Yog’och kimyoviy xom ashyo bo’lib, u o’simlikni yashash davrida doimiy ravishda hosil bo’lib turadi. Yog’ochning hosil bo’lishida atmosferadagi uglerod kislota va quyosh nuri xom ashyo hisoblanadi


Turli navdagi yog’ochning elementar tarkibi


Download 59.98 Kb.
bet2/4
Sana26.12.2022
Hajmi59.98 Kb.
#1067453
1   2   3   4
Bog'liq
2кпукпукпук

Turli navdagi yog’ochning elementar tarkibi

Yog’och navi


S

N


Yog’och navi

S

N

Qarag’ay

49,5

6,5

Qoraqayin

50,1

6,2

Tilog’och


49,9

6,3

Arg’uvon

49.1

6,5

Qayin

48,8

6,4

Terak

50,1

6,4

Eman

50,4

6,1

SHumtoldaraxti


49,2

6,3

Tol

51,6

6,3

Zarang daraxti

49,9

6,5

Tog’terak


50,4

6,4

Archa

51,0

6,2

Jadvalda keltirilgan qiymatlar daraxt tanasi yog’ochiga tegishli. Yog’och asosini organiq moddalar tashkil etishi bilan bir qatorda, uni tarkibida qizdirilganda kul hosil qiluvchi mineral moddalar ham bo’ladi.

Jadval 3
Ba’zi daraxt navlarining kulligi


Daraxt navi


%, kul

Daraxt navi

%, kul

Koraqayin

0,57

Tog’terak

0,32

SHumtol daraxti

0,57

Qayin

0,29

Qarag’ay

0,39

Zirk daraxti

0,28

Eman

0,37

Tilog’och

0,27

Archa

0,37





Yog’ochni yoqish natijasida tarkibida kaliy, magniy, temir va marganetsning ugleoodli tuzlarini tutgan mahsulotlar olinadi. SHuning uchun kul miqdori daraxt tarkibidagi mineral modda miqdorini ko’p qilib ko’rsatishi mumkin. Yog’ochdagi mineral moddalarning haqiqiy miqdorini bilish uchun, kul tarkibidagi organiq modda va suv hosil qiluvchi ko’mir kislota miqdorini hisoblashga to’g’ri keladi.

Kul ikkita asosiy - suvda eruvchan va erimaydigan qismlardan tashkil topgan. Kulning eruvchan qismi uning umumiy miqdoriga nisbatan 10-25% ini tashkil etadi. Kulning eruvchan qismiga soda, potash, xlor va sulьfat kislota tuzlari kiradi.

Yog’och murakkab kompleks va uning asosini uglevod mahsulotlari tashkil etadi. Uglevod mahsulotlarini asosan polisaxarid-tsellyuloza tashkil qiladi. Ikkinchi urinda o’zini tuzilishi bilan har xil bo’lgan gemitsellyuloza va nihoyat poliuron kislotalar (kamedi, pektin moddalar) turadi. Yog’och tarkibida asosiy komponentlar bilan birga boshqa moddalar ham bo’lib, ularning miqdori ko’pincha daraxt naviga bog’liq bo’ladi. SHunday ikkinchi darajali (miqdoriy ko’rsatkichi bo’yicha) elementlarga quyidagilar kiradi: bo’yovchi va oshlovchi moddalar, mum, yog’, qatron (smola), efir yog’lari, qatron kislotalar, oqsil va boshqalar.

Yog’och tarkibidagi moddalarni aniqlash uchun bir necha xil usullar mavjud. Materiallarni qatьiy ma’lum usullarda tekshirishga tayyorlash va analitik analizlarni ketma-ket olib borish orqali aniq natijalarini olish mumkin. Tekshirish uchun keltirilgan yog’och u yoki bu usul bo’yicha qipiq holatga keltiriladi. O’lchamlari 1 mm bo’lgan elakdan yaxshi o’tadigan va o’lchami 0,5 mm bo’lgan elakda ushlanib qolgan qipiq eng yaxshi qipiq hisoblanadi. Albatta qipiqning bu o’lchami taxminan qabul qilingan, lekin tekshirishlarning kiyosiy natijalarni olish uchun ma’lum standartlarga rioya qilish kerak, chunki olinadigan natijalarning aniqligiga yog’och o’lchamlari ham ta’sir etadi. Yog’ochni tekshirishni bir necha xil usullari mavjud, lekin ular hamma qabul qilgan usullar hisoblanmaydi. Ko’pincha quyidagi usuldan foydalaniladi:

Sovuq suvda eruvchanlarni aniqlash; issiq suvda eriydiganlarni aniqlash; efirda eruvchanlarni aniqlash (yog’, mum, qatron); 1% li ishqorda eriydiganlarni aniqlash. Ekstraktsiyalangan yog’och qoldiqlarining ayrim namunalarida tsellyuloza, lignin, gemitsellyuloza (pentozanlar, metilpentozanlar, mannanlar, galaktanlar) va kulni aniqlash uchun tekshirishlar olib boriladi.


Jadval 4


Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling