Yog’larning nohush hamroh moddalari
Download 158.42 Kb.
|
Erkinjonov Abdulbosit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyak yog’i
- Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari.
Cho’chqa yog’i. Cho’chqa yog’i kovsh qaytarmaydigan sut emizuvchi - hayvonlar oilasiga kiruvchi xonaki cho’chqalarning xom yog’laridan eritib olinadi.
Bu yog’larni tarkibi va hossalari hayvonning turi va zoti, jinsi va yoshi, semizligi, omuxta yem tarkibi, iqlim sharoitiga va boshqa omillarga bog’liq. Cho’chqa yog’ining yog’ kislota tarkibida to’yinmagan transizokislotalar miqdori 1,0 % atrofida bo’lib, bu qiymat boshqa kovsh qaytaruvchi hayvon yog’larinikidan kichik hisoblanadi. Qo’y yog’i honaki qo’ylarning xom yog’larini eritib olinadi va qo’y organizmining qaysi qismidan olinganiga qarab farqlanadi: Qo’y yog’ini o’zi xos xususiyatlarining har xil bo’lishi ya’ni o’zgaruvchanligi undagi buyrak, dumba, teri osti va boshqa xildagi xom yog’larning o’zaro miqdoriy nisbati turli xil bo’lishi bilan tushuntiriladi va o’z navbatida bu yog’larning ko’rsatgichlari ham turlicha bo’ladi. Qo’y yog’ini to’yinmagan yog’ kislotalari tarkibida elaidin kislotasi hisobida 11%gacha trans kislotalari bo’ladi. Mol yog’i honaki hayvonlar oilasiga mansub qoramol hom yog’larini eritib olinadi va mol yog’i qoramol organizmining qaysi qismidan olinganiga qarab xar xil bo’ladi. Mol yog’ida umumiy yog’ kislotalar miqdoriga nisbatan 5-10% elaidin kislotasi hisobida trans kislotalar mavjud. Mol va boshqa hayvon yog’larida (cho’chqa yog’idan tashqari) o’simlik moylariga xos bo’lgan yog’ kislotalarning “normal” taqsimlanishi kuzatiladi. To’yingan yog’ kislotalari (S16-S18) asosan triasilgliserin (TAG)da birinchi va uchunchi holatda mavjud bo’lib, uglerod soni 16dan kichik bo’lgan to’yinmagan yog’ kislotalari ikkinchi holatda joylashgan bo’ladi. Suyak yog’i turli xil hayvonlarning asosan qo’y, mol va cho’chqalarning suyaklaridan ajratib olinadi. Yuqorida sanab o’tilgan barcha hayvon yog’lari, hamda go’shtni qayta ishlash korxonalaridan yig’ib olingan har xil tarkibdagi yog’lar ko’proq texnik maqsadlarda, asosan sovun ishlab chiqarishda ishlatiladi. Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari. Dengiz hayvonlari yog’larining asosiy qismini kit yog’lari tashkil qiladi. Biroq kitlarni ovlash qisqartirilganligi va shu bilan bir qatorda kit yog’lari ishlab chiqarishning qisqarishi sanoatda ularni ahamiyatini kamayishiga olib keldi. Hozirgi kunda asosan oz miqdorda kashalot va boshqa dengiz hayvonlari yog’lari olinmoqda. Tibbiyot maqsadida ko’proq treskaning buyrak yog’laridan foydalanilmoqda. Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari ularni yog’li to’qimalaridan eritish yoki ekstraksiyalash yo’li bilan ajratib olinadi. Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyati bilan ular yer hayvonlari va o’simlik moylaridan ajralib turadi. Baliq va dengiz sut emizuvchi hayvonlari lipidlari tarkibida yuqori to’yinmagan essensial yog’ kislotalari mavjud bo’lib, ularning biologik aktivligi qo’shbog’larning o’zaro joylashuvi va oraliq konfigurasiyasiga qarab belgilanadi. Biologik aktiv kislotalarning bu yog’larda mavjudligi ularning oziqaviy qiymatini oshiradi, ammo lipidlarning to’yinmaganlik darajasi yuqori bo’lgani uchun bu yog’larning havo kislorodi ta’sirida tez oksidlanishi ro’y beradi. Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari o’ziga xos badbo’y hidga ega. Gidrogenlash va boshqa yog’larni qayta ishlash jarayonlarida yog’larning badbo’y hidlari yo’qoladi va bu yog’lar oziqa yog’lariga aylanadi. Download 158.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling