Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
31-rasm. Botirib olish yo‘li bilan pardozlashda ishlatiladigan moslamalaming chizmalari:
a—buyum qo‘lda suyuqlik ichiga tushiriladi; è—buyum suyuqlik ichiga tushirib-chiqarish mexanizmi bor konveyer ilgaklariga ilib tushiriladi; d—buyum suyuqlik ichiga uzluksiz ishlaydigan konveyer yordamida tushadi: 7—vanna; 2—nasos; 3—cho‘ntak; 4—tarnov; 5—buyum; 6—konveyer. pigmentlangan tarkiblar solingan vannalarga o‘matiladi. Vanna- dagi bo‘yoqni qorishtirgich yoki qisilgan havo yordamida vaqt- vaqti bilan aralashtirib turish mumkin, lekin keyingi usul umu- man qo‘llanilmaydi. Bo‘yaladigan buyumlarning gabarit o‘lchamlariga qarab, vannalar hajmi bir necha litrdan bir necha kub metrgacha bo‘lishi mumkin. Hajmi 0,5 m3 va undan katta bo‘lgan botirish vannalari avariya jo‘mrak-quvurlar hamda avariya vaziyatida materialni tezda ko‘chirish uchun yerosti baklari bilan ta’minlanadi. Uzluk- siz bo‘yash ishlarida konveyeming harakat tezligi 2,5 m/minut- dan oshmaydi. Yuqorida aytganimizdek, botirib olish usulida istalgan lok- bo‘yoq materiallardan foydalanish mumkin, lekin ular vannada turish vaqtida o‘z kimyoviy xossalarini o‘zgartirmasligi shart. Masalan, bitumli, gliftalli, pentaftalli, karbamid-, melamin- formaldegidli va boshqa materiallar shular jumlasidandir. Ki- chik o‘lchamli buyumlami bezashda ko‘pincha nitrosellulozali lok va emallar ham ishlatiladi. Pigment qo‘shilmagan lok-bo‘yoq materiallar botirib olish usulida ishlatiladigan eng qulay pardoz materiali hisoblanadi. Bunda lok-bo‘yoq materiallarni B3-4 bo‘yicha qovushoqligi 16—35 s atrofida bo‘lib, ularni ishga yaroqli holatga keltirishda yuqori haroratda qaynaydigan eri- tuvchilar — uayt-spirit, solvent, ksilol, skipidar, butilasetat ishlatiladi. Odatda, bu usul bilan olinadigan bir qavatli parda qatlamlar- ning qalinligi 15—30 mkm.dan oshmaydi. Ular tashqi ko‘rinishiga ko‘ra III—IV sinllarga mos keladi. Bu usul ko‘p rangli va ko‘p qavatli parda qatlamlar olishda qo‘llanilmaydi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling