Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘G‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Download 30.66 Kb.
|
yangi yol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududlarida kichik sanoat zonalari tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “O‘zpaxtayog‘” AJ yog‘-moy korxonalari ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2019-yil 16-yanvar, PQ-4118-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4118-son qaroriga 1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga aksiya ulushlari o‘tkazib beriladigan xo‘jalik birlashmalarining RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang. (1-ilova izohi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4118-son qaroriga 2-ILOVA Hududlarida kichik sanoat zonalari tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “O‘zpaxtayog‘” AJ yog‘-moy korxonalari ro‘yxati
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 07/19/4118/2489-son, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son) Admin 19.11.2022 “YANGIYO’L YOG’MOY” AKTSIYADORLIK JAMIYATI — oziq- ovqat sanoatining yirik korxonasi. “Yog’moytamakisanoat” uyushmasi tarkibida. Rafinatsiyalangan paxta moyi, distillangan yog’ kislotalar, xo’jalik sovuni, chorvachilik uchun ozuqa bo’lgan shrot va shulxa ishlab chiqaradi. Dastlab 1916 yilda Qovunchi qishlog’ida “besh bosh” aktsiyadorlik kompaniyasi yog’sovungarlik zavodini qura boshladi. 1917 yilda Oktyabr to’ntarishidan keyin chala qurilgan zavod davlat ixtiyoriga olindi va “Glavxlopkoprom” tomonidan 1919-22 yillarda 8 ta pressi bo’lgan va quvvati 25 tonna/sutka chigitni qayta ishlaydigan korxona (4-yog’ zavodi) qurilishi va montaji yakunlandi. 1922 yil 10 iyunda ishga tushirildi. 1930 va 1937 yillarda korxona rekonstruktsiya qilindi, qo’shimcha 4 ta yog’ pressi o’rnatildi. 1956 yilda korxona sobiq qand zavodi (1950 yilgacha ishlangan) hududiga ko’chirildi, 1960 yilda yog’-moy kombinatiga aylantirildi, 14 ta shnek press o’rnatildi, 2 ta ekstraktsiya liniyasi ishlay boshladi, chigitni qayta ishlash bo’yicha quvvati sutkasiga 500 tonnaga, sovun tsexining sutkalik ishlab chiqarish quvvati 42 tonnaga yetkazildi. 1980 yilga kelib kombinatda sutkasiga 800 tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga erishildi, ekstraktsiya tsexidagi shnek bug’latkichlar o’rniga tosterlar o’rnatiladi, missellani filtrlash uchun diskli filtrlar o’rnatildi. 1994 yilda korxona ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 1999 yilda paxta moyini 1 va 5 litrli polietilen idishlarga qadoqlaydigan bo’lim, 2000 yilda shrotni qadoqlash bo’limi, 2002 yilda ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 50 tonna bo’lgan dezodoratsiya bo’limi ishga tushirildi. 2004 yilda 250 grammli 60% li xo’jalik sovunini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 2003 yilda korxonaga xorij investitsiyasi jalb etildi. Korxonadagi barcha bo’limlar zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. 2004 yilda korxonada 8,9 ming tonna paxta yog’i, 14,8 ming tonna xo’jalik sovuni, 27,9 ming tonna shrot, 21,8 ming tonna shulxa mahsulotlari iste’molchilarga yetkazib berildi. Mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, qo’shni mamlakatlarga eksport qilinadi. 328 Post menyusi Download 30.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling