘lgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga hamkorlikda oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish. b) narxlar barqarorligini va ichki bozorning yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini bir maromda ta’minlash maqsadida 50 ming tonna hajmli zamonaviy yog‘-moy xomashyolari saqlash sig‘imlarini tashkil qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin. 8. Agentlik 2019-yil 1-sentabrga qadar bo‘lgan muddatda sotiladigan aksiya paketlari (ulushlari)ni baholash jarayonlarining shaffofligini, ularning boshlang‘ich narxini, shuningdek savdoni tashkil etish va o‘tkazish shartlarini ta’minlagan holda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq o‘tkaziladigan xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni belgilangan tartibda sotish choralarini ko‘rsin. Oldingi tahrirga qarang. 9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi va Agentlik bilan birgalikda yog‘-moy tarmog‘iga korxonalarning uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash uchun yetarli xomashyo bazasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlarni va yetakchi yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish choralarini ko‘rsin. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son) 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: Agentlik, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ustav jamg‘armasida davlat ulushi mavjud bo‘lgan yog‘-moy tarmog‘i korxonalarining bo‘sh turgan yer uchastkalarini inventarizatsiyadan o‘tkazsin va ularni ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritsin; ikki oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan yog‘-moy korxonalarining bo‘shaydigan hududlarida ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritsin. 11. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — yog‘-moy tarmog‘iga korxonalarning uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash uchun yetarli xomashyo bazasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlarni va yetakchi yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish; (11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son) O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupovga — fermer xo‘jaliklari tomonidan soya va muqobil moyli o‘simliklar urug‘larini yetishtirishni tashkil qilish choralarini ko‘rish, ularning hisobini yuritish va ularga har tomonlama ko‘maklashish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mavjud xomashyo resurslaridan, infratuzilmalar, mehnat resurslari va bozor ehtiyojidan hamda hududdagi mavjud quvvatlardan kelib chiqqan holda yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni loyihalashtirishda tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin. 12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda yog‘-moy sanoati tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borish tavsiya qilinsin. 13. “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xo‘jalik vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yog‘-moy sanoati tarmog‘i kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy markazni tashkil etish choralarini ko‘rsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarishda amaliy yordam ko‘rsatsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasini statistik ma’lumotlarni majburiy tarqatish reyestriga kiritsin. 16. “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy manzili bo‘yicha bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosarlari B.M. Mavlonov va G.K. Saidova zimmasiga yuklansin. Download 30.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling