Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet18/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

6-rasm. Lok parda qatlamlarining molekular tuzilishi:
a—globular; ¿—chiziqli polimer; d—to‘rsimon makromolekulali.
qiladi. Ko‘pchilik hollarda ulaming yog‘ochga nisbatan adgeziyasi yuqori bo‘lmaydi. Chiziqli polimerlaming fizik-mexanik xossa- lari, masalan, elastikligi, yedirishga bo‘lgan qarshiligi, issiqqa chidamliligi quyi molekulali polimerlardan tayyorlangan loklarga qaraganda ancha yuqori. Bu chiziqli molekulalaming bir-biri bilan qo‘shilib ketishi va ulaming zichjoylanishi bilan tushuntiriladi.
Eng yuqori kohsatkichlar tohsimon tuzilishli parda qatlam- larida namoyon bo‘ladi. Ular poliefir, epoksid, moyli va boshqa loklar asosida olinadi. Odatda, bunday parda qatlamlaming ad­geziyasi yog‘ochga yaxshi.
Tohsimon tuzilishli makromolekulalarda zanjirlar orasidagi ko‘ndalang bog‘lar parda qatlamlarga kerakli fizik-mexanik xos- salami (qattiqlik, suvga chidamlilik) beradi va ular boshqa mo­lekular tuzilishga ega bo‘lgan parda qatlamlaming shunday ko‘r- satkichlaridan yuqori turadi.
Fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan polimerlar kam deformatsiya- lanadi va ular mo‘rt parda qatlam hosil qiladi. Masalan, modifika- tsiya qilinmagan fenol-formaldegidli, karbamid-formaldegidli smolalami kohsatish mumkin. Moyli parda qatlamlaming elas- tikligini fazoviy molekulalarda ko‘ndalang bog‘laming nisbatan kam bo‘lishi bilan izohlash mumkin.
Barcha parda hosil qiluvchilar va ular asosida olinadigan pardozlash materiallari ikki guruhga ajratiladi.
1. Kimyoviy o‘zgarmas (termoplastik) parda hosil qiluvchilar asosidagi pardozlash materiallari.
2. Kimyoviy o‘zgaruvchan (termoreaktiv) parda hosil qiluvchi moddalar asosidagi pardozlash materiallari.
Birinchi guruhga tabiiy smolalar, sintetik termoplastik poli- merlar, selluloza efirlari va boshqalar asosidagi barcha pardozlash materiallari kiradi. Bu guruh materiallar uchun umumiy narsa — erituvchining uchib ketishi (yoki suyuqlanmaning sovishi) nati- jasida parda hosil bo‘lishidir, bunda molekulalarda hech qanday kimyoviy o‘zgarish ro‘y bermaydi.
Ikkinchi guruhga reaksion sintetik oligomerlar va quriydigan moylar asosida olinadigan pardozlash materiallari kiradi. Bunda parda qatlam hosil bo‘lishi, asosan, buyum ustida bevosita ro‘y beradigan polimerlanish yoki polikondensatlanish (yoki sopo- limerlanish) reaksiyalari natijasida amalga oshadi. Ammo shuni aytish kerakki, bunday boTinish shartlidir, chunki ko‘pchilik lok-bo‘yoq materiallar har ikkala guruhga mansub bo‘lgan parda hosil qiluvchi moddalardan tashkil topgan murakkab tarkibli kompozitsion material bo‘lishi mumkin.
14. Kimyoviy o‘zgarmas parda hosil qiluvchi moddalar
asosida olingan lok-bo‘yoq materiallar

Termoplastik polimerlar asosida olingan lok-bo‘yoq ma- teriallarning ulushi, yalpi ishlab chiqarilayotgan lok-bo‘yoq mahsulotlarining atigi 3,9—4 % ini tashkil qiladi. Eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan lok-bo‘yoq material qo‘shimcha ravishda xlorlan- gan polivinilxlorid — perxlorvinil smolasi bo‘lib, u ishlab chiqa­rilayotgan mahsulot miqdorining 53—60 % ini tashkil etadi. Vinilxloridning sopolimerlari asosida olinayotgan materiallar 21—22 %, polivinilasetatlar asosida olingan materiallar 11—16 %, poliakrilatlar asosida olinganlari esa 7—9 % ni tashkil etadi.
Perxlorvinil va uning asosida olingan lok-bo‘yoq materiallar. Prexlorvinil polimeri haqida gapirishdan awal polivinilxlorid (nBX) ustida biroz fikr yuritamiz. nBX eng ko‘p tarqalgan polimerdir. U vinilxloridni polimerlab olinadi. Vinilxlorid normal sharoitda gazsimon modda — 13°C da suyuqlanadi. Uning polimeri nBX (—CH2—CH—)n oq kukunsimon moddadir.
Cl
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda polivinilxlorid eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan polimerlardan biridir.
Polivinilxlorid atmosfera yog‘in-sochinlari ta’siriga chidamli, kimyoviy turg‘un, mexanik jihatdan mustahkam materialdir. Shu bilan birga, u lok olishda ishlatiladigan erituvchilarda yomon eriydi va har xil yuzalarga nisbatan bo‘lgan adgeziyasi juda yomon. Agar polivinilxlorid molekulasi tarkibiga qo‘shimcha xlor atomi kiritilsa, eruvchanligi ortadi. Bunda xlor atomi bo‘lmagan karbon atomlari xlorlanadi:

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling