Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poliefirli parda qatlamlarining tezlashtirilgan elektronlar yordamida qurishi
42-rasm. Parda qatlamlarni fotokimyoviy usulda quritish kamerasi:
7—zanjirli transpartyor; 2—nurlangichlar; 7—havo so‘ruvchi ventilator; 4—fillr; 5—qopqoq; 6—havo chiqaruvchi ventilator; 7—tirqishli soplo. Poliefirli parda qatlamlarining tezlashtirilgan elektronlar yordamida qurishi Bu usul boshqacha lok-bo‘yoq parda qatlamlarini radiatsion- kimyoviy usulda quritish deb ham yuritiladi. Radiatsion-kimyo- viy yo‘l bilan quritish usulida monomer molekulasi va poliefir smolasi a, ft. ynurlar, rentgen nurlari, tezlashtirilgan elektronlar va boshqa energiyali zarrachalar yordamida faol radikalga ay- lantiriladi, natijada ular birgalikda sopolimerlanib, qattiq parda qatlami hosil qiladi. Pardozlash texnikasida yuqori energiya beruvchi manba sifa- tida ko‘proq tezlashtirilgan elektronlar ishlatiladi. Tezlashtirilgan elektron nurlarini olish uchun, odatda, elektron tezlashtirgichlar deb ataluvchi qurilmalardan foydalaniladi. Hozirda «Elektron-III», «Elektron-IV», «Avrora», «Ion» nomli tezlatkichlardan foydalanib kelinmoqda. Istalgan materiallami radiatsion usulda qotirib bo‘lmaydi. Bu usul polimerlanish reaksiyasi hisobiga kimyoviy tuzilishi o‘zga- rish xususiyatiga ega boTgan parda hosil qiluvchi polimer materiallar uchungina yaxshi samara beradi. So‘nggi vaqtlarda radiatsion usul to‘yinmagan poliefirlar asosidagi lok-bo‘yoq materiallarni (n3-232, n3-246, n3-2106) qotirishda qo‘llanil- moqda. 43-rasmda elektron tezlatgichlar va u o‘matilgan quril- maning chizmasi keltirilgan. 43-rasm. Elektron tezlatkich (a) va u o‘rnatilgan qurilmaning prinsipial texnologik chizmasi (h): a: 7—kamera; 2—katod; 7—ekran; 4—elektronlar oqimi; 5—anod; 6—darcha; 7—detal; ¿’—parda qatlami. b: 7—detal; 2—lok quyish mashinasi; b 7—tezlatkich elektronli radiatsion kimyoviy qurilma. Yuqori vakuumli (IO-5 mm simob ustuni) kamera (1) ichida cho‘g‘langan katod (2), fokusli ekran (3) va elektronlar oqimi ko‘rinib turadi. Anod (5) elektronlarni tezlashtirish uchun xiz- mat qiladi. Tezlashtirilgan elektronlar oqimi darcha va yupqa titan yoki aluminiy folgasi (6) orqali tezlatkichdan lok-bo‘yoq parda qatlami (8) harakatlanib turuvchi detal (7) ustiga yo‘naladi. Ka- todning o‘lchami va shakliga ko‘ra, elektronlar oqimi yupqa va kambar dasta yoki detal kengligini (enini) qoplaydigan yassi parallel dasta ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Materialga yutilgan elektronlar oqimi xuddi polimer reaksiyasidek initsiatorlik vazifa- sini o‘taydi, ya’ni faol radikallar hosil qiladi va pirovard natijada, parda qatlam tarmoqli holatdan to‘rsimon to‘qilgan holatga o‘tadi. Elektron tezlatkichlarning asosiy ko‘rsatkichlariga tezlatish kuchlanishi, yoyilmaning bir santimetr eniga mos keluvchi so- lishtirma tok kuchi hamda ish kengligi, ya’ni o‘tib boruvchi mate- rialning nur ta’sir etuvchi maksimal eni kiradi. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan elektron tezlatkichlar, odatda, tezlatish kuchlanishi 0,15 dan 0,6 MeV gacha, ish kengligi 1000 dan 2000 mm.gacha, elektron nurning solishtirma tok kuchi har santimetr yoyilma uchun 0,22 dan 0,8 mm A ora- sida bo‘ladi. Lok-bo‘yoq qavatlari orasiga elektron nurning kirib borish chuqurligi uning zichligiga va elektronning tezlanishiga bog‘liq. U parda qatlam qalinligidan uncha katta bo‘lmasligi kerak, aks holda u yog‘ochga yetib borib, unda destuksiyajarayonini vujudga keltirishi mumkin. Elektronlarni parda qatlamiga kirib borish chuqurligi undan kam bo‘lmasligi ham kerak, aks holda lok parda qatlami to‘liq qotmasligi ham mumkin. Tezlatish kuchlanishi elektron voltlarda (eV, KeV yoki MeV) o‘lchanadi (leV=lV). Lok parda qatlamida elektron nurning kirib borish chuqurligi tezlanish kuchlanishiga bogTiq. Quyida shu bog‘liqlikni ifodalovchi ayrim ma’lumotlar keltirilgan: Tezlatadigan kuchlanish, kV 150 300 500 750 Kirish chuqurligi, mkm 80-120 220-250 500-700 800-1100 mos keladigani tarkibida stirol bo‘lgan to‘yinmagan polieñr smolalaridir. Parafin tarkibli loklarda gel holati paydo bo‘lganidan keyin parda qatlami qotishi uchun 15—20 Mrad doza va 1 s vaqt yetarlidir. Bu ko‘rilgan usul pigmentsiz (loklar), ham pigmentli (bo‘yoq va emallar) parda qatlamlarning juda tez qotishini ta’minlaydi. Kirish chuqurligiga ko‘ra, nurlanish dozasi ko‘proq aha- miyatga ega. 44-rasmda elektron nur kirib borish chuqurligining tezlatish kuchlanishiga bog‘liqligi aks ettirilgan. Material massa birligi tomonidan yutilgan nurlanish ener- giyasiga «yutilgan nurlanish dozasi» yoki oddiygina «nurlanish dozasi» deyiladi. СИ birliklar sistemasida nurlanish dozasi bir ligi sifatida kilogrammga joul (J/kg) qabul qilingan. Nurlanish Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling