Yogoch material p65
MMCK-1 liniyasining texnik tavsifi
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- MMCK-1
- Pardozlash jarayonlarini avtomatlashtirish
MMCK-1 liniyasining texnik tavsifi
MMCK-1 liniyasi mebel sanoatida keng tarqalgan: u oddiy, qulay va ish unumi yuqori, lekin unda qo‘l mehnatining ko‘p bodishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi. Bu liniya hozirgi davrda BMO «Rossiya» nomi bilan yuritilmoqda. Pardozlash jarayonlarini avtomatlashtirish Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanish jarayonida ishchilar mehnati unumdorligi va texnologik mashina- uskunalarning ish unumini oshirish, sanitariya-gigiyena sharoit- larini yaxshilash, mahsulot tannarxini kamaytirish va ularning sifatini oshirish borasida avtomatlashtirishning roli kattadir. «Avtomatlashtirish» yunoncha «avtomat» so‘zidan olingan bo‘lib, u «o‘z-o‘zidan harakatga kelish» ma’nosini bildiradi. Ya’ni ular mustaqil ravishda, odamning bevosita ishtirokisiz harakatga keladi. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirish ishlab chiqarish jara- yonlarining barcha jabhalarini, shu jumladan, detal va buyum- lami birjoydan ikkinchijoyga ko‘chirishdan tortib, to mahsulot sifatini nazorat qilishgacha bo‘lgan ishlarini o‘z ichiga oladi. Mebel va yog‘ochsozlik korxonalarida avtomatlashtirish ishlari boshlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. MDH davlatlarida brush detallarga ishlov beruvchi birinchi yarimavtomat liniya 1955-yilda yaratildi. O‘sha davrdan boshlab tarmoq korxonalarida har xil texnologikjarayonlarni avtomatlashtirish keng rivoj topdi. Hozirgi kunda ko‘pgina korxonalarda o‘zimizda va xorijda ishlab chiqarilgan ko‘plab avtomat hamda yarimavtomat liniyalar ishlab turibdi. Ularda yuk ortib-tushirishdan tortib, yukni bir joydan ikkinchijoyga ko‘chirishgacha bo‘lgan ishlaming barchasi mexanizatsiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan. Korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash- tirish va avtomatlashtirish darajasiga qarab, qo‘lda mexanizatsiyalashtirilgan, mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan va kompleks avtomatlashtirilgan guruhlargabo‘linadi. Qo‘lda mexanizatsiyalashtirilgan korxonalarda ishlab chiqarish operatsiyalari qo‘l kuchi bilan oddiy mexanizm va mexanizatsiyalashgan asbob- lar yordamida bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlari dastgohlar, mashina va mexanizm yordamida amalga oshiriladi, ammo ulami boshqarish va ikkinchi darajali operatsiyalami bajarish odam ishtirokisiz amalga oshmaydi. Kompleks mexanizatsiyalashtirilgan korxonalarda barcha ishlab chiqarish jarayonlari dastgohlar, mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi, faqat ulami odam boshqarishi kerak bo‘ladi. Avtomatlashtirilgan korxonalarda barcha ishlab chiqarish jarayonlari va ularni boshqarish ishlarida faqat ishchiga vaqt-vaqti bilan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, nazorat qilish va rostlab turish ishlari yuklanadi. Avtomatlashtirish, o‘z navbatida, qisman avtomatlashgan va to‘liq avtomatlashgan guruhlarga bo‘linadi. Texnologikjarayonlar qisman avtomatlashganda axborot oqimining ma’lum bir qismi- gina (masalan, boshqarish operatsiyasi) avtomatlashgan bo‘ladi, qolganlari esa (rostlab turish, nazorat qilish) ishchi-operator to- monidan bajariladi. To‘liq avtomatlashgan texnologikjarayonlarda axborot oqimining hamma operatsiyalari (boshqarish, rostlab turish va nazorat qilish) avtomatlashtirilgan bo‘ladi, ya’ni ular avtomat qurilmalar yordamida bajariladi. Operator bunda faqat qurilmani sozlash, ishga tushirish va to‘xtatish bilan shug‘ullanadi, xolos. Kompleks avtomatlashtirilgan korxonalarda barcha ishlab chi- qarishjarayonlari va ulami tashkil etuvchi texnologik operatsiya- lami boshqarish, rostlab turish, nazorat qilish ishlari odam ish- tirokisiz bajariladi. Bunda faqat operator-ishchiga bo‘lgan ehtiyoj avtomat sistemalar ishini kuzatib turishdan iborat bo‘ladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling