Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parda qatlam sirtinijilvirlash yo‘li bilan tekislash
.&> 0 0,5 1,0 1,5 2,0 2,5
Kirib borish chuqurligi, mm 44-rasm. Elektronlar oqimi kirib borish chuqurligining nurlanish dozasiga va tezlanish kuchlanishiga bog‘liqligi. dozasi boshqa sistema birliklarida radian (lrad=0,01 J/kg) bilan bel- gilanadi. Rad — bu nurlanish dozasi bo‘lib, istalgan 1 g modda yutgan energiyaning miqdori 100 erg.ga teng ekanini bildiradi. Ishlab chi- qarish amaliyotida nurlanish dozasi, odatda, megarad bilan ifodalanadi (1 Mrad =106rad). Elektron nur ta’sirida tarkibida ikkilamchi uglerod bog‘lari (C=C) bo‘lgan har xil sistemalarni qoti- rish mumkin. Ammo bu shartgajuda Mebel yaxlit detallarini pardozlash ishlarida radiatsion qotirish usullaridan foydalanilganda uning iqtisodiy samaradorligi (ter- moradiatsion usulga qaraganda) hisoblab ko‘rilganda quyidagi ma’lumotlar olingani adabiyotlardan ma’lum: energiya sarfi 6—9 marta, mehnat sarfi 6—14 marta qisqaradi, parda qatlam hosil bo‘lish qiymati esa taxminan 2 marta arzonlashadi12. Faqat bu usuldan yuqori ishlab chiqarish quwatiga ega bo‘l- gan korxonalarda, masalan, mebel yaxlit detallarini pardozlash uchastkalarida (20 ming m2/yil) foydalanish yaxshi iqtisodiy samara beradi. Parda qatlam sirtinijilvirlash yo‘li bilan tekislash Jilvirlash yo‘li bilan istalgan lok-bo‘yoq parda qatlamining notekis joylarini tekislash mumkin. Ayniqsa, bu qayta tiklan- maydigan va keyinchalikjilo berishni talab qiladigan polieñr lok- bo‘yoq qoplamalar uchun katta ahamiyatga egadir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, yog‘och buyumlar yuzasiga qoplangan parda qatlamining 30—100 mkm.gacha qalinligijilvir- lash vaqtida olib tashlanib, yuzada qoladigan 1—3 mkm katta- likdagi notekisjoylarjilolash paytida yo‘qotiladi. 30—100 mkm qalinlikdagi parda qatlamni tez va sozjilvirlash uchun donadorligi har xil bo‘lgan, kamida ikki raqamlijilvir qo- g‘ozdan foydalaniladi; awal yirik (№ 5), so‘ngra mayda (№ 3) abraziv donachali qog‘ozlar ishlatiladi. Mayda abrazivli materiallar ishlatilganda ulardan keyin qoladigan yangi sirtning g‘adir-bu- durligi kam bo‘ladi va silliqroq chiqadi. Birinchi martajilvirlash o‘ta yirik (dag‘al) zarrachali jilvirlash materialini ishlatib bo‘lmaydi, negaki, parda qatlam sirtida chuqur notekis chuqurchalar paydo bo‘ladi va detal chekka qirralaridan lok pardasi ko‘chib ketishi mumkin. Bu nuqsonlami yo‘qotish uchun ikkinchi martajilvirlashda ko‘p mehnat talab etiladi. Yog‘och va yog‘och materiallar hamda ular yuzasidagi lok parda qatlamini tekislashdajilvirlash usuli ham muhim o‘rin tutadi. Ishning unumli bo‘lishi va tekislanayotgan detallar yuzasi si- fatli chiqishi uchun birinchi va ikkinchijilvirlash ishlari har tomon- lama (ko‘ndalang va bo‘ylama) bo‘lishi va shu bilan birga, ikkinchi yoki oxirgi jilvirlash yog‘och tolalari bo‘ylab bajarilishi kerak. Bunda jilvirlashdan keyin qoladigan ayrim izlar (chiziqlar), ular to‘liq yo‘qotilmagan taqdirda ham unchalik sezilmaydi, chunki ular yog‘och teksturasi bilan qo‘shilib ketadi. Ikkinchi marotabajilvirlashda qog‘ozlar o‘migajilvirlash pastala- ridan foydalansa ham bo‘ladi. Bunda erkin harakatlanadigan abraziv zarrachalari egiluvchan asosga yopishtirilgan abrazivlarga qaraganda sirtni kamroq kesadi. Lekin pastalar yordamidajilvirlashda mehnat unumi matoli yoki qog‘ozlijilvirlashga qaraganda kam bo‘ladi. 45-rasm. fflnnC-5jilvirlash dastgohi: 1, 7—yo‘naltiruvchilar; 2—richag; 3, 5—shkivlar; 4—jilvirlash tasmasi; ó—dasta; á’—stol; P—dazmolcha; 70—vintli mexanizm. Jilvirlash dastgohlari. Jilvirlash dastgohlarida ishlov berilib chiqqan detallaming shakli va o‘lchamlari o‘zgarmaydi. Jilvirlash jarayonida tez harakatlanuvchi jilvir (qum) qog‘oz tanavoming sirtidan ko‘p marta ishqalanib o‘tadi, xolos. Qog‘oz yoki matoga yelimlab yopishtirilgan zarrachalar parda qatlam sirtidagi g‘adir- budurlarni mikroskopik keskichlardek kesadi.Sanoatda jilvirlash tasmasidan harakatlanadigan dastgohlardan ko‘proq foydala- niladi. Tasmaning eni 100—500 mm bo‘ladi. Lok-bo‘yoq parda qatlamini tekislash uchun bir tasmali jilvirlash dastgohi IIIjIIC-5 ishlatiladi (45-rasm). Dastgohning stoli yo‘naltiruv- chilar (1) bo‘yicha roliklarda erkin suriladi. Vintli mexanizm (10) sozlash vaqtida stolning yo‘naltirgichlarini vertikal tekis- likda siljitish uchun xizmat qi- ladi. Jilvirlash tasmasi (4) yuritma shkivi (3) bilan yetakla- nuvchi taranglash shkiviga (5) tortilgan. Tasmani taranglash uchun vintli mexanizmni ha- rakatga keltiruvchi dasta (6) yor- damida shkiv (5) zarur vaziyatga suriladi. Dazmolcha (9) jilvirlash tasmasini tekislanadigan tanavorga bosib turadi. Dazmol- cha yo‘naltiruvchilar (8) bo‘yicha siljiydi. Tanavor va tasmaning g‘adir-budurligini yo‘qotish uchun dazmolchaning kontakt sirtiga movut qoplanadi. Hosil bo‘lgan chang shkivlami qoplab 46-rasm. Jilvirlash dastgohlarining chizmalari: a—qo‘zg‘almas stolli dastgoh; ¿—erkin tasmali dastgoh; 1, 6—shkivlar; 2—uchburchaklik; 3—tanavor; 4—jilvirlash tasmasi; 5—stol. turgan changso‘rgichlar orqali chiqib ketadi. Changso‘rgichlar eksgauster (ventilatorning bir turi) tarmog‘iga ulangan bo‘ladi. Uzunligi 350 mm.gacha va eni 100 mm.gacha bo‘lgan detal- larning yassi sirtlarini jilvirlash uchun qo‘zg‘almas stoli (5) bor tasmali jilvirlash dastgohidan foydalaniladi (46-rasm, a). Tanavorningjilvirlanadigan sirtijilvir- lash tasmasi (4) ga siqib qo‘yiladi. Qo‘zg‘almas stol tasmaning egilishiga yo‘l qo‘ymaydi va tanavor bir o‘tishdajilvirlanadi. Tasmani shkiv (1) harakatlantiradi, uchburchaklik (2) tirak vazifasini o‘taydi. Erkin tasmali dastgohlarda (46-rasm, b) shkiv (6) konsol kronshteyniga mahkamlangan. Bunday dastgohlarda egri profilli tanavorlar (3) jilvirlanadi. Jilvirlash vaqtida tanavor tasma (4) ga qo‘lda bosib turiladi, hamma sirtijilvirlanishi uchun uni ag‘darib turish kerak. Jilvirlash tasmasini shkiv (1) harakatga keltiradi. Poliefir lok pardasi bilan qop- langan sirtlarni jilvirlash uchun IIIjIIC-5 kabi oddiy jilvirlash dastgohlaridan hamda bir yoki ikki tasmali maxsus jilvirlash dastgohlaridan foydalaniladi. 47-rasm. fflnnC-9jilvirlash dastgohi: 7—jilvirlash tasmasi; 2—tanavomi surish tasmasi; 3—dazmolcha; 4—sirti g‘adir-budur tasma; 5—shkiv. IILillC-0 dastgohining (47- rasm) jilvirlash tasmasi ikkita bo‘lib, tasmalar (1) va uzunchoq dazmolchalar (3) ro‘parama- ro‘para harakatlanadi, shkivlar (5) ga tortilgan tishli tasma (4) dazmolchalar bilan jilvir tasma o‘rtasidagi ishqalanishni kamay- tiradi. Stoldagi tasmalar (2) tanavor surish uchun xizmat qiladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling