Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet63/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

To‘lqin uzunligi, mkm

39-rasm. Har xil haroratda mutlaq qora jism nuralanish energiyasining nisbiy taqsimlanish chiziqlari.
E = £ co (T/100)4, bu yerda, £ — kulrangjismning qoralik darajasi; Co nurlanish koeffitsiyenti. Mutlaq qorajism uchun 6,— 4,9 ga tengdir.
Kulrangjismning qoralik darajasi £ faqat material turiga emas, balki uning yuza sifatiga ham bog‘liq bo‘ladi. G‘adir-budur va g‘ovakli yuzalar uchun £ miqdori silliq va tekis yuzalarga qara- ganda kattadir. Qizdirish harorati past bo‘lganda jismdan nur- lanayotgan issiqlik energiya miqdori va uningjadalligi issiqlik be- rishning boshqa ko‘rinishlariga qaraganda uncha katta bo‘lmaydi. Bunday holda nurlanuvchi issiqlik to‘lqinlari biron-bir oraliqda aniq ifodalangan maksimum qiymatga ega bo‘lmaydi.
Nurlanish harorati o‘sishi bilan nurlanish energiyasi miqdori ortibgina qolmay, balki nurlanishning maksimum qiymati to‘lqin uzunligining ma’lum oralig‘iga qarab siljiydi (39-rasm). Maksi­mum nurlanishga mos keluvchi to‘lqin uzunligi k bilan mutlaq qorajism o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Vin-Golitsin qonuni bo‘yicha quyidagicha ifodalanadi:
< 2998 (T, mkm) K,
bu yerda, kmaks — maksimum nurlanishga mos kelgan to‘lqin uzunligi, mkm; T — mutlaq harorat, K.
Tenglamadan ko‘rinib turibdiki, qora jism haroratning oshishi nurlanish mak- simumini qisqa to‘lqin tomonga siljitadi.
Lok-bo‘yoq parda qatlamlarini ter- moradiatsion usulda quritishda asosiy qo‘yiladigan talablardan biri infraqizil nurlarni bo‘yoq parda ichiga mumkin qadar ko‘p kirib borishini (yutilishini) ta’minlashdan iboratdir. Lok-bo‘yoq ma­teriallaming infraqizil nurlarni yutish va o‘tkazib yuborish xususiyati bir xil emas, u ko‘pincha parda hosil qiluvchi modda- lar turiga, erituvchi turi va miqdoriga, pigment va toddirgichlarning bo‘lish- bodmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, aseton va toluol X=l—5 mkmbo‘lganda nurlanish energiyasining 80—90 % ga- chasini o‘tkazib yuboradi: qolgan ko‘p
qo‘llaniladigan erituvchilar X= 3—3,5 mkm bo‘lganda nurlami yaxshi yutadi. Sintetik smolalar to‘lqin uzunligi 2,5—3 mkm bo‘l- gan infraqizil nurlarni nisbatan yaxshi o‘tkazadi va uzunroq to‘l- qinli nurlami yutadi.
Infraqizil nurlaming yog‘ochga kirib borish chuqurligi ma’lum darajada uning turiga bog‘liq; u ignabargli daraxtlarda ko‘p (4—6 mm), bargli daraxtlarda esa kamdir (0,5—4 mm).
Agar lok-bo‘yoq qoplama numi yog‘ochning o‘ziga qaraganda kam yutsa, unda qoplama va yog‘och material chegarasida lok qatlamiga nisbatan issiqlik ko‘p ajraladi va harorat lok-yog‘och chegarasida havo bilan kontaktda lok sirtiga qaraganda yuqori bo‘ladi.
Lok parda ostida haroratning bunday yuqori bo‘lishi erituvchi molekulalarining asosga yaqin turgan qavatlardan ustki qavatla- riga qaragandajadal uchib chiqishi uchun yetarlidir. Bunda qurish vaqti 1,5—2 martagacha qisqaradi.
Infraqizil nurlar ta’sirida quritish texnikasida har xil kon­struktiv shakldagi nurlanish manbalari ishlatiladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgandek, har qanday qizigan isitgichlar o‘zidan infraqizil nur tarqatadi. Bunday maqsadlarda ko‘pincha harorat diapazoni 3000°C dan 200°C gacha bo‘lgan elektr isitgichlaridan foydalaniladi:

  • 1500°C gacha va undan ko‘p issiqlik chiqaradigan yuqori haroratli isitgichlar (A =0,78—1,8 mkm); ularga ko‘zgu tipidagi cho‘g‘lanuvchi HK3 yoki HK3K (qizil kolbali) lampalar kiradi;

  • 450 dan 1500°C gacha issiqlik chiqaradigan (k = 1,8 mkm) o‘rtacha haroratli isitgichlar: bularga kvars va shisha naychali isitgich (T3Hlar) kiradi; naycha ichida nixromdan tayyorlangan spiral bo‘ladi;

  • 450°C gacha issiqlik chiqaradigan past haroratli isitgichlar; ularga nuralanish yuzasi katta bo‘lgan metall yoki sopoldan ish- langan panellar kiradi.

Yog‘och yuzasidagi parda qatlamni quritish uchun lampali nurlangichlardan kam foydalaniladi, chunki ular yuza bo‘ylab issiqlik oqimini bir tekisda tarqalishini ta’minlamaydi. Bundan tashqari, lampali nurlangichlar tomonidan generatsiyalanayotgan qisqa to‘lqinli numi lok qavati deyarli to‘liq yutib qoladi va u yog‘ochgacha yetib bormaydi. Shuning uchun erituvchisi ko‘p bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallami quritishda, qoplamaning ostki qavatlari yomon quriydi.
Sanoatda metalldan ishlangan naychali elektr isitgichlar ko‘p ishlatiladi (40-rasm). Metall naycha (po‘latdanyokijezdan) ichida


cho‘g‘ ta’siriga chidamli kvars qumi yoki kristallik magniy oksidi (pe- riklaz) bilan zich presslangan ni­xrom spiral joylashgan bo‘ladi. Kontaktli sterjenlar tok o‘tkazuvchi spiralning oxirgi uchiga ulangan va naychaning ko‘ndalang tomonidan chiqazib qo‘yilgan. Naychaning bir uchi germetik berkitilgan, shuning uchun spiral turgan joyga havo kirmaydi va u oksidlanmaydi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling