Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet65/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

R'

R.' — R

(C- C bog‘lanish)


R' R + O2^ R'- O- R (C- O - Cbog‘lanish)
bu yerda, R va R — qo‘shbog‘li yog‘ kislotalar qoldig‘i: « » —
poliefir zanjiri.
Yuqori haroratda (80—150°C) alkidi parda hosil qiluvchi birikmalarning qotish jarayonida C—C tipidagi molekulalararo bog‘lar, tabiiy sharoitda quritilganda esa C—O—C yoki C—O— O—C bog‘lari hosil bo‘ladi. Bular ichida termik ishlash natijasida olingan parda qatlamlar uzoq muddat xizmat qiladi.
Termoreaktiv fenol-formaldegidli, mochevina- va melamin- formaldegidli modifikatsiyalangan to‘yinmagan poliefir va boshqa smolalar asosidagi lok-bo‘yoq materiallarning qotishi polikon- densatsiya mexanizmi bo‘yicha boradi. Odatda, bu reaksiyalar issiqlik sharoitida boradi va bunda katalizator (qotirgich) bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin.

  1. Poliefirli parda qatlamlarining ultrabinafsha
    nur yordamida qotishi


Ultrabinafsha nur ta’sirida poliefirli lok-bo‘yoq materiallar­ning qotishiga (polimerlanish yoki sopolimerlanish reaksiyalari asosida) fotokimyoviy qotish deyiladi. Ultrabinafsha nur ko‘z ilg‘amas elektrmagnit to‘lqinlari bo‘lib, ular o‘zining yuqori kim- yoviy faolligi bilan infraqizil nurdan farq qiladi; ulaming to‘lqin uzunligi 10—400 nm orasida o‘tadi yoki boshqacha qilib aytganda, ultrabinafsha nur rentgen nuri bilan elektrmagnit spektrining ko‘- rinadigan oralig‘idajoylashgan bo‘ladi.
Amalda lok-bo‘yoq texnologiyasida to‘lqin uzunligi 300—400 nm bo‘lgan ultrabinafsha nur ishlatiladi, biroq poliefir loklari 360— 370 nm bo‘lgan to‘lqin uzunligida juda tez qotadi. Bu borada o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, oddiy sistemadagi poliefir- maleinat loklari uchun ultrabinafsha nulaming faol markaz hosil qilish xususiyatijuda kam, chunki stirol tipidagi monomer mole- kulalaridan yoki maleinat guruhidan radikallar hosil qilish uchun nurlangichlar tomonidan chiqarilayotgan energiya kamlik qiladi. Agar lok sistemasidagi oddiy initsiatorlar o‘rniga ultarbinafsha nurlar ta’siri ostida erkin radikallarga parchalanib, monomer mo- lekulasi bilan polimer molekulasi o‘rtasida sopolimerlanish re- aksiyasini vujudga keltiradigan moddalar kiritilsa, ahvol tamo- man o‘zgaradi. Bunday moddalarga/oto sensibilizatorlar deyiladi. Odatda, ular reaksiyada bevosita ishtirok etmaydi, balki o‘zi to­monidan yutilgan energiyani reaksiyaga kirishuvchi kompo- nentlarga ko‘chirish uchun xizmat qiladi.
Tarkibida stirol bo‘lgan to‘yinmagan poliefirlar uchun foto- sensibilizator sifatida azo-bisizomoy kislota, dixinon, har xil dia- rilsulfid birikmalar, benzoin (CI4HI2O2) va uning hosilalari, ya’ni benzoinning metil efiri (C15H14O2 ), izobutil efiri (C18H3gO2) va boshqalar ko‘p ishlatiladi. Ultrabinafsha nurlanish manbalari sifatida gaz razryadli lampalar qo‘llaniladi.
Yog‘ochdagi poliefir qoplama materiallarni fotokimyoviy usulda qotirish ishlarida, asosan, luminessentli va simob-kvarsli naychasimon lampalardan foydalaniladi. Luminessentli lampalar past bosimda ishlovchi gaz razryadli lampalar guruhiga oid bo‘lib, ular uzunligi har xil shisha naychalardan yasaladi. Ulaming ikki uchiga elektrod vazifasini o‘tovchi oyoqchalar payvandlangan. Naychalar ichida oz miqdorda simob, inert gaz (argon) bo‘lib, ular lampa yonishini osonlashtiradi. Naychalar ichki tomonidan butun uzunligi bo‘ylab yupqa luminafor qatlami qoplangan, u gaz razryadli lampalardan uzluksiz nurlanish spektrini olish im- konini beradi.
Quyi bosimli lampalarda nurlanishjadalligi 0,16 W/sm atro- fida bo‘lib, u fotopolimerlanish jarayonini boshlab berish uchun yetarlidir. Ish holatida bo‘lgan past bosimli lampalar 35—45°C gacha isiydi, shuning uchun ularni ko‘pincha «sovuq» nurlan­gichlar deb ataladi.
Sanoatimiz korxonalarida ishlab chiqariladigan ultrabinafsha nur tarqatuvchi luminessentli lampalardan H3-30-l, H3-40, H3P-4 va nyQ-40, nYQ-80 rusumlilari lok-bo‘yoq qoplamalami quritishda keng ishlatilmoqda. Lekin ulardan nurlanish oqimi quwati kam bo‘lganligi uchun faqat parda qatlamining gel hosil bo‘lish bosqichida foydalaniladi. Qolgan vaqtlarda esa nurlanish quwati kuchli bo‘lgan yuqori bosimli simob lampalari ishlatiladi. Bu lampalar ishlayotgan vaqtda ularda bosim 0,1 dan 0,3 MPa.ga yetadi. Shuning uchun ular o‘ta mustahkam va yuqori haroratda eriydigan kvars shishalaridan tayyorlanadi.
Nurlanishjadalligi simob-kvars lampalarida luminessent lam- palariga qaraganda taxminan 20 baravar kattadir va u 3 W/sm.ni tashkil etadi.
Yuqori bosimli lampalar quwati 1000 W va undan yuqori bo‘ladi, numing to‘lqin uzunligi 370—410 nm, ish harorati esa 700°C gacha yetadi. Yuqori haroratda simob bug‘lari bosimi birdan ko‘tarilib ketadi, natijada, kuchlanish ham ortadi va lampa o‘chib qoladi. Yuqori bosimida lampalar normada ishlashi uchun atrof- muhit harorati 400°C atrofida bo‘lgani yaxshi. Shuning uchun nurlangichlami sovitish yo‘lini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga egadir. Amalda bu maqsadlarda havo, suv va maxsus filtrlardan foydalaniladi.
Hozirgi kunda yuqori bosimli nurlangichlardan parda qat- lamlarini fotokimyoviy usul bilan qotirishda ДРТ-1000 (ТУ16-3-10), ДРТ-2500 (ТУ СУЗ. 347.015) va ДРТ-4000-04 (ТУ 16-536-934-74) rusumli lampalar ishlatilmoqda.
Ultrabinafsha nurlar yordamida parda qatlamini qotirishdagi eng katta kamchilik nurlanish energiyasini qoplama qalinligi bo‘- yicha notekis sorbsiyalanishidir. Lokning ustki qatlamlari nur­lanish energiyasinijadal ravishda yutib, parda qatlamining notekis qotishiga olib keladi. Ultrabinafsha nur yordamida qotishning yana bir kamchiligi shundan iboratki, pigment qo‘shilgan lok-bo‘yoq materiallarning qotishida nurlarning fotokimyoviy ta’sir etishi yaxshi samara bermaydi.
Ultrabinafsha nurdan foydalanish poliefir parda qatlamlari qotishjarayoninibir nechamarotabatezlashtiradi. Masalan, mebel sanoatida keng qo‘llanilayotgan ПЭ-246 markali lokning qotish vaqti 24 soatdan (tabiiy sharoitda) 10—12 minutgacha qisqaradi. Bu, albatta, bunday loklar bilan pardozlash ishlarini tashkil etishda avtomat va yarimavtomat liniyalarda uzluksiz potok usulini qo‘l- lashga imkon beradi.
42-rasmda simob-kvars lampali quritish kamerasi keltirilgan.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling