Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lok-bo‘yoq materiallarni quyish mashinalari yordamida qoplash
nsm=Tsm-u-n-Kd-Km/s,
bu yerda, Tsm — smena vaqti, 480 min; u — konveyeming harakat- lanish tezligi, m/min; n — ilgakdagi detal yoki buyumlar soni, dona; 5 — ilgaklar orasidagi masofa (qadami), m; A , va Km — mos ravishda ish va mashina vaqtlaridan foydalanish koeffitsiyentlari. Lok-bo‘yoq materiallarni quyish mashinalari yordamida qoplash Bu usul yaxlit detal, faner, brus shaklidagi taxta va boshqa yog‘och materiallami loklash va bo‘yashda keng qo‘llaniladi. Quyish usulining mohiyati shundan iboratki, harakatdagi konveyer lentasi ustiga qo‘yilgan detal kengligi yaxlit detal enidan katta bo‘lgan suyuq lok-bo‘yoq materialning yupqa pardasi tagidan o‘tkazil- ganda detalning ust tomoni lok yoki emal qatlami bilan qoplanadi. Buyum sirtida lok-bo‘yoq materialning yupqa suyuqlik pardasi qiya ekrandan (33-rasm, a), shu- ningdek, kallakning tub tirqishidan (33-rasm, b) oqib tushib, quyish to‘g‘oni ustidan (33-rasm, d) oqib o‘tib hamda quyish to‘g‘oni ustidan ekran orqali quyilishi (33-rasm, e) natijasida hosil bo‘ladi. Qiya ekranli quyish kallaklari lok-bo‘yoq materialni sifatli qilib quyadi. Lekin lok-bo‘yoq oqib tu- shadigan ekran yuzasining ochiq, keng bodishi, erituvchining ko‘p bug‘lanishiga, natijada, uni ko‘p is- rof bo‘lishiga va mashina atrofidagi havoning gaz bilan illoslanishiga sa- bab bo‘ladi. Shuning uchun bunday kallakli mashinalar kam ishlatiladi. 33-rasm. Pardoz materiali qatlamini hosil qilish chizmasi: a—qiya ekrandan oqib tushib; d—tub tirqishidan oqib chiqib; ¿/—quyish to‘g‘oni ustidan oqib o‘tib; e—quyish to‘g‘oni ustidan oqib o‘tib, keyin ekran orqali oqib tushib; 7—detal; 2—ekran; 7—kollektor; 4—qoplama; 5—konveyer; d—tarnov (nov); 7—tirqishli quti; ¿’—quyish to‘g‘oni; 9—lo‘siq; 70—filtr. Tubida tirqishi bo‘lgan quyish kallaklari ko‘p qo‘llaniladi. Kallakning tub tomonida tirqishi bo‘lib, u 120° burchak ostida o‘rnatilgan podat plastinkalardan iborat. Plastinka- lardan birining dastlabki holatini o‘zgartirish yodi bilan tirqishning kattaligini rostlash (0—5 mm ora- ligdda) mumkin. Bu turdagi kal- laklardan bir yoki ikki komponentli lok-bo‘yoq materiallami surkashda keng foydalaniladi. Lekin tubida tirqishi bo‘lgan quyish kallaklari kamchiliklardan xoli emas. Chunonchi, uning butun uzunligi bo‘ylab o‘zgarmas parda oqimi hosil qilish qiyin; ish tamom bodganidan so‘ng ularni yuvib tozalash ancha murakkab — lok-bo‘yoq material yaxshilab filtrlangan bo‘lishi kerak, aks holda tirqishning ayrim joylariga tiqilib qolib, oqib chiqayotgan uzluksiz parda uzilib qoladi: yuqori tezlikda kollektordan oqib tushayotgan lok-bo‘yoq material kallak devorlariga tegib, havo pufakchalari hosil qiladi. Quyish to‘g‘onli quyish kallaklari tuzilishiga ko‘ra, oddiy va unga xizmat kohsatish oson. Ular, asosan, poliefir loklarini qop- lashda ishlatiladi. Nitroselluloza loklarini bu tipdagi kallaklar yordamida surkab, yupqa parda qatlamlari (25—35 mkm) olib bo‘lmasligi ham bu tipdagi kallakning kamchiligi hisoblanadi. HM-3 va HM 140-1 mashinalarida to‘g‘oni va ekrani bo‘lgan quyish kallaklari o‘matilgan bo‘ladi. Lok-bo‘yoq material nasos yordamida kallakning o‘ng qismidan to‘siq (9) bilan ajratilgan chap qismiga tushadi (33-rasm, e). Uning pastki qismida filtr (10) (kapronli to‘r) o‘rnatilgan tirqish bor. Chap tomoniga o‘tgan lok-bo‘yoq material havo pufakchalari va boshqa aralashmalardan xoli bo‘ladi. Kallakni yuvish vaqtida to‘siq (9) ni osongina chiqarib olish mumkin. Tozalangan lok-bo‘yoq material to‘g‘ondan oqib ekran (2) ga, undan esa yupqa qatlam tarzida konveyer ustidan o‘tayotgan de- talga oqib tushadi. Buyumlarni quyish usuli bilan pardozlash pnevmatik pur- kashga qaraganda qator afzalliklarga ega: ish unumi yuqori (uza- tish tezligi 10—170 m/min); lok-bo‘yoq material isrofi ancha kamayadi (30—40 % o‘rniga 5—10 %); ventilatsiya qurilmalariga sarflanadigan xarajatlar kamayadi; turnan hosil bo‘lmaganligi uchun sexda sanitariya-gigiyena sharoiti yaxshilanadi; detallar ustiga qovushoqligi yuqori bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallarni surkash va kerakli qalinlikdagi parda qatlamini hosil qilish mumkin. Yassi buyumlar (yaxlit detallar, taxtalar)ni pardozlashda yuqo- rida aytganimizdek .'IM-3 yoki uning asosida yaratilgan .'IM 140-1 mashinalari qodlaniladi. 34-rasmda HM140-1 mashinasining sxemasi va uning umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. Uning ishlash tamoyili quyidagicha. Detal konveyer tasmasi ustiga qo‘yiladi. U quyish kallaklari tomon yo‘naladi. Ikkita kallak bo‘lishi ikki komponentli loklami ishlatish imkonini beradi. Nitroloklar bilan 34-rasm. ЛМ140-1 lok quyish mashinasi: a—lok quyish mashinasining sxemasi; è—mashinaning umumiy ko‘rinishi: 7—detal; 2—quyish kallaklari; З—ñltrlar; 4—ko‘tarish mexanizmi; 5—o‘tkazgich quvur; ó—konveyer; 7—nasos qurilmalari; á’—bak; P—roliklar; 70—to‘kish tamovi. ishlaganda bitta kallakdan, poliefir loklari bilan ishlaganda ikkala kallakdan foydalaniladi. Mashina kallagiga lok-bo‘yoqlarni metall bak, filtr va nasosdan iborat qurilma uzatib turadi. Detalga tegmay o‘tadigan lok tamovga oqib tushadi va undan quvur orqali bakka qaytib keladi. Odatda, baklar lok-bo‘yoq haroratini rostlab turadigan issiq yoki sovuq suv o‘tadigan g‘ilofbilan ta’minlangan bo‘ladi. Bakning ostida lok-bo‘yoqni va suvni oqizib yuborish uchun ikkita jo‘mrak o‘matilgan. Mashinada quyish kallagini tik yoki gorizontal turishini to‘g‘rilash uchun maxsus mexanizm bor. Kallaklar orasiga joylashgan roliklar detallami bir konveyerdan ikkinchi konveyerga uzatish uchun xizmat qiladi. Kallakning har ikki tomonidagi tunnel lok-bo‘yoq pardasini havo oqimlari ta’siridan himoya qiladi. Lok sarfi nasos shnegi aylanish tezligini o‘zgartish hisobiga rostlab turiladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling