Yogoch material p65


Elektr maydonida pardozlashjarayonida uchraydigan nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari


Download 1.11 Mb.
bet53/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Elektr maydonida pardozlashjarayonida uchraydigan nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari

Nuqsonlar

Sabablari

Bartaraf etish usullari

Pardoz berilgan yuza- larda oqova joylar ho- sil bo‘ladi

Lok-bo‘yoq material qovushoqligi me’yor- dagidan kam

Lok-bo‘yoq material qovushoqligini tekshi- rib ko‘rish va uni qat’iy oTchamga kel- tirish kerak

Pardoz berish jara- yonida buyum yuzasida lok-bo‘yoq material- ning yiriktomchilari hosil bo‘ladi

Lok-bo‘yoq material- ning elektrikko‘rsat- kichlari optimal qiy- matlariga mos kel- maydi

Solishtirma hajmiy elektr qarshiliksing- diruvchanlik qiymat- larini tekshirish va ularni optimal qiy- matga keltirish kerak




Lok-bo‘yoq material haddan tashqari ko‘p sepilgan

Lok-bo‘yoq material miqdorini kamaytirish lozim




Kuchlanish kam

Kuchlanishni oshirish zarur




Tojlanuvchi uchlik- ning aylanish chasto- tasi kam

Tojlanuvchi uchlik- ning aylanish chasto- tasini oshirish kerak




Tojlanuvchi uchlik- ning qirra tig‘larida biron-bir nuqsonbor

Tojlanuvchi uchlikni almashtirish kerak

Lok-bo‘yoq material bo‘yaladigan yuzaga yetib bormasdan, yon-atroßdagi metall konstruksiyalarga cho‘kib qoladi

Lok-bo‘yoq material- ning solishtirma haj- miy elektr qarshiligi o‘zining optimal qiy- matiga mos kelmaydi

Uni optimal qiymatga yaqinlashtirish kerak




Purkagich bilan detal (buyum) orasidagi masofa haddan tashqari katta

Buyumgacha bo‘lgan masofani kamaytirish kerak






Buyum yerga ulanmay qolgan

Buyumning yerga ulanganligini tekshirib ko‘rish lozim

Buyum yuzasida lok-bo‘yoq material tegmagan joylar uchraydi

Lok-bo‘yoq uzatadi- gan sistema shikast- langan yoki ifloslangan

Nasos, shlang, purka- gichlarni tekshirish va yuvish zarur




Lok-bo‘yoq material uzatiladigan shlang o‘ralib qolgan

Lok-bo‘yoq material uzatiladigan shlang- larni ko‘zdan kechi- rish kerak



  1. Yog‘och buyumlarni lok-bo‘yoqlarga botirib
    olish usulida qoplash


Yog‘och buyumlarni botirib olish usulida loklash (bo‘yash) eng oddiy va an’anaviy usullardan biridir. Bu usulning afzalligi shundaki, bunda oddiy asbob-uskunalardan foydalanib, har xil lok-bo‘yoqlami surkash va yaxshigina parda qatlami olish mum- kin. Buyumni idishdagi lok-bo‘yoqqa botirib uning hamma to- monini birdaniga loklash (bo‘yash) mumkin: boshqa bironta usul bilan detalni birdaniga bo‘yab bo‘lmaydi.
Botirib olish usuli, asosan, murakkabligiga ko‘ra, har xil bo‘lgan kichik va o‘rta o‘lchamdagi buyumlarda bir qavatli parda qatlamlarni olishda ishlatiladi. Buyumning balandligi (uzunligi) bo‘yicha parda qatlam qalinligi bir xilda bo‘lmasligi, lok-bo‘yoq material nisbatan ko‘p isrof bo‘lishi bu usulning kamchiligi hi- soblanadi. Botirib olish usuli yordamida stul, stol, shkaf, bufet, kursi pardoz qilinadi. Keyingi vaqtlarda deraza va eshik bloklari, deraza qismlari (deraza tavaqasi va framugalari) ham pardoz qilinmoqda.
Botirib olish usulining mohiyati bo‘yaladigan yuzani suyuq lok-bo‘yoq materiallar bilan ho‘llash va uning sirtida material qovushoqligi va adgeziyasiga ko‘ra, yupqa parda qatlam hosil bo‘lishidan iborat. Bu usul bilan pardoz berishda hosil bo‘ladigan parda qatlamning sifati va qalinligi yuza xossalariga hamda surkaladigan materialning kimyoviy hamda tuzilish xossalariga bog‘liq.
Buyum idish ichidan tortib olinganidan keyin unga ilashib chiqqan suyuqlikning bir qismi og‘irlik kuchi ta’siri ostida qayta oqib tushadi, agar u uchmaydigan suyuqlik bo‘lsa, bunda buyumni qanday tezlikda tortib olishdan qat’i nazar, uning yuzasida qolgan parda qatlamning qalinligi suyuqlik qovushoqligiga, zichligiga va qattiqjism yuzasini u qay darajada ho‘llashiga va yopishuvchan- ligiga (adgeziya) bog‘liq bo‘ladi.
Lok-bo‘yoqlarga buyumlami botirib olish texnologikjarayonida buyumlar yuzasida qolgan qatlam qovushoqligi uzluksiz ravishda o‘zgarib borishi oqibatida lok-bo‘yoqning oqib tushishi sekinla- shadi va nihoyat to‘xtab qoladi. Endi real sharoitlarda botirib olish usuli bilan lok-bo‘yoq materiallar surkashdagi ayrim variantlar haqida to‘xtab o‘tamiz (31-rasm).
Individual yoki donalab mahsulotlar ishlab chiqariladigan korxonalarda qo‘zg‘almas (statsionar) vannalardan foydalani- ladi (31-rasm, u); buyumlar vanna ichiga qo‘lda yoki ko‘tarish- tushirish mexanizmi, telfer yordamida botirib olinadi; bunda vanna ust tomoni bugdanib, chiqayotgan erituvchi moleku- lalarni atrofga tarqalmasligi uchun havo so‘rgichlar bilan ji- hozlanadi.
Ko‘plab mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda buyumlar vanna ichiga davriy yoki uzluksiz ravishda ishlaydigan konveyerlar bilan tushiriladi (31-rasm, b, d). vannaning o‘zi esa so‘rish ven- tilatsiyasi bilan jihozlangan kamera ichida joylashgan. Uzluksiz ishlaydigan vannalar detaldagi ortiqcha suyuqlik oqib tushishi uchun tarnov va aralashtirgich bilan jihozlangan. Nasos faqat


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling