Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
Yaxlit detallarning serbar yuzalarini bo‘yaydigan МКП-1, МКП-2 va МКП-3 liniyalari. МКП-1 va МКП-2 liniyalari yog‘och-qirindili taxtalardan yasalgan mebel tanavorlarining serbar yuzalarini bo‘yash uchun qo‘llaniladi. МКП-1 liniyasida anilin bo‘yoqlarining suvdagi eritmasi ishlatiladi. Uning tarkibida (53-rasm) yuk ortish mexanizmi, rolikli konveyer, changdan tozalash dastgohi, konveksion quritish kamerasi, tebranuvchi jilvirlash dastgohi, to‘plagich bo‘ladi.
МКП-2 liniyasida (54-rasm) tebranib ishlaydigan jilvirlash dastgohi bo‘lmaydi. Liniyalarda quyidagi texnologik operatsiyalar bajariladi: detallami changdan tozalash, bo‘yovchi eritmani serbar 53-rasm. Serbar yuzalarni bo‘yash МКП-1 liniyasi: 7—yuk ortgich; 2—rolikli konveyer; 7—changdan tozalash dastgohi; 4—bo‘yash dastgohi; 5—konveksion quritish kamerasi; 6—tebranma jilvirlash dastgohi; 7—to‘plagich. 54-rasm. Serbar yuzalarni bo‘yash МКП-2 liniyasi: 7—yuk ortgich; 2—rolikli konveyer; 7—changdan tozalash dastgohi; 4—valli grunt surkovchi dastgoh; 5—IQ quritish kamerasi; 6—lo‘plagich. yuza ustiga surkash, bo‘yalgan sirtni quritish, yog‘och tukchalarini yo‘qotish maqsadida jilvirlash (bu faqat МКП-1 liniyasiga te- gishlidir). МКП-2 modelli liniyada bo‘yash uchun ma’lum quyuqlikka ega bo‘lgan «porenbeys» bo‘yog‘i ishlatiladi. Bunda yog‘och tukchalari ko‘tarilmaydi, shuning uchun liniyada teb- ranib ishlovchijilvirlash dastgohi bo‘lmaydi. МКП-2 liniyasining uzunligi МКП-1 ga nisbatan bir necha marta qisqadir, chunki organik erituvchilardan tashkil topgan porenbeys, suvli bo‘yoq eritmalariga qaraganda 3—4 marta tez quriydi. Shu maqsadlar uchun qo‘llaniladigan liniyalarning keyingi avlodi МКП-3 liniyasidir (55-rasm). 55-rasm. Serbar yuzalarni bo‘yash МКП-3 liniyasi: 7—ko‘tarma platformali avtomatik ravishda ishlovchi ta’minlagich; 2—changdan tozalovchi stanok; 3—valli bo‘yoq surkovchi stanok; 4—yuritmali rolgang; 5—IQ nurli quritish kamerasi; 6—ko‘tarma platformali avtomatik tarzda ishlovchi taxlagich; 7—rolganglar; á’—bo‘yaladigan zagotovkalar; P—tayyor mahsulot; 70—travers aravacha. Quyidagi jadvalda har uch liniyaning muhim texnik tavsifi keltirilgan:
MHH-1 liniyasi. Bu liniya mebel detallan serbar yuzalarini nitroselluloza loklari bilan loklash uchun ishlatiladi. Liniyada bundan tashqari, kislotali muhitda qotadigan loklar, shuningdek, ular asosidagi emallami surkash mumkin. Liniya (56-rasm) quyidagi asosiy uzellardan tashkil topgan: avtomat tarzda ishlaydigan vakuum yuklagich, ag‘dargich, chang- dan tozalash dastgohi termoradiatsion quritish kamerasi, esta- kada, grunt surkaydigan valli dastgoh, normallashtirish kamerasi, IIIj2B tebranuvchi dastgohi, lok quyish mashinasi, konveksion quritish kamerasi, qayta taxlagich, oraliq konveyer, avtomat ravishda ishlaydigan vakuum taxlagich. Liniyada quyidagi texnologik operatsiyalar bajariladi: yuzani changdan tozalash, yuzani termoradiatsion usulda qizdirish, gruntovka qilish, gruntlangan yuzani jilvirlash, qaytadan termoradiatsion usulda qizdirish, quyish usuli bilan lok surkash; erituvchi bug‘larini uchirib yubo- rish; parda qatlamini quritish va uni sovitish. 56-rasm. Nitroselluloza loklari bilan serbar yuzalami loklash MhH-1 liniyasi: 7—avtomat ravishda ishlaydigan vakuumli ortkich; 2—ag‘dargich; 7—changdan tozalash dastgohi; 4—termoradiatsion kameralar; 5—estakadalar; ó—valli grunt surkovchi dastgoh; 7—normallashtirish kameralari; á>—ffln2B rusumli tebranma jilvirlash dastgohi; 9-2M rusumli lok quyish mashinasi; 70—konvektiv quritish kameralari; 77—taxlagich; 72—oraliq konveyer; 77—avtomat vakuum to‘plagich. Quyida serbar yuzalarini nitroselluloza loki bilan loklaydigan \L II1-1 liniyasining muhim texnik tavsifi keltirilgan:
MJIII-I liniyasi. 57-rasmda mebel detallarini parafin tarkibli poliefir loki va emallar bilan pardoz qiluvchi MJII-l liniyasi ko‘rsatilgan. Bu liniyada detallami sovuq holda qotadigan n3-246 va issiq holda qotadigan n3-265 loklari bilan loklash mumkin. \UII-1 liniyasida quyidagi texnologik operatsiyalar bajariladi: yuzani changdan tozalash, detal yuzasini oldindan qizdirish, quyish usuli bilan birinchi marta lok surkash, yuqori yoki past haroratda ushlab turish (gel holatiga kelguncha), lokni ikkinchi marta berish, ma’lum vaqt ushlab turish va quritish. 57-rasm. Serbar yuzalami poliefir loki bilan loklash Mhn-1 liniyasi: 7—yuk ortish moslamasi; 2—rolgang; 3—changdan tozalash dastgohi; 4—dasllabki isitish kamerasi; 5—lok quyish mashinasi; d—gel hosil qilish kamerasi; 7—rolgang; ¿’—harakatlanuvchan etajerka; P—zanjirli konveyer; 70—quritish kamerasi. Quyida serbar yuzalarini pardozlaydigan VLII1-1 liniyasining ayrim texnik tavsifi keltirilgan:
Mnn~l liniyasi. Liniya poliefir parda qatlamli mebel detallari- ning serbar yuzalarinijilvirlashjilolash va yaltiratish uchun xizmat qiladi. U ikkita olti barabanli n6BAjilolash dastgohlari bazasida tuzilgan (58-rasm). Liniyaning asosiy uzellari quyidagilardan ibo- rat: rolgang, jilvirlash dastgohi, yo‘naltiruvchi konveyer, olti barabanlijilolash stani va yaltiroqlik beradigan moslama. Ishlash prinsipi quyidagicha: detal rolikli konveyerdan jilvirlash dastgo- higa beriladi, u yerda detal awal harakat yo‘nalishiga perpendikulär yo‘nalishda, so‘ngra uzunasiga ikki lentali dastgohlarda jilvirlanadi va nihoyatjilolash dastgohlariga uzatiladi. Yaltiroqlik beradigan qurilma detal yuzasiga moy ketkazuvchi suyuqlik surkaydi. Qurilmaning kallaklari parda qatlam sirtidanjilo beruvchi material qoldiqlarini o‘zi bilan olib qoladi. To‘liq pardoz- dan chiqqan detallar liniyadan qo‘lda olinib, shtabel qilib taxlanadi. Hozirgi vaqtda lok parda qatlamining ko‘rinishini yaxshilaydigan Mnn-2 liniyasi ham ishlatilmoqda. U oldingi modelga qaraganda ancha mexanizatsiyalashtirilgan. 58-rasm. Yaxlit detal serbar yuzalarinijilvirlash va jilolash МПП-l liniyasi: 7—rolgang; 2—jilvirlash dastgohi; 7—yo‘naltiruvchi konveyer; 4—jilolash dastgohlari; 5—yaltiroqlik beruvchi moslama. Quyida МПП-l va МПП-2 liniyalarining ayrim texnik tavsifi keltirilgan:
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling