Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
A sinf — chiziqsimon tuzilgan polimerlar. Chiziqsimon polimerlar to‘g‘ri zanjirli (5-rasm, a) va tarmoqlangan zanjirli (5-rasm, b) polimer bo‘lishi mumkin. Chiziqsimon polimerlarda to‘g‘ri zanjir- lar orasida ko‘ndalang kimyoviy bog‘lar bo‘lmaydi.
5-rasm. Polimer molekulasi zanjirining sxematik ifodalanishi: a—to‘g‘ri zanjirli; ¿—tarmoqlangan zanjirli; d—to‘rsimon zanjirli. B sinf — loTsimon tuzilgan, ya’ni uch o‘lchamli polimerlar. Bunday polimerlar chiziqsimon tuzilgan molekulalaming kimyoviy bog‘lar bilan o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Uch o‘lchamli polimerlar molekulalarining tuzilishi (5-rasm, d) da ifodalangan. Polimerlar fazoviy tuzilishiga qarab biri-biridan xossalari bo‘yicha tubdan farq qiladi. Chiziqsimon polimerlar qizdirilganda avval yumshab, keyin asta-sekin qovushoq-oquvchan suyuqlikka aylanadi, bunda ularning chiziqsimon tuzilishi o‘zgarmaydi. Chiziqsimon polimerlar ma’lum erituvchilarda erish va plas- tifikatsiyalanish xususiyatiga ega; bunda erituvchi yoki plastifikator molekulalari polimer molekulalari orasiga kirib, ular ora- sidagi masofani kengaytiradi va molekulalaming o‘zaro tortishuv kuchini zaiflashtiradi. Bunday xossaga ega bo‘lgan polimerlar termoplastik polimerlar deb ataladi. Bunga misol qilib, novolak polimeri, polietilen, polistirol, polivinilxlorid va selluloza efirlarini ko‘rsatish mumkin. To‘rsimon tuzilishli polimerlar chiziqsimon polimerlardan farqli o‘laroq, qizdirilganda yumshamaydi, balki suyuqlanmay- digan va erimaydigan holatga o‘tadi, ya’ni polimer o‘zining dast- labki xossalarini yo‘qotadi. Bunday xossaga ega bo‘lgan polimerlar termoreaktiv polimerlar deb ataladi. Masalan, melamin- formaldegidli, karbamid-formaldegidli polimerlar va to‘yinmagan poliefirlar shular jumlasidandir. Termoplastik polimerlar amorf va kristall holatda bo‘ladi. Amorf polimerlar makromolekulalaming tartibsizjoylashishi bilan ajralib turadi. Kristall polimerlarda esa makromolekulalar tartib bilan, bir-biriga nisbatanjuda zichjoylashgan bo‘ladiki, yaqin masofadan turib bir-biriga ta’sir qilayotgan molekulalararo o‘zaro ta’sir etuvchi kuchlar ulami mustahkam bog‘lab turadi. Kristall polimerlar bikir va boshqa materiallarga nisbatan kam adgeziyaga ega. Ko‘pchilik parda hosil qiluvchi moddalar — amorf polimer- lardir. Ammo sof kristall yoki amorf polimerlar bodmaydi. Odatda, kristall polimerlar ichida amorf tuzilishli bo‘g‘inlar, amorf polimerlarda esa oz bo‘lsa ham molekula zanjirlari tartib bilan joylashgan ayrim kristall tuzilishli bo‘g‘inlar bo‘ladi. To‘rsimon tuzilishli makromolekulalarda chiziqli zanjirlarni bir-biri bilan ko‘ndalang bog‘lab turish uchun kam yoki tez-tez qaytariladigan ko‘ndalang bog‘lar bo‘ladi. Shuning uchun to‘r- simon polimerlar kamharakat bo‘ladi, ko‘ndalang bog‘lar qan- chalik tez takrorlansa, polimer molekulalarining harakati shun- chalik sekin bo‘ladi. Molekulasi tohsimon tuzilishga ega bo‘lgan polimerlarning elastikligi kam bo‘ladi, ammo ulaming mustah- kamligi, qattiqligi, mexanik ta’sirlarga chidamliligi yuqoridir. Ular issiqlik ta’siridan erimaydi va suyuqlanmaydi. Molekulalarining tuzilishi chiziqli yoki tarmoqlangan oligomer hamda yuqori molekulali parda hosil qiluvchilar yuzaga eritma yoki suyuqlanma ko‘rinishida surkaladi. Bunda parda qatlam erituvchining uchib ketishi yoki suyuqlanmaning sovishi hisobiga hosil bo‘ladi. Molekulasiga ko‘ra, fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan parda hosil qiluvchilar — erimaydigan va suyuqlanmaydigan qattiq moddalardir. Shuning uchun bunday tuzilishli parda qatlamlar to‘g‘ridan to‘g‘ri pardozlanadigan yuzani o‘zida molekula tuzilishi fazoviy bo‘lgan polimerlarga kimyoviy reaksiya orqali o‘tkaziladi. Bunda chiziqli molekulalar kimyoviy o‘zgarish natijasida «to‘- qilgan» ko‘ndalang bog‘li materialga aylanadi. Parda hosil qiluvchi moddalaming tuzilishi olinadigan parda qatlamning xossalariga sezilarli ta’sir qiladi. Parda hosil qiluvchi moddalaming turiga qarab olingan parda qatlam uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: globular, chiziqli va fazoviy (to‘rsimon) tuzilishli. 6-rasmda lok parda qatlamlarining molekular tuzilish chizmasi keltirilgan. Ko‘p sonli molekulalardan iborat globular tuzilishli parda qatlamlar tabiiy smolalar (shellak, sandarak, kanifol va uning hosi- lalari) hamda kimyoviy o‘zgarmas oligomer loklari asosida hosil bo‘ladi. Bunday parda qatlamlar yog‘ochga nisbatan yaxshi yopi- shadi, ammo yediruvchi kuchlarga kam qarshilik ko‘rsatadi. Bu narsa molekulalararo o‘zaro tortishuv kuchlarining zaifligi bilan tu- shuntiriladi. Ular elastik bo‘lmas- dan, ko‘pchilik hollarda suv, issiqlik va atmosfera yo‘g‘in-sochinlari ta’siriga chidamsizdir. Selluloza efirlari va ko‘pgina kimyoviy o‘zgarmas polimerlar (perxlorvinil, poliakrilnitril, polivi- nilasetat va chiziqsimon tuzilishga ega bo‘lgan parda qatlamlar) hosil Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling