Yog’larning nohush hamroh moddalari


Moyli ekinlar seleksiyasi


Download 158.42 Kb.
bet3/7
Sana15.03.2023
Hajmi158.42 Kb.
#1271268
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Erkinjonov Abdulbosit

Moyli ekinlar seleksiyasi. O’simlik moylari sifatiga va yog’ kislota tarkibiga qo’yiladigan talab, ularni qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab belgilanadi. Salat moylari uchun ishlatiladigan yog’larda linol kislotasi, margarin uchun olein kislotasi va lak - bo'yoq mahsulotlari uchun linolen kislotasi ko’p bo'lishi lozim.
Yog’ kislota tarkibi nafaqat yog’larni istemol qiymatiga, balki saqlash va ularni qayta ishlashga yaroqliligiga ham ta’sir etadi. Masalan, linolen kislotasining ko’p bo’lishi moyni oksidlanishga barqarorligini kamaytiradi, olein kislotasini ko’p bo’lishi esa aksincha moyning barqarorligini yaxshilaydi, saqlash muddatini uzaytiradi, va qovurishdagi turg’unligini oshiradi.
Xorijiy mamlakatlarda moyli ekinlarni seleksiya ishlari olib borilmoqda. Jumladan Rossiyada kungaboqarning modifikasiyalangan navlari yaratildi. Bu navdan olingan yog’ tarkibida ko’p miqdorda olein kislotasi mavjud bo’lib, yog’ kislota tarkibi jihatdan zaytun yog’ining analogi hisoblanadi.
Seleksiyachilar rapsning kam eruk kislotali kanola navidan tashqari kamlinolenli navini ham yaratishdi. Zig’irning kam linolen kislotali navi ham olingan. Shuningdek, ko’p palmitinli, ko’p stearinli, ko’plinolli, yuqori to’yingan va kam to’yingan soya yog’lari ham olingan.
Tarkibida olein va stearin kislotalari kam bo’lgan makkajo’xori urug’i ham yaratilgan.
Modifikasiyalangan navlar oddiy seleksiya (tanlash va chatishtirish) yo’li bilan olinmaydi, balki genetik o'zgartirish yo'li bilan - genetik modifikasiyalash bilan olinadi.
Yer hayvonlari yog’lari. Ushbu yog’lar guruhiga keng ko’lamda
ishlatiladigan mol, qo’y, suyak yog’lari va sut yog’i kiradi.
Sut yog’i. Sut yog’i sigir sutida mavjud bo’lib, sigir ozuqasining tarkibiga qarab 3-4 % miqdorida bo’ladi. Sut yog’ining kislota tarkibi va hossalari, hamda hamroh moddalar tarkibi omuhta yem tarkibiga qarab o’zgaradi. Sut yog’ining yog’ kislota tarkibi ko’p miqdorda suvda eriydigan va erimaydigan, uchuvchan kislotalar (C4-C10) borligi bilan xarakterlanadi.

Download 158.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling