Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet52/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Tarkibning retsepti

Material

ГОСТ yoki ТУ

Miqdori, massa qism

1 -retsept

OC-2 alkamoni

ГОСТ 10106-62

10

Oksiterpenli eritgich

СТУ 12-110-62

5

Aseton

ГОСТ 2768-60

85

2-retsept

OC-2 alkamon

ГОСТ 10106-62

7-10

Uayt-spirit

ГОСТ 3134-52

93-90


Alkamonli tarkibni yuzaga surtish tartibi

Bino ichidagi havo harorati, °C

18 dan kam emas

Bino ichidagi havoning nisbiy namligi, %

50-65

Tarkibning B3-4 viskozimetri bo‘yicha qovushoqligi, s

12-15

Surkash usuli: botirib olish tampon bilan

eritma ichiga botirib olinadi ishqalab surkaladi

Surtiladigan qatlam soni

1

Sarflanadigan tarkib miqdori, g/m2: botirib olishda tampon bilan surkaganda

128-180 60-80

Ishlov berilgandan keyin tutib turish vaqti, min, 18—13°Cda

10 kami bilan

Yog‘ochning mutlaq namligi, %

8±2


27-rasmda tok o‘tkazuvchi tarkib bilan ishlov berilgan me- bel buyum yoki boshqa detallarni yuqori kuchlanishli elektr maydonida loklash (bo‘yash) uchun ishlatiladigan qurilma- ning sxemasi keltirilgan.


27-rasm. Alkamon bilan ishlov berilgan buyum va detallarni yuqori kuchlanishli elektr maydonida loklash (bo‘yash) qurilmasining chizmasi:
7—tok o‘tkazuvchi tarkib solinadigan vanna; 2—tutib turish kamerasi;
3—elektr maydonida pardozlash kamerasi; 4—lok (bo‘yoq) purkagichlar;
5—quritishdan oldin buyumni tutib turish kamerasi; 6—lok qatlamini past haroratda quritish kamerasi; 7—lok qatlamini yuqori haroratda quritish kamerasi.

Purkash uchun olingan material xossalaridan dielektrik sing- diruvchanlik £ va solishtirma hajmiy elektr qarshilik pv muhim o‘rin tutadi. O‘tkazilgan tajribalar £ qiymati 6—10, pvqiymati 5 • 106—5 • 107 Om • sm bo‘lganda yaxshi natijalarga erishish mum- kinligini ko‘rsatgan.
Bo‘yaladigan yuzalar bo‘yashga qanchalik yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, parda qatlam sifati shuncha yaxshi chiqadi. Timalgan, chi- zilgan g‘adir-budur yuzalar yaxshi bo‘yalmaydi, bo‘yalganda ham sifati yomon chiqadi: bo‘yoq tekis yoyilmaydi, chala-chulpa bo‘yal- ganjoylarbo‘ladi. Buning oldini olish uchun bo‘yaladiganbuyum- lar yuzasi oldindan silliqlangan, changlardan tozalangan bo‘lishi kerak.
Ko‘p qavatli parda qatlamlar olishda faqat yog‘ochning sirtqi elektr o‘tkazuvchanligi ahamiyatga ega bo‘lib qolmasdan, balki oldin yotqizilgan qavatlaming elektr o‘tkazuvchanligi ham mu- himdir. Ko‘pchilik lok-bo‘yoqlaming elektr o‘tkazuvchanligi qu- rigan sari kamayib boradi, shuning uchun har bir yangi qatlam oldin surkalgan qatlam hali to‘liq qurib ulgurmasidan surkalishi kerak. Chunki buyumning elektr o‘tkazuvchanligi o‘zining optimal qiymatini yo‘qotib qo‘yadi.
Yog‘ochdan ishlangan buyumlar yuqori kuchlanishli elektr maydonida bo‘yalganida deyarli barcha jarayonlar mexani- zatsiyalashtiriladi, lok-bo‘yoq isroft kamayadi, xona ichida sani- tariya-gigiyena sharoiti yaxshilanadi, bo‘yash ishlari uchun katta maydon talab qilinmaydi va bo‘yalgan yuza sifatli chiqadi. Yuqori kuchlanishli qurilmalarni ishlatishda texnika xavfsizligi qoida- lariga rioya qilish talab etiladi.

  1. Elektr maydonida purkash uchun
    ishlatiladigan asbob-uskunalar


Elektr maydonida pardoz ishlarini olib borishda lok-bo‘yoq materiallami purkaydigan forsunkalar va ulami dozalab beruvchi qurilmalaming konstruksiyasi alohida o‘rin egallaydi.
Purkagich konstruksiyalari. Lok-bo‘yoq materiallami purkash uchun elektr mexanik va elektr Statik purkagichlar ishlatiladi. Elektr mexanik purkagichlar (28-rasm a, b, d) kosacha, qo‘ziqoringa o‘xshash va disksimon kohinishda bo‘lib, ishlash tamoyiliga ko‘ra, ular universaldir. Purkagichlar yordamida lok-bo‘yoqlar yassi va panjara shaklidagi buyumlar ustiga sepiladi. Purkagichlar elektr izolatsion materialdan ishlangan vertikal moslamalarga o‘matiladi.

a b d
28-rasm. Elektr mexanik purkagichlar: a—kosasimon; ¿—qo‘ziqorinsimon; rf—disksimon; 7—purkagich; 2-lok-bo‘yoq uchun naycha; 7—buyum; 4—ekran.

Kosacha, qo‘ziqorin yoki disk kohinishidagi purkagichlar elektr yoki pnevmatik yuritma orqali aylanma harakatga keltiriladi va ulaming burchak tezligi kerakli miqdorda o‘zgartirib turiladi. Purkagich qurilmasining o‘rtasidan naycha (3) orqali lok-bo‘yoq beriladi. Ular markazdan qochirma kuch ta’sirida mayda tomchi- larga bo‘linadi va kosacha, qo‘ziqorin yoki diskning chekka qirra- lari orqali atrofga sochilib chiqa boshlaydi.
Forsunkalarga manfiy zaryadli kuchlanishli lok manbayi ulangan. Shu sababli, purkalayotgan zarrachalar manfiy zaryadni o‘ziga qabul qiladi va qarama-qarshi ishorali buyumga borib yopishadi. Quyida kosasimon va tirqishli purkagichlaming ish­lash tarzi keltirilgan. Kosasimon elektr Statik purkagich 3P-1M (29-rasmda) olib-qo‘yiladigan purkovchi kallak-kosacha (1) (uning diametri 50, 100 yoki 150 mm), elektr dvigatel (4) AOJ-ll-4


29-rasm.
Kosachali elektr statik purkagich ЭР-1М.

30-rasm. Kosachaning tuzilishi.

rusumli, quwati 0,18 kW, aylanish soni n=1400 ayl/min) asos (5), qog‘oz bake- litli izolatsion naycha (3), konussimon tishli uzatma va kosacha mahkamlangan gorizontal shpindelli korpus (2) dan tashkil topgan.
Kosacha (30-rasm) po‘lat, aluminiyjez yoki plastmassadan ishlanadi; po‘lat kosa- chalarning ichki yuzasi xromlangan, qol- ganlariga esa jilo beriladi. Plastmassali ko- sachalar АГ-4 rusumli shisha-plastikdan ishlangan bo‘lib (unga elektr o‘tkazuvchan-
likni oshirish uchun grafit qo‘shilgan) u metalldan ishlangan kosachaga qaraganda ancha yengildir; shuning uchun u ko‘p quwat talab qilmaydi va kam tebranadi hamda bunda uchqunli razryad paydo bo‘lish ehtimoli yo‘qoladi. Elektr maydonida pardozlangan buyumlarda ayrim kamchilik va nuqsonlar ham uchraydi (20-jadvalga qarang).
Yuqori kuchlanishli elektr maydonida bo‘yash qurilmalarining bir smenadagi ish unumi quyidagi formula orqali topiladi:
П =T- u-K/K / S - z, detal /smena, sm dm
bu yerda, T — smena vaqti, 480 min; и — konveyer tezligi, m/min; 5 — osib qo‘yilgan buyumlar orasidagi masofa, m; z — buyumlami purkash zonasidan o‘tish soni; Kd va Km mos ravishda ish va mashina vaqtidan foydalanish koeffitsiyentlari (ÀT=0,9—0,95; Am=0,4-0,8).

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling