Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
yog‘li, bunda moy miqdori smolaga nisbatan 2—5 marta ko‘p bo‘ladi, ular elastik atmosfera ta’siriga chidamli parda qatlami hosil qiladi, ammo yomon jilvirlanadi, qurish vaqti 48 soat; ko‘proq ochiq havoda turadigan buyumlami pardozlashda foydalaniladi.
o‘rtacha yog‘li, bunda 1 hissa smolaga 1,25 dan 2 hissagacha moy to‘g‘ri keladi: ular bino ichida turadigan buyumlarni pardozlashda ishlatiladi; kam yog‘li, bunda 1 hissa smolaga 0,5 dan 1,25 hissagacha moy to‘g‘ri keladi. Bu xil loklar bino ichida turadigan buyumlar yuzasiga surtiladi. Ular hosil qilgan parda qatlamlar 36 soat ichida quriydi va yaxshi jilvirlanadi, chunki himoya qatlamining asosiy qismini smola tashkil etadi. Bunday parda qatlamlar xossalariga ko‘ra, sof smolaning o‘zidan olingan parda qatlamga yaqin turadi. Moyli loklar ishlatishga tayyor holda ishlab chiqariladi. Ulami juda oz miqdorda skipidar yoki uayt-spirit qo‘shib suyultirish mumkin. Bu loklar buyum yuzasiga spirtli loklarga qaraganda sekinroq yoyiladi, lekin 10 minut davomida tekis yoyilib ketishi lozim; bundan sekinroq yoyiladigan loklar sifatsiz hisoblanadi. Moyli bo‘yoqlar va emallarning qurish vaqti, ular hosil qiladigan parda qatlamning xossalari, asosan, moy bilan smola- ning turi hamda xossalariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Ular ichida eng yaxshisi zig‘ir moyi asosida tayyorlangan bo‘yoq va pentaftal loki asosida olingan emaldir. Moyli loklar, bo‘yoqlar va emallar yaqin vaqtlargacha sa- noatning turli tarmoqlarida, shujumladan, yog‘ochsozlik sanoatida juda ko‘p ishlatilar edi. Ammo keyingi vaqtlarda bu lok-bo‘yoq materiallar melamin-formaldegidli, karbamid-formaldegidli, alkid smolalari, poliuretan va to‘yinmagan poliefir smolalari asosidagi materiallar bilan siqib chiqarilmoqda. Shunday bo‘lsa ham moyli g‘ovakto‘ldirgichlar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qot- gani yo‘q. Chunki tarkibida to‘ldirgichi kam bo‘lgan moyli g‘o- vakto‘ldirgichlar yog‘och yuzasini boshqa materiallarga qara- ganda yaxshi to‘ldiradi, g‘ovaklar ichiga oson kiradi va namlashi tufayli yog‘och teksturasini berkitib qo‘ymaydi. Ulami shellak, nitroloklar va kislotali muhitda qotadigan loklar bilan pardozlanadigan yuzalarga qo‘llash mumkin. Moyli g‘ovak- to‘ldirgichlaming birdan bir kamchiligi — uzoq vaqt qurishidir (2 soat va undan ortiq) va parda hosil qiluvchi moddalarning tanqisligidir. Kelajakda sintetik parda hosil qiluvchi oligomer materiallar asosida g‘ovakto‘ldirgichlami ko‘plab ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi. Alkid smolalari asosida olingan lok-bo‘yoq materiallar. Alkid loklari hamda pigment qo‘shilgan lok-bo‘yoq materiallar olishda parda hosil qiluvchi modda vazifasini o‘taydigan alkid smolalari ko‘p atomli spirtlarning ko‘p asosli kislotalar (yoki ularning angidridlari) bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ular ko‘pincha o‘simlik moylari bilan modifikatsiya qilingan holda ishlatiladi. Bir asosli kislotalar va bir atomli spirtlar o‘zaro reaksiyaga kirishganda smolaga o‘xshash mahsulot — polimer yoki oligomer hosil qilmaydi. Masalan, sirka kislota bilan etil spirti o‘zaro reaksiyaga kirishganda past molekulali modda — etilasetat hosil bo‘ladi; u yengil uchuvchan suyuqlikdir. Yuqori molekular birikma hosil bo‘lishi uchun spirt va kislotalar kamida ikki funksional guruhga ega bo‘lishi kerak. Shundagina chiziqsimon strukturaga ega bo‘lgan polimer (termoplastik) hosil bo‘ladi. Agar spirt yoki kislotada uch va undan ortiq funksional guruh bo‘lsa, tarmoqlangan strukturali polimer olinadi. Keyinchalik ular ma’lum sharoit yaratilishi bilan fazoviy (to‘rsimon) holatga o‘tadi. Lok-bo‘yoq material sanoatida gliftal va pentaftal smolalari alohida o‘rin egallaydi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling