Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet64/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

40-rasm. Naychali elektr isitgichning (T3H) tuzilishi: 7—po‘lat yoki jezdan ishlangan naycha; 2—isilgich spiral;
3—periklaz; 4—keramik izolator; 5—kontaktda bo‘ladigan sterjen.
Nurlanish oqimni bir tomonga yo‘naltirish uchun T3H orqa tomonidajilolangan va anodlashtirilgan toza aluminiy yoki aluminiy qotishmasidan qilingan reflektor o‘matiladi. Ayrim hollarda zarur bo‘lsa, bir tekisdagi nurlanish oqimlarini hosil qilish uchun cho‘yan yoki sopol taxtalardan ishlangan va unga elektr isitgichlar o‘matilgan panelli nurlangichlardan foydalaniladi.
Hozir korxonalarda ko‘p foydalaniladigan uzluksiz ishlovchi termoradiatsion quritish kameralari infraqizil nurlangichlar ohnatilgan seksiyali metall karkaslardan tuzilgan bo‘lib, ular buyumlami ko‘chirib yurish uchun transportyor bilan jihozlan- gan. Bulardan tashqari, quritish kamerasi ichida nazorat-o‘lchov apparatlari ham bo‘ladi.

41-rasm. Termoradiatsion quritish kamerasining chizmasi:

7—so‘rib oluvchi ventilator; 2—kontaktli datchik; 3—ventilator; 4—isitish seksiyasi; 5—pardoz qilinadigan buyum; ó—konveyer; 7—nurlanadigan qurilma; á’—havo kiradigan yo‘l; P—bug‘ bilan isitiladigan seksiya;
70—issiqlik rostlagich va havo harorati ko‘rsatkichi.
41-rasmda buyumlaming lok-bo‘yoq qatlamini termoradia­tsion usulda quritishga mo‘ljallangan quritish kamerasi tasvirlangan.

  1. Kimyoviy tuzilishi o‘zgaruvchan lok-bo‘yoq
    parda qatlamlarining qotishi


Lok-bo‘yoq parda qatlam hosil bo‘lishining bu usuli erituv- chilaming bug‘lanishi va kimyoviy reaksiyalaming birgalikda bo- rishi yoki faqat kimyoviy o‘zgarishlar natijasida amalga oshadi. Yog‘och materiallar yuzasiga surkalgan lok-bo‘yoq qavatlari kimyoviy reaksiya natijasida qotib, parda qatlam hosil qilishida bi- ror moddaning ajralib chiqishi yoki erituvchining bug‘lanishi sezilmaydi (lok-bo‘yoq qovushoqligini kamaytirish maqsadida oz miqdorda qo‘shilgan asetonning bug‘lanishi hisobiga kirmaydi). Bunday mexanizm yordamida qotadigan lok-bo‘yoq materiallarga modifikatsiyalangan fenol-formaldegidli, karbamid va melamin- formaldegidli smolalar, to‘yinmagan polieñrli smolalar, har xil moylar bilan modifikatsiyalangan gliftal va boshqa moddalar aso- sida tayyorlangan lok va emallar kiradi. Ulaming qotishi natijasida erimaydigan, qattiq, pishiq, yorug‘lik va issiqlik ta’siriga chidamli, qayta tiklanmaydigan (qaytmas) fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan parda (plyonka) hosil bo‘ladi.
Parda qatlamlarning qotishiga sabab bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalaming mexanizmi har xil bo‘ladi. Parda qatlami polikon- densatlanish va polimerlanish reaksiyasi natijasida qotadigan qoplamalarga bo‘linadi.
Kimyoviy tuzilishi o‘zgaruvchan pardoz qatlamlarining qoti­shiga oid bir necha misollami keltirib o‘tamiz.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tuzilishi o‘zgaruvchan lok-bo‘- yoq materiallarda qotish jarayoni polikondensatlanish yoki po­limerlanish reaksiyalari natijasida amalga oshadi. Masalan, mo- difikatsiyalanmagan to‘yinmagan poliefirlarda qotishjarayoni po­limerlanish mexanizmi bo‘yicha sodir bo‘ladi.
Moylar bilan modifikatsiyalangan alkid polimerlarida qotish jarayoni yog‘ kislotalari qoldig‘ida bo‘lgan qo‘shbog‘lar bilan o‘zaro ta’sirlanishi natijasida vujudga keladi:



- CH2-

CH
I
CH-
CH CH CH -
II +n(CH2 = CH) +|| ínítsíator >|
CH CH CH
I c.H, | I
bu yerda, — CU, = CH — qo‘shbog‘li poliefir zanjiri.
Bunda alkid loklarida moy tarkibiga qotirgich sifatida qo‘- shilgan sikkativlar ta’sirida oksipolimerlanish va polimerlanish reaksiyalari ketib, uch o‘lchamli tuzilishga ega bo‘lgan qoplama hosil bo‘ladi.




Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling