Yog’och kimyoviy xom ashyo bo’lib, u o’simlikni yashash davrida doimiy ravishda hosil bo’lib turadi. Yog’ochning hosil bo’lishida atmosferadagi uglerod kislota va quyosh nuri xom ashyo hisoblanadi


Yog’ochni haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta’sirlarga chidamliligini ta’minlashda xizmat qiluvchi materiallar


Download 59.98 Kb.
bet4/4
Sana26.12.2022
Hajmi59.98 Kb.
#1067453
1   2   3   4
Bog'liq
2кпукпукпук

2.6.Yog’ochni haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta’sirlarga chidamliligini ta’minlashda xizmat qiluvchi materiallar

Yog’och suvga chidamli sintetik yelimlar bilan ishonchli yelimlanadi. Buning natijasida yirik ko’ndalang kesimli, katta uzunlikdagi, turli shaklda egilgan va siniqli hamda boshqa turlardagi yelimlangan yog’och konstruktsiyalari tayyorlanadi. Yelimlangan yog’och konstruktsiyalaridan katta oraliqli konstruktsiyalar ham tayyorlanadi. Yog’ochdan suvga chidamli qurilish fanerasi olinadi va ulardan yengil yelimlangan fanerli konstruktsiyalar tayyorlanadi.[ ]

Yog’och konstruktsiyalari shuningdek kamchiliklarga ham egadir. Noto’g’ri qo’llanilganda va ishlatilganda hamda uzoq vaqt namlik ta’sirida ular chiriydi. Lekin hozirgi zamon konstruktiv va kimyoviy himoya uslublari uzoq muddat ishlatilganda chirishdan saqlash imkoniyatini beradi. Yog’och konstruktsiyalari yonuvchan hisoblanadi. Ammo lekin, hozirgi paytda qo’llanilayotgan yirik ko’ndalang kesimli yog’och konstruktsiyalarining olovbardoshlilik chegarasi ayrim metall konstruktsiyalarinikidan yuqoriroqdir. Ular qo’shimcha yonishga qarshi maxsus qoplamalar bilan ham himoya qilinadi.

XX asrning 50-chi yillarida birinchi marta yelimlangan yog’och konstruktsiyalari ishlab chiqarila boshlangan. Bu turdagi konstruktsiyalarni rivoji rus olimi G. G. Karlsen hayoti bilan uzviy bog’liqdir. Sintetik polimer smolalar asosida yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan suvga chidamli yelimlarni ishlab chiqarilishi bu turdagi konstruktsiyalarni yanada rivojlanishiga olib kelgan. Yog’ochni yelimlashda oldinroq fenolformalьdegidli, keyinroq esa ishonchli rezortsinali yelimlar, yog’ochni metalga yelimlashda epoktsidli yelimlar qo’llanilgan.

Elimlangan yog’och elementlar kam qavatli turar - joy uylari konstruktsiyalarida, kichik sanoat va jamoat binolarida, avtoyo’l ko’priklarida qo’llanila boshlangan. Shuning bilan birga yangi turdagi yelimlangan yog’och konstruktsiyalari birikmalari yaratilgan va tadkik qilingan, jumladan ichida yelimlab mahkamlangan po’lat sterjenli to’sinlar, taxtalarni biriktirish uchun po’lat tishli plastinkalar va hokazo. Frantsiya va Amerikada yaxlit yog’och elementli katta bo’lmagan hamda yirik oraliqli yelimlangan yog’och arkasimon fazoviy konstruktsiyalar keng qo’llanila boshlangan. Harorat ko’tarilganda mustahkamlik chegarasi va elastiklik moduli kamayadi va yog’ochning mo’rtligi oshadi. Masalan, qarag’ay yog’ochini siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, uni 20S dan 50S gacha qizdirilganda o’rtacha 70% gacha kamayadi, 100S gacha qizdirilganda esa, boshlang’ich qiymatidan 30% gacha kamayadi.

Manfiy haroratlarda yog’ochdagi namlik muzga aylanadi va namlik 25% gacha bo’lganda siqilishdagi mustahkamligi ortadi, lekin mo’rt bo’lib qoladi.

Yog’ochning harorat ta’siridagi deformatsiyasi -chiziqli kengayish koeffitsienti bilan aniqlanadi. Yog’och tolalari bo’ylab aniqlangan bu koeffitsient juda kichik va u 5.10-6 dan oshmaydi, o’z navbatida bu yog’och uylarni harorat choklarisiz qurish imkoniyatini beradi. Tolalariga ko’ndalanggi bo’yicha esa bu koeffitsient 710 marta kattadir.

-to’g’rilovchi koeffitsientning qiymatlari


Yog’och


turi

, MPa

tolalar

bo’ylab


siqilishda

statik


egilishda

Tolalar bo’ylab


siljish, yorilishda


cho’zilishda


Qarag’ay

3,5

4,5

0,4

4

Qora qarag’ay

2,5

3

-

-

Tilog’och


4,5

-

-

-

Oq qarag’ay


2,5

-

-

-

Oq qayin

4,5

-

-

-


Yog’ochning issiqlik o’tkazuvchanligi, uning trubasimon-g’ovak tuzilishiga ega bo’lganligi hisobiga ayniqsa tolalariga ko’ndalanggi bo’yicha kichikdir. Quruq yog’ochni tolalariga ko’ndalanggi bo’yicha o’rtacha issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti  = 0,14 Vt / (m·°S) ga tengdir. Issiqlik o’tkazuvchanligi kam bo’lganligi uchun yog’och yengil to’siq konstruktsiyalari uchun samarali material hisoblanadi. Yog’ochni issiqlik sig’imi kattadir, quruq yog’ochniki o’rtacha S =1,6 kJ /(kg·°S) ga tengdir.

Chirish - yog’ochni oddiy o’suvchi organizmlar ta’sirida buzilishidir. Yog’och bu organizmlar uchun oziq-ovqat muhiti vazifasini bajaradi. Yog’ochni va yog’och materiallarini biologik zararkunandalari juda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Biologik zararkunandalarga bakteriyalarning ba’zi turlari, yog’ochni buzuvchi zamburug’lar, yog’och teshuvchi qurtlar, chumolilar va dengiz-yog’och teshuvchilari-molyuskalarni ba’zi turlari kiradi. Hozirgacha bakteriyalarning yog’ochga ta’siri kam o’rganilgan. Ma’lum bir bakteriyalar yog’och tarkibidagi ayrim moddalarni achishiga sabab bo’lib, uning buzilishiga olib keladi. Bularning ta’sirida yog’och mustahkamligini asta-sekin yo’qotib boradi.

Eng ko’p tarqalgan yog’och zararkunandalari bu zamburug’lardir. Ular o’rmon, ombor va uy zamburug’lari turiga bo’linadi. O’rmon zamburug’i asosan o’sayotgan yog’och daraxtini zararlaydi. Ombor zamburug’lari asosan yog’och materialini saqlash jarayonida yerga tegib turgan qismini zararlaydi. Uy zamburug’lari esa yog’och materialini konstruktsiya sifatida ishlatish jarayonida zararlaydi va uning chirishiga sabab bo’ladi. Zamburug’lar Sdan 45 gacha bo’lgan haroratlarda va 1820 % namlikdan kam bo’lmagan holatlarda rivojlanadi va yog’ochni chiritadi.

Qumursqalar - yog’ochni buzuvchilari hisoblanadi. Ular ham quruq, ham ho’l yog’ochni buzilishiga, chirishiga olib kelishi mumkin.

Chirishdan yog’och konstruktsiyalarini himoya qilishning ikki xil usuli mavjud: konstruktiv himoya usuli; kimyoviy himoya usuli. CHirishdan himoya qilishning konstruktiv usulida konstruktsiyaning ekspluatatsiya qilinishi uchun muhit yaratiladi va u holatda konstruktsiyaning namligi chirish sharoitiga namlikdan oshib ketmaydi. Yopiq binolarda, atmosferadan tushadigan yog’ingarchiliklarni tom yopmadan o’tib ketmasligi, tomda nishablik bo’lishi, ichki suv chiqib ketish yo’llari bo’lishi ta’minlanadi. Yog’och konstruktsiyalarini kapilyar namlikdan himoya qilish uchun, ularni beton va g’isht devorlardan bitum qatlamli gidroizolyatsiya bilan ajratiladi. Xona ichidagi yog’och konstruktsiyalari PF-115, UR-175 va boshqa yog’och lak-buyoqlari bilan himoya qilinadi. Yog’och konstruktsiyalarida hosil bo’ladigan kondensatsiya namligidan himoya qilish muhim ahamiyatga egadir. Bu holatda konstruktsiyaga suv bug’lari kirmasligi uchun, xona tomondan bug’saqlagich qo’yiladi. Asosiy yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarni loyihalashda chok bo’lmasligi va yoriq joylar bo’lmasligiga erishish lozim, chunki bu joylarda sovuq havoning turib qolishi va u yerda suv hosil bo’lishi - chirish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin.

Agar konstruktsiyani ekspluatatsiya qilish jarayonida uning namlanishi aniq bo’lsa, u holatlarda kimyoviy himoya usulidan foydalaniladi. Masalan ko’prik, minora va qoziq konstruktsiyalarida yog’och konstruktsiya namlanishi mumkin. CHirishdan himoya qilishning kimyoviy usulida konstruktsiyaga antiseptika moddasi surtiladi yoki shimdiriladi yoki u bilan qoplanadi. Antiseptikalar ikki turga bo’linadi: suvda eriydigan va suvda erimaydigan-moyli. Suvda eriydigan antiseptika - ftorli va kremniy ftorli natriydir. Uning rangi va hidi yo’q. Uni yopiq turdagi binolarda ishlatiladi va u odamlar uchun zaharli emasdir. Ba’zi turdagi suvda eriydigan zaharli antiseptikalar ham mavjud. Ularning ayrimlari odamlar uchun ham zaharlidir. Moyli antiseptika - suvda erimaydi, har xil zamburug’ va bakteriyalar uchun zaharlidir, kuchli yoqimsiz xidga ega bo’lib, odamlar sog’ligi uchun ham zararlidir. Bu turdagi antiseptika moddalari ochiq turdagi inshootlar konstruktsiyalarini himoyalashda, odam kam bo’ladigan joylarda, yer va suv ostidagi konstruktsiyalarni chirishdan himoya qilishda ishlatiladi.

Yog’och konstruktsiyalarini yonishdan himoya qilishning ikki usuli bor: konstruktiv va kimyoviy. Yog’och yonuvchan qurilish materiali hisoblanadi. Uning olovbardoshlik chegarasi nisbatan kichikdir. Olovbardoshlik chegarasi - vaqt birliklarida o’lchanadi. Yirik ko’ndalang kesimli yog’och konstruktsiyalari katta olovbardoshlilik chegarasiga egadir. Masalan, 17  17 sm ko’ndalang kesimli qirrali yog’och to’sin- brus 10 MPa kuchlanish bilan yuklangan holatda 40 minut olovbardoshlikka egadir.

Yog’och konstruktsiyasini yonishdan konstruktiv himoya qilish usulida - konstruktsiya yuqori haroratli jihozlardan uzoqroqqa qo’yiladi. Yog’ochning yonishiga qulay harorat bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Hatto oddiy suvoq ham olovbardoshlilik chegarasini ortishiga sabab bo’ladi.

Himoya qilishning kimyoviy usulida - antipiren moddasi qo’llaniladi. Yog’ochni yonishi uchun ikki narsa bo’lishi kerak: harorat va yana kislorod. Antipiren harorat ko’tarilganda shimdirilgan yog’och tarkibidan chiqib yog’och element sirtida plyonka hosil qiladi va bu bilan konstruktsiyani qisloroddan izolyatsiyalaydi, natijada yonish jarayoni to’xtaydi.

Zarur bo’lgan holatlarda antipirenni antiseptika bilan birgalikda va daraxt mikroorganizmlar ta’siriga chidamli hisoblanadi. Bunga sabab daraxtni qarib borishi bilan ulevodlar shunday holatda bo’ladiki, bunda tsellyuloza va gemitsellyulozaga ta’sir etuvchi mikroblar ularga ta’sir etmaydi. Yog’och tsellyulozasining biologik parchalanishiga asosiy to’sqinlik qiladigan modda bu-lignindir. Yog’och tarkibidagi lignin miqdorini kamayib borishi bilan tsellyulozaning mikrorganizmlar ta’sirida chirish xossasi ortib boradi. Bunga sabab tsellyuloza lignin bilan bog’langanligi tufayli tsellyuloza bo’sh emas. TSellyulozani parchalanishi (chirishi) yog’ochni fizik holatiga ham bog’liqdir. Yog’och kanchalik maydalangan bo’lsa, tsellyuloza shunchalik tez chiriydi. Maydalangan yog’och 34 %, juda yaxshi kukun holatgacha maydalangan yog’och 80% gacha chirish darajasiga yetadi.

Daraxt katta biologik mustahkamlikga ega bo’lsada, lekin u baribir tabiiy sharoitda parchalanadi va bu jarayon yemirilish deyiladi. Daraxtni chirishida bakteriyalar ishtirok etmaydi, ular tsellyuloza va ligninga ta’sir qilmaydi. CHirishning asosiy ko’zgatuvchilari bu-parazit tipidagi zamburuglardir. Zamburug’larni rivojlanishida ob-havo, namlik, harorat va daraxt navi muhim rol uynaydi. Hamma daraxtlar ham chirishga bir xil moyilikda bo’lavermaydi. Yaproqli daraxtlar chirishga ancha chidamli. Zabolon tipidagi daraxtlarda ko’p miqdorda namlik bo’ladi va ular atmosferadan namlikni tez yutadi. Zabolon tipidagi daraxt tarkibida qand, kraxmal va yog’ moddalari mavjud. Yadro tipidagi daraxtlar esa o’z tarkibida tannid, qatron, buyovchi va boshqa ekstraktiv moddalarni tutgan bo’lib, bu moddalarning ba’zilari zaharlidir.

Yog’ochni chirishiga tabiiy chidamliligi uni qaysi faslda tayyorlanganligiga bog’liq. Bu ko’rsatkich faqat yangi keslgan yog’ochlarga tegishli. Tekshirishlar natidjasida yoz faslida kesilgan yog’och kish faslida kesilgan yog’ochga nisbatan tezroq chirir ekan. Agar zamburug’larni rivojlanishi uchun yaxshi sharoit bo’lsa, u holda kesilgan yog’och ham o’sayotgan daraxt ham va xatto qog’oz va yog’och massasi ham chiriydi. Yog’ochni chirishidan saqlash uchun ularga antiseptik moddalar bilan ishlov beriladi, bu moddalar o’z navbatida zamburuglar uchun zahar hisoblanadi. Xalk xo’jaligining turli tarmoklarida yog’ochdan foydalaniladi, yog’och xox ustun sifatida, xox texnik sohada, xox krilishda ekspluatatsiya qilinmasin, barchasida uning chirishi uchun sharoit yaratilgan, shuning uchun yog’ochga tegishli moddalar bilan ishlov beriladi.

Yog’ochning chirishi uch bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda zamburug ta’siriga tez uchraydigan kraxmal, qand va boshqa moddalarni yemirilishi va bu rang hosil qiladi. Bu bosqichda lignin-tsellyuloza kompleksiga ta’sir bo’lmaydi. Ikkinchi fazada xujayralardagi moddalarni yemirilishi ruy beradi. Ikkinchi faza bir yildan 10 yilgacha cho’zilishi mumkin. Uchinchi fazada mikrorganizmlar va zamburuglar juda rivojlangan va ko’payayotgan bo’ladi. Bu faza bir necha un yilliklarni o’z ichiga oladi. Yog’ochni butunlay ishdan chiqarishi mumkin. Yog’och chirishida fizik xossasi va kimyoviy tarkibi o’zgaradi. Zamburuglarni yashashi davomida ulardan daraxtni yemiruvchi fermentlar paydo bo’ladi, bu fermentlar ta’sir etuvchi moddalar nomi bilan ataladi, masalan: ligninaza, malьtaza, saharaza va boshqalar.

Yog’och chirishida uning fizik-mexanik xossasining o’zgarishi tekshirilganda avval uning mogor yoki kuk zamburug bilan zararlanagan joylarini ko’rish mumkin. Bu zamburuglar xujayradagi kraxmal, qand, yog’ va oksillar bilan oziqlanadi. Buning ta’sirida yog’och va daraxt rangi o’zgaradi.

Yog’och chirishida xujayra devorlari bir biridan ajraladi va mayda teshikchalar hosil bo’ladi, buni mikroskop orqali ko’rish mumkin. Keyin daraxt - yog’och rangi o’zgaradi, teshiklar kattalashadi, ular soni ko’payadi, daraxt va yog’ochni yorilishi ko’zatiladi. Natijada yog’ochni fizik-mexanik xossasi o’zgaradi, bular: hajm og’irligi, namlik hajmi, giroskopligi va boshqa mexanik xossalari.

Yog’ochni chirishi davomida uning kimyoviy tarkibi o’zgarib boradi. CHirishning boshlangich bosqichida xali yog’ochdan kimyoviy sanoatda foydalanish mumkin. CHirish darajasiga mos ravishda yog’ochdan tsellyuloza, kraft tsellyuloza, oshlovchi ekstraktlar olish va gidroliz uchun foydalanish mumkin. Yog’ochni quruq xaydash sanoatida chirigan yog’ochdan foydalanib bo’lmaydi, bunga sabab chirigan yog’ochdan olingan ko’mir kichik texnik mustahkamlikka ega va u o’z-o’zidan yonib ketishga moyildir. CHirigan yog’ochdan shuningdek kislota va spirtning hosil bo’lish miqdori ham kam bo’ladi. Yemiruvchi tipiga bog’liq ravishda yog’ochning kimyoviy tarkibi ham o’zgarib boradi. CHirituvchilar asosan tsellyuloza va pentozanlarni yemiradi, lignin deyarli o’zgarmaydi. Bunday yemirilish destruktiv yemirilish deyiladi. SHu bilan bir qatorda korrozion yemirilish ham bo’lib, bunda ligninning parchalanishi bo’yicha yog’och chiriydi. Korrozion yemirilishda zamburuglar uchun ozuqa bo’lib asosan lignin va bir kadar pentozanlar hisoblanadi, tsellyuloza esa ikkinchi urinda turadi. Lekin yemirilishni davom etishi bilan yog’ochning har uchchala komponentini ham parchalanishini ko’zatish mumkin. Destruktiv yemirilishda daraxt va yog’ochda kungir, jigarrang doglar, korrozion yemirilishda esa ok dolar hosil bo’ladi. Tsellyuloza chiriganda unda  va  fraktsiyalar miqdori ortib boradi va aksincha polimerlanish darajasi pasayadi.

Shunday zamburuglar borki, ular tsellyuloza va ligninni bir xil yemiradi, bunday chirish korrozion-destruktiv yemirilish deyiladi. Yog’och chirib borishi bilan kul miqdori va ishkorda eruvchi moddalar miqdori ortadi. Agar yog’och chirigan bo’lsa, undagi ishkorda eruvchi moddalar miqdori 40% gacha yetadi. CHirigan yog’ochni issiqlik berish xususiyati ham o’zgaradi, bunga sabab uning tarkibidagi uglerod miqdorini o’zgarishidir.



Yog’och yoki boshqa bir yillik o’simliklar tarkibidagi polisaxarid-larni kislota ishtirokida suv bilan o’zaro ta’sirlanib oddiy qand hosil qilishiga gidroliz deyiladi. TSellyulozaning gidrolizlanish tezligi doimiy bir xil emas, ya’ni jarayon boshida tsellyuloza polimerlanish darajasi tez kamayib, so’ng jarayon oxirigacha gidroliz sunib borishi bilan amalga oshadi.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling