Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet71/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

? Nazorat savollari

  1. Lok-bo‘yoq parda qatlamlarini quritish (qotirish) usullarini ayting va ular mohiyatini tushuntiring.

  2. Lok-bo‘yoq parda qatlamlarni tezlashtirilgan elektronlar yorda- mida quritishni barcha turdagi pardozlash materiallari uchun qo‘l- lash mumkinmi?

  3. Lok-bo‘yoq qoplarinijilolashning vazifasi va maqsadlari.

  4. Lok-bo‘yoq parda qatlamlarinijilvirlovchi qanday usullarni bilasiz?

  5. Lok-bo‘yoq parda qatlamlarinijilvirlashda qanday dastgohlardan foydalaniladi?

  6. Tampon usuli bilan pardozlash deganda nimani tushunasiz?

  7. «Avtomat», «avtomatlashtirish» va «mexanizatsiyalashtirish» tushunchalariga ta’rif bering.

  8. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish mehnat unumi va mahsulot sifatiga qanday ta’sir etadi?

  9. O‘rganilgan fan doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish nima- larda namoyon bo‘ladi?

  10. Ushbu fan doirasida atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarga ni- malar kiradi?

  11. Ifloslantiruvchi va zaharlovchi manbalardan qutulish usullari ha- qida axborot bering.

  12. Atrof-muhitni muhofaza qilish barchamizning umumiy ishimiz ekanligi to‘g‘risida gapirib bering.

VIII bob. PARDOZLASH SEXLARIDA ISHLAB
CHIQARISH JARAYONLARI


  1. Ish o‘rinlari va u yerda mehnatni tashkil etish

Ilmiy ravishda mehnatni to‘g‘ri tashkil etish mehnat unum- dorligi o‘sishining asosini tashkil etadi. Yangi pardozlash sexla- rini loyihalashda yoki ishlab turganlarini qayta qurishda eng zamonaviy pardozlash materiallaridan foydalanish, ularni sur- kash yoki yotqizishda esa mebel va yog‘ochsozlik korxonalarida unumli ishlayotgan yangi texnika hamda ilg‘or texnologiyani qo‘l- lash maqsadga muvofiqdir.
Ish o‘rinlari va ularda mehnatni tashkil etishning zamonaviy loyihalari quyidagi bo‘limlami qamrab oladi: ish o‘mining vazi- fasi, mehnat predmetlari (yog‘och va yog‘och materiallar, lok- bo‘yoq materiallar), mehnat vositalari (asbob-uskunalar va ularni joylashtirish), ish ohinlarini rejalashtirish, ishning mazmuni va uning bajarilish tartibi (operatsiyalar ketma-ketligi), mehnatni tashkil etish shakli, ish sharoitlari (sanitariya-gigiyena va estetik omillar) va boshqalar.
Ish 0‘rinlarida mehnatni oqilona (to‘g‘ri) tashkil etish ish unumini qo‘shimcha xarajatsiz oshirish imkonini beradi. Vaho- lanki, texnikjihatdan takomillashtirilganda esa mablag‘, mehnat hamda materiallar ko‘p sarfbo‘ladi. Amalda, ko‘pincha yuqorida nomlari qayd etilgan loyiha bo‘yicha ish o‘rinlarini to‘g‘ri reja- lashtirishni egallaydi. To‘g‘ri rejalashtirish faqat og‘ir jismoniy mehnatni yengillashtirib qolmasdan, balki ish unumining oshi- shiga va ishchilar sonining kamayishiga ham olib keladi.
Misol tariqasida yaxlit detallarni jilvirlash dastgohlarida jil- virlanadigan ish o‘mini rejalashtirishni kohsatish mumkin. Ish o‘rinlarini 51-rasm, a dagidek rejalashtirilganda detallar dastgohdan ikki marta o‘tkaziladi va ikki ishchi xizmat kohsatadi. 51-rasm, b da ham xuddi shunday operatsiyani bajarish uchun ish o‘rinla- rini rejalashtirish bo‘yicha ishchilar soni bittaga kamaydi.

51-rasm. Mebel detallarinijilvirlash uchun ishjoyini rejalashtirishga misoliar:
a—bitta dastgohda ikki kishi xizmat qiladi; 7—dastgoh; 2—ishlov berilmagan detal; 3—ishlov berilgan délai; 4, 5—ishchilar; ó—boshqarish pulti; è—ikkita dastgohda uch kishi xizmat qiladi: 1, 2—dastgohlar; 3—ishlov berilmagan detal; 4—ishlov berilgan detal; 5, 6, 7—ishchilar; á’—boshqarish pulti; 4—ikkila dastgohda ikki kishi xizmat qiladi, bunda dastgohlar o‘rtasiga transportyor o‘matilgan: 1, 2—dastgohlar; 3—rolikli transportyor;
4—ishlov berilmagan detal; 5—ishlov berilgan detal; 6, 7—ishchilar; á’—boshqarish pulti.

Dastgohlaming burchak ostida joylashtirilishi detallarni bir dastgohdan ikkinchisiga uzatish yo‘lini qisqartiradi, bunda ishchi o‘z tanasini u yoqdan bu yoqqa 90° ga burib, detallarni uzata- veradi. Ish o‘rinlarini bunday tashkil etganda ishchi kam char- chaydi va shu ishlami bajarish uchun kam vaqt sarf qiladi.
Yuqorida aytilgan operatsiyalarni bajarish uchun ish o‘rin- larini eng oqilona rejalashtirish 51-rasm, d da aks ettirilgan. Bunda ikkita dastgoh bir chiziq bo‘ylab joylashgan bo‘lib, orasiga ro- likli transportyor o‘matilgan. Ish o‘rinlarini bunday tashkil etish ishchilar sonini yana bittaga kamaytiradi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling