Yogoch material p65
Lok-bo‘yoq materiallar sarf’mi topish metodikasi
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
Lok-bo‘yoq materiallar sarf’mi topish metodikasi
Ishlab chiqarish korxonalarida barcha materiallar qatori lok- bo‘yoq materiallaming belgilangan sarflanish me’yori nazorat qilib turiladi. Sarflash me’yori detal (buyum) sirtida ma’lum xossali parda qatlam olish uchun sarflanadigan lok-bo‘yoqning ruxsat etiladigan maksimal qiymatidir. Lok-bo‘yoq materiallar sarfini me’yorlashda BnKTHM tomonidan tasdiqlangan normativlar (instruksiya)dan foydalanish juda qulaydir. Normativ sarf — Im2 yuzaga ma’lum qalinlikdagi parda qatlam hosil qilish uchun sarflanadigan lok-bo‘yoq materialning ruxsat etilgan maksimal qiymatidir. Duradgorlik-mebel buyumlarini pardozlashda har xil loklar, emallar, shpaklovkalar, gruntovkalar hamda organik erituvchilar ishlatiladi. Pardozlash texnologiyasida lok-bo‘yoq materiallaming sarfi ulaming turiga, parda qatlamning sifat kategoriyasiga, pardoz- lanadigan yuzalaming murakkablik guruhiga, yog‘ochning turi va surkash usullariga bogfliq. Shuningdek, qancha material sarfbo‘- lishiga, yog‘och materiallar yuzasining bo‘yashgacha boflgan tay- yorgarligiga ham ta’sir etadi. Yuza pardozlashgacha qancha yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, material shuncha kam sarf bofladi va bo‘yal- gan yuza sifatli chiqadi. Pardoz qilinadigan yuzalar murakkabligiga ko‘ra, quyidagi guruhlarga boflinadi: I guruh — yaxlit elementlardan yig‘ilgan korpus mebel buyumlar- ning yuzasi: shkaflar, sekreterlar, bufetlar, servantlar, komodlar, har xil tumbochkalar, yozuv va ovqatlanish stollari, trelyaj va boshqalar; II guruh — har xil konfiguratsiyali alohida olingan yaxlit va brus shaklidagi detallar yuzasi; III guruh detallan — eni 100 mm.dan kam boflgan yig‘ilgan har xil buyumlar va mebel qismlarining yuzasi: stullar, orom kursisi, divan, skameyka, shkaf, bufet, servant, tumbochkalar, eshik romlari, kiyimilgich va boshqalar. Lok-bo‘yoq materiallar buyum yuzasiga ulaming murakkablik guruhiga qarab quyidagi usullar bilan beriladi: pnevmatik purkash usuli (I, II, III guruhlar), quyish (II guruh) va yuqori kuchlanishli elektr maydonida purkash (III guruh). Yaxlit detallaming kambar yuzalari pnevmatik purkash usulida pardozlanganda II guruhga, quyish usuli bilan pardozlanganda esa III guruhga mansub bo‘ladi. Lok-bo‘yoq materiallarning sarflanish me’yorini topishdan oldin pardozlanadigan yuzaning sirti kvadrat metrda hisoblab chiqiladi va 1-shakl bo‘yicha qayd etiladi. 1-shakl usutunlarini to‘ldirish uchun ko‘rsatma: 1-3-ustunlar pardozlash texnologik jarayonining xaritasidan olinadi. 4-9-ustunlar — texnologik xarita va buyumning konstruktorlik hujjatlaridan olinadi. 10-13-ustunlar — pardoz qilinadigan yuzalar sirti yoziladi va ular quyidagicha hisoblab topiladi: 6 . • 7 . • 8 . • 9 . 10 _ US1. USt. Uust. usl. So‘ngra qaysi murakkablik guruhiga tegishli bo‘lsa, o‘sha us- tunga ham yozib qo‘yiladi. Keyin lok-bo‘yoq materiallarning har bir turi bo‘yicha ular- ning sarflanish normasi 2-shakl orqali hisoblab topiladi. 2-shakl usutunlarini to‘ldirish uchun ko‘rsatma: 1-5-ustunlar — pardozlash texnologik jarayonining xaritasidan olinadi; 6-ustun 1-shaklning 10-ustunidan uning jamlangan miqdori olinadi; 7-9-ustunlar — lok-bo‘yoq materiallarning qovushoq- ligidagi normativ sarfi «Справочник по отделке мебели» kitobining 73-82-jadval- laridan olinadi; 7-ustunlarning ko‘paytma miqdori yoziladi, Ya’ni 10ust. = 6ust. • 7ust.; 8-ustunlaming ko‘paytma miqdori yoziladi, ya’ni Hust. = V 8uSt.; 9-ustunlaming ko‘paytma miqdori yoziladi, ya’ni 12uSt. = 6uSt.’ V 10-ustun — 11-ustun — 12-ustun — va va va Shaklning barcha ustunlari yozib tofldirilgandan so‘ng 10, 11, 12-ustunlar bo‘yicha ular jamlanadi. Duradgorlik — mebel detal va uzellarini pardozlash uchun sarflanadigan ikkinchi darajali (jilvirlash, jilolash materiallari va boshqa tarkibiy qismlar) materiallar ham lok-bo‘yoq materiallar singari xuddi yuqoridagiga o‘xshab hisoblab topiladi va shakl (jadval) ko‘rinishida beriladi. Shakllar (bianklar) tegishli ada- biyotlarda yoki tayyor holda sex texnologlari qo‘lida bo‘ladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling