Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- PARDA HOSIL QILUVCHI MODDALAR VA ULAR ASOSIDA OLINGAN PARDOZLASH
- Parda hosil qiluvchi moddalarning molekular tuzilishi va ularning parda qatlamiga ta’siri
? Nazorat savollari
Yog‘och (mebel-buyum) materiallami pardozlash uchun ishla- tiladigan loklarni termoplastik va termoreaktiv xususiyatga ega- ligini izohlab bering. Lok-bo‘yoq materiallar vazifasiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi? Lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga kiruvchi moddalami sanab ko‘r- sating va qisqacha tavsif bering. Plastifikatorlar nima va ular lok-bo‘yoq tarkibiga qanday maqsadda qo‘shiladi? Parda qatlamini qotiruvchi sistemalarga qanday moddalar kiradi? Ingibitor nima va u qancha miqdorda, nima uchun qo‘shiladi? Ill bob. PARDA HOSIL QILUVCHI MODDALAR VA ULAR ASOSIDA OLINGAN PARDOZLASH MATERIALLARI Yog‘ochni bo‘yash uchun ishlatiladigan lok-bo‘yoq materiallarga nisbatan qo‘yiladigan talablar Yog‘ochni bo‘yash uchun ishlatiladigan lok-bo‘yoq materiallarga, shu jumladan, gruntovka, shpatlovka yoki g‘ovak to‘l- dirgichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: surkalgan yuzada tez qotishi (qurishi); qotganida hajmi ko‘p kirishmasligi; ish qovushqoqligida quruq qoldiq miqdori mumkin qadar yuqori bo‘lishi, ya’ni tarkibida uchib ketuvchi moddalar miqdori mumkin qadar kam bo‘lishi; yog‘ochlarga nisbatan ularning adgeziyasi (yopishuvchanligi) yaxshi bo‘lishi; hosil bo‘lgan parda qatlamlar yetarli darajada issiq-sovuqqa chidamli bo‘lishi lozim. Bu umumiy talablardan tashqari, har bir materialga ishlatiladigan joyiga qarab maxsus talablar qo‘yiladi. Masalan, za- mazkalar yaxshi surkalishi, qurigandan keyin jilvirlanishi kerak. G‘ovak to‘ldirgichlar va gruntovkalar esa shaffof parda qatlamlar olishda yog‘och teksturasini berkitmasligi va g‘ovaklar orasida oson shimilishi lozim. Bulardan tashqari, lok-bo‘yoqlar pardozlanuvchi yuzada tez yoyilishi va qotganidan keyin yorug‘lik hamda qo‘llaniladiganjoyiga qarab tashqi muhit ta’siriga chidamli bo‘lgan parda qatlam hosil qilishi zarur. Pigment qo‘shilgan bo‘yoqlaming himoya xossalari pigment qo‘shilmagan parda hosil qiluvchi moddalar xossasidan yuqori bo‘ladi. Anorganik pigmentlar qattiqlik, nam o‘tkazmaslik, atmosfera ta’sirlariga bo‘lgan chidamlilikm oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ammo lok-bo‘yoqlar xossalarini belgilashda, asosan, parda hosil qiluvchi moddalaming xossalari, birinchi navbatda, ulaming molekular tuzilishi, kimyoviy tarkibi va molekulalaming katta- kichikligi muhim rol o‘ynaydi. Parda hosil qiluvchi moddalarning molekular tuzilishi va ularning parda qatlamiga ta’siri Tabiiy va sintetik smolalar, qotuvchi moylar, sellulozaning efirlari (nitroselluloza) oqsil moddalar yog‘och buyumlarni par- dozlashda parda hosil qiluvchi moddalar sifatida ishlatiladi. Bu- laming hammasi dastlabki holatda yo polimerli materiallar, yoki surkalgandan keyin parda qatlam hosil bo‘lish jarayonida poli- merlarga aylanadigan birikmalardir. Polimerlar yuqori molekular moddalar bo‘lib, ulaming makromolekulalarijuda ko‘p marta takrorlanuvchi kichik molekulalar — elementar bo‘g‘inlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan. Polimer molekulasidagi takrorlanuvchi bo‘g‘inlar soni poli- merlanish darajasini bildiradi. Polimerlaming molekulalarida quyi molekulali birikmalaming molekulasiga qarama-qarshi o‘laroq, minglab atomlar bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Shuning uchun ulaming molekular massasijuda kattabo‘ladi. Masalan, suv, ishqor, kislota, tuzlar va oddiy uglevodorodlarning molekular massasi 100 atrofida bo‘lsa, polimerlaming molekular massasi bir necha o‘n mingdan bir necha yuz minggacha yetadi. Polimerlaming xossalari molekulalaming massasiga ko‘p ji- hatdan bog‘liq bodgani uchun, polimerlar kimyosida ularni shartli ravishda ikkiga bo‘lish qabul qilingan. 1. Molekular massasi 5000 va undan yuqori bo‘lgan birikmalar. 2. Molekular massasi 500—5000 gacha bo‘lgan birikmalar. Ikkinchi guruh polimerlari yuqori molekular birikmalar — polimerlardan farq qilish uchun oligomerlar deb ataladi. Odatda, oligomerlar, polimerlarga qaraganda reaksiyaga faol kirishadi, oson eriydi va suyuladi, kam qovushoqli eritmalar hosil qiladi. Bu xossalar muhim texnologik ahamiyatga ega bodib, oligomerlardan kerak bo‘lganda istalgan konsentratsiyali eritmalar tayyorlashda foydalaniladi va ular yuza bo‘ylab oson yoyiladi. Polimerlaming kimyoviy reaksiyalarda faolligi past, eruvchan- ligi yomon, biror erituvchida eriganda oligomer eritmalariga qaraganda quyuq eritma hosil qiladi. Lekin polimerlaming fizik- mexanik xossalari (qattiqlik, suv va bug‘ o‘tkazmaslik), odatda, oligomerlarga qaraganda ancha yuqori. Molekular massasi unchalik yuqori bo‘lmagan materiallar (oligomerlar) parda hosil qiluvchi moddalar sifatida keng ishlati- ladi. Oligomer moddalar parda qatlam hosil bo‘lishi jarayonida polimerlanish jarayonining davom etishi natijasida yuqori fizik- mexanik xossalarga ega bo‘lgan polimerlarga aylanadi. Amalda hozirgi vaqtda parda hosil qiluvchi moddalar ichida oligomerlar ko‘p ishlatilmoqda (chizmaga qarang). Ular qatoriga ko‘pgina tabiiy smolalar, modifikatsiya qilingan moylar alkid, mochevina va fenol-formaldegidli, epoksidli, to‘yinmagan po- liefirlar va boshqa sintetik smolalar kiradi. Yuqorida nomlari keltirgan kimyoviy o‘zgarmas oligomerlar unchalik yuqori molekular massaga ega emas, amalda ular qattiq parda qatlami hosil qilganda ham molekular massasi o‘zgarmay qolaveradi. Ulaming o‘rtacha molekular massasi 300—1000 orasida bo‘lib, ular erituvchilarda oson eriydi, qizdirilganda suyuqlanadi va kam qovushoqli eritmalar hosil qiladi. Ular hosil qilgan suyuqlanma sovishi natijasida yoki eritmalarida uchuvchi modda- lar uchib ketganda shishasimon, ya’ni amorf tuzilishli parda qatlam hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan parda qatlamlardagi molekulalar vodorod bog‘lar orqali o‘zaro bog‘lanadi. Vodorod bog‘larining energiyasi unchalik yuqori emas (4—8 kkal/mol)2. Shuning uchun quyi molekulali parda hosil qiluvchi moddalaming biror yuzada hosil qilgan parda qatlamlari ham yuqori fizik-mexanik xossaga ega bo‘lmaydi. Ular suv ta’siriga chidamsiz, cho‘zuvchi va yediruvchi kuchlarga nisbatan qarshiligi past. Hozirgi vaqtda yog‘och va boshqa materiallami pardozlash texnologiyasida buyum yuzasida ma’lum sharoit yaratilganda yuqori molekulali birikma holatiga (polimerga) aylanadigan oligomerlar borgan sari ko‘plab ishlatilmoqda. Bunday «kimyoviy o‘zga- ruvchan» parda hosil qiluvchi moddalarga modifikatsiya qilingan moylar, alkid va mochevina-formaldegid, epoksid, to‘yinmagan poliefirlar, poliuretan va ayrim fenolformaldegid smolalarni ko‘rsatish mumkin. Parda hosil qiluvchi moddalaming shunday vakillari borki, ular yuqori molekular massaga ega bo‘lishiga qaramay, o‘zining erish va suyuqlanish xususiyatini yo‘qotmaydi (selluloza efirlari, polivinixlorid va polivinilasetat smolalari, oqsil va boshq.). Ular hosil qilgan parda qatlamining fizik-mexanik xossalari «kimyoviy o‘zgarmas» oligomer parda hosil qiluvchilardan ustun turadi. Le- kin ulaming yuqori qovushoqli eritmalari foydalanishjarayonida ayrim qiyinchiliklarni vujudga keltiradi; ulami faqat past kon- sentratsiyali eritma holida ishlatish zarur; erituvchi ko‘p sarfbo‘- ladi va parda qatlam yupqa chiqadi. Bunday noqulaylikdan qutu- lish uchun pardozlash materiallari dispersiya ko‘rinishida, tayyor plyonka yoki boshqa oligomer parda hosil qiluvchilar bilan ara- lashtirilgan holda ishlatiladi. Shunday qilib, ko‘pchilik hollarda yog‘och materiallar yuzasiga qoplangan parda qatlam polimer plyonkasidan iborat bo‘ladi. Ular- ning xossasiga polimer moleku- lasining kimyoviy tarkibi va katta- kichikligidan tashqari, moleku- lalarining tuzilishi ham ta’sir ko‘r- satadi. Polimerlar molekulasining tu- zilishiga ko‘ra, ikki asosiy sinfga bo‘linadi: Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling