Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet20/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Perxlorvinil lok-bo‘yoq materiallarining tarkibi. Perxlorvinil lok, gruntovka va shpaklovka tarkibiga 10—25 % li eritma ko‘rini- shida qo‘shiladigan IICX-JC va IICX-JII rusumli parda hosil qiluvchi smolalar, modifikatorlar, plastifikatorlar, pigmentlar va boshqa xil qo‘shimchalar kiradi. Perxlorvinil smola zichligi 1,47— 1,5 g/sm3 bo‘lgan oq-sarg‘ish tusli kukunsimon moddadir. Smola etil va butilasetatda, keton, xlorlangan alifatik va aromatik karbon vodorodlarda yaxshi eriydi. Ksilol va toluolda o‘rtacha qovushoqli smola yaxshigina bo‘kadi, quyi qovushoqligi esa darhol erib ketadi. Perxlorvinil smola plastifikatorlarda yaxshi bo‘kadi.
Smolaga qo‘shiladigan modifikator hosil bodadigan parda qatlamining yaltiroqligi, adgeziyasini oshirish, uchib chiquvchi moddalar miqdorini kamaytirish hisobigabo‘ladi. Odatda, qo‘shi- ladigan modifikator miqdori har bir 1 massa qism perxlorvinil smolaga 0,15—0,5 massa qismni tashkil etadi. Modifikator o‘mida tez quriydigan alkid smolalari № 135, nQ-077, Q-390 va kam- dan kam hollarda alkid-akril smolasi AC-4 ishlatiladi.
Plastifikator qoplamaning elastikligini oshirib, uning bug‘ o‘t- kazuvchanligini esa kamaytiradi. Undan 1 massa qism perxlorvinil smolaga 0,3—0,5 massa miqdorida qo‘shiladi. Eng ko‘p qo‘l- laniladigan plastifikatorlar qatoriga trikrezilfosfat (TKQ), dibu- tilftalat (fiBQ); xlorparafin Xn-70 va sovol (polixlordifenil) kiradi. Tarkibida xlor bo‘lgan plastifikator parda qatlamning yonuv- chanligini kamaytiradi va kimyoviy turg‘unligini oshiradi.
Lok-bo‘yoq materiallar tarkibiga qo‘shilgan pigmentlar o‘zi- ning asosiy vazifasidan tashqari (rang berish, yog‘in-sochinlar ta’siriga chidamliligini oshirish), issiqlik va yorug‘lik stabilizator- lari bo‘lib ham xizmat qiladi. Emallardagi pigment va to‘ldirgich miqdori 0,8—l,4 massa qism, gruntovkalarda 1,2—4 massa qism, shpaklovkalarda esa 5—8 massa qismni tashkil etadi.
Perxlorvinil lok-bo‘yoq materiallar tarkibiga kiradigan har xil qo‘shimcha moddalarga termostabilizatorlar (epoksidlashgan — soya va kungaboqar moylari), qurishni tezlatish uchun sikkativlar va qotirgichlar (poliizosianatlar, poliamidlar) kiradi. Ulaming miqdori har 1 massa qism perxlorvinil smola uchun 0,01—0,05 massa qismni tashkil etadi.
Perxlorvinil lok-bo‘yoq parda qatlamlarining xossalari. Per­xlorvinil lok-bo‘yoq materiallar normal haroratda 1—3 soat ichida quriydi. Ammo quriganidan keyin parda qatlam oralarida oz miqdorda bo‘lsa ham yuqori haroratda uchuvchi erituvchilar qolgan bo‘ladi. Shuning uchun parda qatlamning to‘liq qurishi va me’yordagi qattiqlikka erishishi uchun 5—7 kun qo‘shimcha vaqt kerakbo‘ladi. Lekin shuncha vaqtni kutmaslik uchun lok-bo‘yoq surkalgan buyumlar sun’iy ravishda quritiladi. Qurish harorati 60—80°C. Bunday sharoitda parda qatlam 1 soat ichida to‘liq qotadi, undagi erituvchilaming hammasi uchib ketadi. Lekin harorat 80°C dan oshsa, parda qatlam sarg‘ayib, qorayib ketadi va elastikligi yo‘qoladi.
Kam bug‘ o‘tkazuvchanlik, suv va atmosfera ta’siriga chidam- lilik perxlorvinil parda qatlamlaming o‘ziga xos xususiyatidir. Ular yog‘, spirtlar, alifatik karbonvodorodlar (benzin, uayt-spirit) ta’siriga ham chidamlidir. Perxlorvinil parda qatlamlarini mog‘or bosmaydi, ular olov ta’siriga chidamlidir. Bunday bo‘yoqlar yog‘och va metalldan ishlangan buyum va konstruksiyalarni bo‘yashda ishlatiladi. Ular yog‘och yuzasiga, asosan, pnevmo- purkagichlarda, havosiz yoki yuqori kuchlanishli elektr maydo- nida purkaladi.
Selluloza eflrlari asosidagi lok-bo‘yoq materiallar. Pardozlovchi tarkiblar tayyorlashda parda hosil qiluvchi modda sifatida nitro- sellulozajuda ko‘p ishlatiladi. U yog‘och va paxta sellulozasiga sulfat va nitrat kislotalar aralashmasi bilan ishlov berilgan reaksiya mah- sulidir. Sellulozaning nitratlari (efirlari) tarkibidagi azot miqdoriga qarab kolloksilinga (azot miqdori 10—12,5 %) va piroksilinga (azot miqdori 12,5—13,9 %) bo‘linadi. Har xil gruntovkalar, loklar, emallar, selluloid, kinoplyonkalar ishlab chiqarishda kolloksilin ishlatiladi. Sellulozani nitrolash darajasi va ishlov berish usullariga qarab kolloksilinning xossalari, masalan, eritmalaming qovushoq­ligi har xil bo‘lishi mumkin. Odatda, lokli kolloksilin asetondagi 2 % li eritmasining Engler viskozimetri bo‘yicha aniqlanadigan qovushoqlik qiymatlariga qarab, quyidagi turlargabo‘linadi:

Ko‘rsatkichlar

Qovushoqlik, °E bo‘yicha

Qovushoqligi yuqori (BB)

l,9—2,2

Qovushoqligi o‘rtacha (CB)

1,31-1,89

Qovushoqligi past (HB)

1,11-1,30

Qovushoqligi juda past (BHB)

1,03-1,10

Yarim sekund davomidagi qovushoqligi (nCB)

0,98-1,02

Spirtda erishdagi o‘rtacha qovushoqligi (CHCB)

sharcha usuli bo‘yicha 60-100 s


Kolloksilin eritmasining qovushoqligi qancha yuqori bo‘lsa, lokda parda hosil qiluvchi moddaning foiz miqdori shuncha kam bo‘ladi, chunki kolloksilin eritmasini ish qovushoqligigacha suyultirish uchun qo‘shimcha miqdorda erituvchi modda qo‘shiladi; aksincha kolloksilin eritmasining qovushoqligi qancha past bo‘lsa, eritmada parda hosil qiluvchi moddaning foiz miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi. Kolloksilin asosida lok-bo‘yoq tarkiblar tayyorlash uchun qovushoqligi past kolloksilinlar ko‘proq (nCB, ClICB) ishlatiladi.
Kolloksilin ketonlarda, sirka kislotaning murakkab efirlarida, metil spirtda eriydi. U qattiq, ammo mo‘rt parda qavati hosil qiladi; bundan tashqari, parda qatlamning yog‘ochga nisbatan adgeziyasi past bo‘ladi va atmosfera ta’sirlariga chidamli emas. Shuning uchun kolloksilin asosli lok-bo‘yoq tarkiblariga smolalar (gliftal, pen- taftal, kanifol va boshq.) va plastifikatorlar (kanakunjut moyi, dibutilftalat, trikrezilfosfat) qo‘shiladi. Kolloksilin nitroloklar, nitroemallar, nitrogrunt, nitroshpaklovka va boshqalar tayyorlashda asosiy xomashyodir.
Nitrosellulozali loklar. Nitroloklar lok kolloksilini, smola va plastifikatorlar aralashmasining uchuvchan organik erituvchi hamda suyultirgichlardagi eritmasidir. Bu yerda lok tarkibidagi smola uning quruq qoldiq miqdorini, adgeziyasini va parda qatlam yaltiroqligini oshirish uchun xizmat qiladi. Plastifikator parda qatlam mo‘rtligini kamaytiradi. Uchuvchan qismlar kolloksilinni erituvchilardan (etilasetat, butilasetat) va eritma suyultiruvchi- lardan (ksilol, benzol, toluol) tashkil topadi.
Har xil markali nitroloklaming tarkibiy qismlari keng chegarada o‘zgarib turishi mumkin, masalan, (massasiga nisbatan % hiso- bida): nitroselluloza 4—20; smolalar 5—8; plastifikatorlar 1—12; erituvchilar 18—36; suyultiruvchilar 72—24.
Nitroloklaming qurishi sof fizik jarayon bo‘lib, bunda qattiq parda qatlam lok surkalgan yuzadan erituvchi va suyultiruvchilami uchib, bug‘lanib ketishi hisobiga hosilbo‘ladi. 2-jadvalda nitrolok­laming tavsifi keltirilgan. Nitroloklaming bir necha turli rusumlari mavjud bo‘lib, mebel buyumlarini pardozlashda ulardan, asosan, quyidagilar ko‘p ishlatiladi (ГОСТ 4976-83).
2-jadval

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling