Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stirol sopolimerlari asosida olingan materiallar.
- 15. Kimyoviy o‘zgaruvchan parda hosil qiluvchi oligomerlar asosida olingan lok-bo‘yoq materiallar
Asosiy ko‘rsatkichlari
Polivinilasetat bo‘yoqlarining issiq va sovuqqa bardosh bera olmaslilklari va parda qatlamlarining suv (nam) o‘tkazishi ular- ning kamchiligi hisoblanadi. Yog‘ochni pardozlash uchun polivinilasetat emulsiyasi asosida gruntovkalar (masalan, nM-1 gruntovkasi (TY 13-08-4-77) hamtayyorlanadi). Bunda modifikatsiya sifatida uayt-spirit, ksilol va On-10 qo‘shilgan kanifol hamda suyuq shisha ishlatiladi. Ular- ning qovushoqligi suv qo‘shib rostlab turiladi. Tampon bilan surtilganda ish qovushoqlik B3-4 viskozimetri bo‘yicha 40—50 s, pnevmatik usulda purkalganda esa 28—30 s.ni tashkil qiladi. Quyida nM-1 gruntovkasining tarkibi (massa qism hisobida) keltirilgan:
Polivinilasetat bo‘yog‘iga o‘xshab, bu gruntovkaning yog‘ochga nisbatan adgeziyasi yaxshi, ammo issiqqa chidamliligi past. Stirol sopolimerlari asosida olingan materiallar. Polimerlanish reaksiyasi asosidajuda ko‘p sonli polimerlar olinganki, ular o‘zi- ning bitta xossasi, u ham bo‘lsa, yomon eruvchanligi tufayli lok- bo‘yoq sanoatida cheklangan miqdorda ishlatiladi. Ayrim monomerlar o‘ziga o‘xshagan to‘yinmagan birikmalar bilan sopolimerlanib, kompleks xossalarga egabo‘lgan sopolimerlar hosil qiladi, vaholanki, ulaming gomopolimerlari qator kamchi- liklarga ega. Shunday gomopolimerlardan biri stirolning polimerlanish mahsuli — polistiroldir. Polistirol plastmassalar olishdajuda ko‘p ishlatiladi. Ammo parda hosil qiluvchi modda sifatida ishlatilmaydi, chunki uning materiallarga nisbatan adgeziyasi juda yomon va mo‘rt parda qatlami hosil qiladi. Shuning uchun lok-bo‘yoq sanoatida stirolning boshqa monomerlar bilan bergan sopolimerlaridan keng foydalaniladi. Stirol polimerlanish va sopolimerlanish reaksiyalariga juda oson kirishadi va qimmatli texnik xossalarga ega bo‘lgan mah- sulotlar hosil qiladi. Stirol CU, — CU rangsiz suyuqlik bo‘lib, u 145°C da qaynaydi, 2 I C6HS zichligi 906 kg/m3. Stirol gomopolimerlari aromatik va xlorlangan karbon-vodo- rodlarda, murakkab efirlarda eriydi. U yaxshi elektr izolatsion xossaga ega. Tarkibida bir necha qo‘sh bog‘lari bo‘lgan birikmalar bilan sopolimerlanganda yuqorida aytilgan kamchiliklardan xoli bo‘lgan sopolimerlar olinadi. Texnikada stirolning o‘simlik moylari (moy-stirollik smolalar) va alkid smolalari (alkid-stirolli smolalar) bilan hosil qilgan sopolimerlaridan keng foydalaniladi. Moy-stirolli smolalar yaltiroq parda qatlami hosil qiladi va yog‘larga nisbatan tez quriydigan bo‘ladi. Undan, asosan, matbaa bo‘yoqlari tayyorlanadi. Alkid-stirolli smolalar aromatik va to‘yingan karbonvodo- rodlarda (skipidar, uayt-spirit) eriydi. Stirol miqdoriga qarab, ular har xil xossalarga ega bo‘ladi. Stirol miqdori ortib borishi bilan qurish tezligi va parda qatlamlaming suvga chidamliligi ham oshadi. Tarkibida 10 % stirol bo‘lgan smolalar xona ichida buyumlami bo‘yash uchun ishlatilsa, 30 % dan ortiq stirolga ega bo‘lgan smolalar bilan tashqi muhit sharoitida ishlatiladigan buyumlarga pardoz beriladi. Ular asosida tayyorlangan ish qovushoqligidagi lok va emallarning quruq qoldiq miqdori ko‘p (40 % gacha), 18— 22°C haroratda bir necha soat ichida qotib, qattiq suvga chidamli parda qatlam hosil qiladi. MC-226 alkid-stirolli (TY 6-10-99370) emal bunga misoldir. Stirolni butadiyen bilan hosil qilgan sopolimerlaridan suvli emulsión bo‘yoqlar ishlab chiqariladi. Bularda quruq qoldiq miqdori 50 % dan ko‘p bo‘ladi, ular 18—22°C da, 6—7 soat ichida quriydi va kimyoviy reagentlar hamda yediruvchi kuchlar ta’siriga chidamli bo‘lgan parda qatlamlar hosil qiladi. Parda qatlamni tashqi muhit ta’sirlariga chidamliligini oshirish maqsadida stirolning butadiyen bilan hosil qilgan sopolimeri tarkibiga alkilfenol smolasidan ozgina qo‘shib yuboriladi. 15. Kimyoviy o‘zgaruvchan parda hosil qiluvchi oligomerlar asosida olingan lok-bo‘yoq materiallar O‘simlik moylari va alif moylar. Moylar tabiiy parda hosil qiluvchi moddalar guruhiga kirib, ular uy sharoitida «qurish», ya’ni fazoviy tuzilishga o‘tish xususiyatiga ega bo‘lib, lok-bo‘yoq sa- noatida qo‘llaniladi. Tabiiy parda hosil qiluvchi ushbu moddalar har xil o‘simliklaming urug‘ va mevalaridan siqib olinadi. Lok- bo‘yoq sanoatida ishlatilayotgan o‘simlik moylarining ayrimlari oziq-ovqat uchun ishlatiladigan moylarga (kungaboqar, soya, paxta moyi va boshq.), qolganlari (kanakunjut, tung, zig‘ir moyi va boshq.) esa texnik ahamiyatga egadir. Lok-bo‘yoq sanoatida o‘simlik moylarini ishlatish keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Texnikada o‘simlik moylaridan, umuman, foydalanilmay qo‘yildi. O‘simlik moylari quriydigan, chala quriydigan va qurimaydigan moylarga bo‘linadi. Quriydigan o‘simlik moyi deb, xona haroratida kislorod bilan oksidlanib, qattiq va elastik parda hosil qiladigan moylarga aytiladi. Zig‘ir, nasha, tung moylari shular jumlasidandir. Chala quriydigan moylar nisbatan sekin qurishi va hosil boTgan parda qatlamning issiqlikdan yumshashi hamda turli erituvchilarda tez erishi bilan farq qiladi. Chala quriydigan moylarga kungaboqar, soya, jo‘xori moylari kiradi. Bular oziq-ovqat moylaridir. Qurimaydigan moylarga paxta va kanakunjut moyi misol boTadi. Zarur bo‘lganda sikkativ qo‘shib, ularni quriydigan holga keltirish mumkin. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra, o‘simlik moylari, asosan, glitserin bilan yog‘ kislotalarining murakkab efiridir. O‘simlik moylarida uchraydigan yog‘ kislotalari to‘yingan va to‘yinmagan bo‘ladi. Molekulasida to‘yinmagan qo‘shbog‘li uglerod atomlari — CH=CH— bo‘lgan kislotalar to‘yinmagan kislotalar deb ataladi. Moylar tarkibida to‘yinmagan kislotalaming bo‘lishi ularga «qu- rish» xususiyatini beradi, aniqroq qilib aytganda havodagi kislo- rod qo‘shbog‘li uglerod atomiga yutiladi va to‘rsimon tuzilishli molekulaga aylanadi, ya’ni qotish ro‘y beradi. Qurishjarayonini quyidagicha ifodalash mumkin: R—CH=CH—R' R—CH—CH—R' I I + 02 ^ 0 0 R—CH=CH—R' R—CH—CH—R' Quriydigan moylar tarkibida qo‘shbog‘lar soni 2—3 ta, chala quriydiganida 1—2 ta, qurimaydigan moylarda esa faqat bitta qo‘shbog‘lar bo‘ladi, xolos. Tabiiy (xom) moylaming xona haroratida qurishi juda sekin boradi. Masalan, xom zig‘ir moyi qurishi uchun 3—7 sutka vaqt talab etiladi va bundan tashqari, uning qattiqligi va yaltiroqligijuda past. Quriydigan moylaming bu xossasini qizdirish va sikkativlar qo‘shish bilan birmuncha yaxshilash mumkin. Moylar 200°C va undan yuqori haroratda uzoq vaqt qizdi- rilsa, ulaming qovushoqligi oshadi, ya’ni polimerlanadi. Bunday ishlovdan o‘tgan moylar tez quriydi, ular hosil qilgan parda qatlami ishlov berilmagan moy parda qatlamidan qattiq va yaltiroq bo‘ladi. Moylar havosiz joyda qizdirilganda ham ulaming xossalarida sezilarli o‘zgarish ro‘y beradi. Qizdirilgan vaqtda moyning poli- merlanishi quyidagi sxema bo‘yicha ifodalanadi: R — CH — CH — R' \ \ R — CH — CH — R' R — CH = CH — R ' + 200 + 300oC R — CH = CH — R ' Moylaming qotish vaqtini kamaytirish uchun ulaming tar- kibiga ayrim metallaming (kobalt, qo‘rg‘oshin, marganes) birik- malarini qo‘shish mumkin. Ular qotishjarayoniga katalitik ta’sir ko‘rsatadi. Har bir metallning moy tarkibida bo‘ladigan optimal miqdori bo‘ladi, shu miqdorga yetganda u kuchli katalitik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, bu miqdor (% hisobida) marganes uchun 0,12, kobalt uchun 0,13, qo‘rg‘oshin uchun 0,45, rux uchun 0,15 ga teng. Birgalikda olingan ikki yoki uch metallning katalitik ta’siri, alohida olingan har bir metallning shunday ta’siridan ancha yuqori turadi. Bu har xil metallaming moyning turli faza- larida qotishiga turlicha ta’sir etishi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ikki-uch metallni qo‘shib hosil qilingan sikkativlardan foydalanish to‘liq qotish jarayoniga ijobiy ta’sir kohsatadi. Sikkativlar aniq miqdorda qo‘shilishi lozim, chunki keragidan ortiqcha qo‘shilganda jarayonni tezlatibgina qolmay, balki sekinlatishi, parda qatlamini tez eskirishga olib kelishi mumkin. Odatda, sikkativlar moyli lok-bo‘yoqlar tarkibiga ulami tayyor- layotgan vaqtda qo‘shiladi. Ular savdo shoxobchalariga yuqorida nomlari eslatib o‘tilgan metall birikmalarining uayt-spirit yoki skipidardagi 40—50 % li eritmasi ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Suyuq sikkativlar moy massasiga nisbatan 5—10 % miqdorda qo‘shiladi. Tabiiy alif moylar zig‘ir moylar asosida olinib, eng yuqori sifatli qatlam hosil qiladi: ular atmosfera ta’siriga chidamlidir. Alif moylar bilan tashqi ishlar uchun ishlatiladigan moyli bo‘yoqlar suyultiriladi, ular asosida yuqori sifatli shpaklovkalar, gruntovkalar va g‘ovak to‘ldirgichlar tayyorlanadi. Qisman tabiiy bo‘lgan «oksol» alif moy-sikkativlar qo‘shilib qizdirilgan va havo yuborish yo‘li bilan quyuqlashtirilgan, so‘ngra uayt-spirit qo‘shib ish qovushoqligigacha suyultirilgan moydir. Tabiiy ravishda quriydigan o‘simlik moylari alif moy tayyorlash uchunjuda kamyob material hisoblanadi. Hozirgi vaqtda sikkativ qo‘shilgan gliftal va pentaftal smola- lari asosida 50 % li sintetik alif moylar ko‘p miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Aslida bunday alif moylar moy-smolali lokning aynan o‘zidir. Ulami olish uchun «oksol» alif moyiga qaraganda kam miqdorda tabiiy moylami sarflanadi. Parda qatlamining qat- tiqligi, suv va atmosfera ta’siriga chidamliligi «oksol» alif moyi parda qatlaminikidan yuqori. Texnikada quriydigan moylar asosida xilma-xil materiallar olish mumkin: Quyuq qorilgan pastasimon moyli bo‘yoqlar. Quriydigan va chala quriydigan moylar hamda smolalaming organik erituvchilardagi eritmasidan iborat bo‘lgan moyli loklar. Har xil pigmentlami moyli loklarda qorib, kerakli kon- sistensiyaga keltirilgan emalli-moyli bo‘yoqlar. To‘ldirgich va pigmentlarning sikkativlar qo‘shilgan smola va quriydigan moylardagi suspenziyasidan iborat moyli grun- tovkalar. Quyuq qorilgan moyli bo‘yoqlar ishlatilishidan oldin bo‘- yash konsistensiyasigacha alif moy yoki uning almashtiruvchilari qo‘shib suyultiriladi. Bo‘yoqlarjuda sekin qotadi (24—48 soat) va ulardan, asosan, qurilishda foydalaniladi. Moyli loklar ishlatilish sohasiga qarab: umumiy maqsadlar uchun ishlatiladigan va maxsus (masalan, elektrizolatsion) lok- larga bo‘linadi. Umumiy maqsadlar uchun ishlatiladigan loklar gliftal smolalari, garpius efirlari, maxsus ishlarda ishlatiladigan loklar esa bitum, kahrabo, kopal va boshqa smolalar asosida tay- yorlanadi. Moyli loklar ular tarkibidagi moy va smolaning nisbatiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling