Yogoch material p65


Nitrosellulozali shpaklovkalarning tavsifi


Download 1.11 Mb.
bet23/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Nitrosellulozali shpaklovkalarning tavsifi

Ko‘rsatkichlar

HB-0038

HB-007

HB-008

Rangi

Oq yoki kulrang

Qizg‘ish- jigarrang



Qovushoqligi B3-1 bo‘yicha, s

50-100

50-120

50-110

Parda hosil qiluvchi modda miqdori, %

20

20

20

Quruq qoldiq miqdori, %

63

65

70

Qurish vaqti, 20°C soat

3

1

2,5


Polivinilasetat asosida olingan lok-bo‘yoq materiallar. Polivi- nilasetat vinil spirtining murakkab efirlari orasida muhim aha- miyatga ega bo‘lgan chiziqsimon tuzilishli amorf polimerdir. Uning umumiy formulas! quyidagicha:
~-CH2-CH -
O
I
O = C-CH3
nBA murakkab efirlarda, ketonlarda, aromatik va xlorli ugle- vodorodlarda hamda quyi spirtlarda yaxshi eriydi. U plastifika­torlar (ftalatlar, fosfatlar), nitroselluloza va ayrim fenol-formal- degid smolalar bilan qo‘shila oladi. Ammo o‘simlik moylari, karbamid, melamin-formaldegid smolalari, shuningdek, alkid smolalari bilan qo‘shila olmaydi. Zichligi 1,18—1,19 g/sm3, yumshash harorati 44—87°C.
nBA parda hosil qiluvchi modda sifatida, asosan, yog‘och, beton va suvalgan devorlami bo‘yash uchun ishlatiladigan suvli- emulsion bo‘yoqlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. U ko‘pincha emulsiya ko‘rinishida ishlab chiqarilib, polimer zarrachalarining suvdagi dispersiyasidan iboratdir. Uning tarkibida ham plastifi­kator, ham stabilizator bo‘ladi. Emulsiyadagi qattiq faza miqdori 48—52 % ni tashkil etadi.
nBAning yog‘ochga nisbatan adgeziyasi yaxshi, undan yog‘ochsozlik va mebelsozlikda yelim tayyorlashda keng foydala- niladi. Uning boshqa parda hosil qiluvchi moddalardan farqi shundaki, bunda polimer molekulalari u yoki bu organik erituvchida erigan bo‘lmay, balki suvda mayda zarrachalar holida tarqalgan bo‘ladi. Yuzalarga surtilgan bo‘yoqlardan suv molekulalari bug‘- lanib ketishi hisobiga polimer zarrachalari bir-biri bilan yopishib, parda qatlami hosil qiladi. ПВАт eritish uchun qimmat erituv- chilardan foydalanilmaydi, u yonmaydi, zaharli emas, bular uning afzalligidir.
Suvli-emulsion ПВА bo‘yoqlarining tarkibi boshqa bo‘yoqlar tarkibiga qaraganda murakkab, chunki unda pigment, to‘ldirgich- dan tashqari emulgator, stabilizator, dispergator, antiseptik va boshqa moddalar bo‘ladi.
Emulgator polimer dispersiyaning turg‘unligini, ya’ni poli- meming kichik zarrachalari bir-biri bilan oldindan yopishib qol- masligini ta’minlaydi. Emulgator sifatida sirti faol moddalar (ish- qoriy metallaming tuzlari, ОП-7 va ОП-10 (ГОСТ 8433-81) tipidagi yuqori molekular moddalar) ishlatiladi. Polimer-suv chegarasida adsorbsiyalangan ПВА molekulalari polimer zar- rachalarining bir-biriga yaqinlashishi va qo‘shilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Stabilizator o‘mida ham sirti faol moddalar (ПВА) ishlatilib, ular emulgatoming ta’sir etish doirasini oshiradi.
Dispergatorlar pigmentlaming ho‘llanishiga yordam beradi. Dispergatorlar o‘rnida natriyning fosforli tuzlari, polivinilspirt, kazein va boshqalar ishlatiladi. Antiseptiklar suvli bo‘yoqlarni biologik parchalanishdan himoya qilish uchun qo‘shiladi. Bunga misol qilib pentaxlorfenolat natriyni ko‘rsatish mumkin. Quyida polivinilasetat bo‘yog‘ining tarkibi va uning texnik tavsifi keltirilgan (massaga nisbatan % hisobida):

50 % li plastifikatsiya qilingan ПВА emulsiyasi

43,9

Pigmentlar va to‘ldirgichlar

38,1

Natriy nitrat (40 % li eritma)

0,5

Emulgator, stabilizator va boshqa qo‘shimchalar

2,1

Suv

15,4




Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling