Yogoch material p65
Brusok ko‘rinishidagi pastalarning tavsifi
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
Brusok ko‘rinishidagi pastalarning tavsifi
Tekislovchi suyuqliklar plastiñkator va ayrim hollarda smola va kolloksilindan iborat uchuvchan organik erituvchilar aralash- masidir. Ular lok-bo‘yoq parda qatlamdagi unchalik katta bo‘l- magan notekisjoylar va ayrim nuqsonlami yo‘qotishda nitrolokli pardoz qatlamlami tekislashda ishlatiladi. Tekislash jarayonida parda qatlamning ust qismi suyuqlik ta’siridan awal bo‘kadi, yumshaydi va qisman eriydi, keyin u tampon yordamida tekislanadi. PM3 tekislovchi suyuqligi (TY 81-05-82-75) nitrolokli parda qatlamlarni qo‘lda tampon bilan tekislashda ishlatiladi. Uning tarkibida vazelin moyi, On-10 rusumli sirti faol modda va faol eritkichlar bo‘ladi. Suyuqlik sarfi 70—100 g/m2, quruq qoldiq miqdori 2,7—4,0 %. HH-313 tekislovchi suyuqligi (TY 6-10-1406-78) tarkibida faol eritkichdan tashqari, parda hosil qiladigan moddalar — kollok- silin, silogeksan, formaldegid smolasi hamda plastifikator bo‘- ladi. Ular nitrolokli pardoz qatlamlami tampon bilan tekislashda ishlatiladi. Qovushoqligi B3-4 viskozimetri bo‘yicha 8—12 s, quruq qoldiq miqdori esa kamida 2,9 %. Suyuqlik sarfi 70—100 g/m2. IIH-314 nitropoliturasi (TY 6-10-14-06-78) nitrosellulozali parda qatlamlargajilo berish uchun ishlatiladi. Tarkibiga ko‘ra, u 1111-313 gajuda o‘xshash, faqat quruq qoldiq miqdori uning qovushoqligi B3-4 bo‘yicha 15—20 sbo‘lganda 14 % ni tashkil etadi. Jilolash suyuqliklari tekislash suyuqliklari kabi moylar qo‘- shilgan organik erituvchilar aralashmasidan iborat. Jilolash suyuqliklari tarkibida tekislash suyuqliklariga qaraganda faol erit- kichlar miqdori ancha kam bo‘ladi. Nitrolok qoplamalami jilo- lashda ulardagi juda mayda notekisliklar jilolash suyuqligi bilan yo‘qotiladi, sirti esa shishadek yaltiroq bo‘lib chiqadi. May yuqini ketkazadigan tarkiblar. Smolali polituralar, tekislovchi va jilolash suyuqliklari hamda jilolash pastalari bilan sirti kohkamlashtirilganda ularda moy yuqi qoladi. Jilo berilgan sirtdan moy yuqini ketkazish pardozlash operatsiyasining yakun- lovchi bosqichidir. Jilo berilgan sirtdan moy yuqini ketkazish va uni yaltiratish uchun moy yuqini ketkazuvchi tarkiblar ishlatiladi, ular sirtga qo‘lda va mexanizatsiyalashgan usulda surkaladi. Moy yuqini ketkazuvchi materiallar tarkibida erituvchilar (benzin, etil spirti) hamda moyni o‘ziga shimadigan yumshoq abrazivlar bo‘ladi. Moysizlantiruvchi tarkiblardan kimyo sanoati 18-raqamlijilvir- lash suvi, 3-raqamli mumlijilolash tarkibini ishlab chiqarmoqda. Quyida suyuqlikning tarkibiga kiradigan moddalar keltirilgan (og‘irlik qism).
Jilo berish ishlari fetr (namatning eng a’lo navli xili, tasmali gazmol yoki rotatsion disklardan yig‘ilgan barabanlar) yordamida bajariladi. Amalda barabanlijilolash dastgohlari ko‘p ishlatiladi. Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan jilolash dastgohlari tashqi diametri 300—400 mm bo‘lgan disklar bilan ji- hozlanadi. Ishlov berish vaqtida jilolash pastasi detal sirtiga surkaladi. Bunday hollarda suyuq pastalar ishlatiladi, ular bara- ban sirtiga yaxshi yopishmasa ham detal yuzini yaxshi sovitadi. Avtomat liniyalarda ishqalanish natijasida va aylanuvchi barabanlar orasidan siqilib o‘tganda qizib yumshaydigan qattiq pastalar ishlatiladi. Hozirgi kunda bir va ko‘p barabanli jilolash dastgohlari mebel fabrikalarida ishlatilmoqda. Masalan, niE, niBA, n6E, n6BA dastgohlari va Mnn-1, Mnn-2 (49, 50-rasmlar) rusumli avtomat liniyalar. Avtomat liniyalarda bir vaqtning o‘zida poliefir loki asosida olingan qoplamalami jilvirlash, jilolash va yaltiratish mumkin. Barabanli jilolash dastgohi niE nitroselluloza va poliefir loklari bilan loklangan mebel yaxlit detallaridagi loklarda qatlamlami jilolash uchun ishlatiladi. Parda qatlamlarigajilo berish quyidagicha amalga oshiriladi: jilo beriladigan detal karetka ustiga mahkamlanadi. Karetkani harakatga keltiruvchi yuritma ishga tushiriladi va qaytma-ilgari- lama harakat qila boshlaydi. Jilolanadigan detal karetka bilan birgalikda u yoqdan bu yoqqa harakat qila boshlaganda ustidan tegib aylanayotgan baraban bilan sirpanuvchi kontaktda bo‘ladi. Vaqt-vaqti bilan suyuqjilolash pastasi qo‘lda cho‘tka bilan ishlov berilayotgan detal sirtiga surkab turiladi. n6B jilolash dastgohi oltita jilolash barabani bilan jihozlan- gan. Ilgarilama harakat qiluvchi detal navbatma-navbat har bir jilolash barabanining tagidan o‘tadi. O‘tish tipida ishlovchi n6B dastgohi detallami potok usulida ishlovchi liniyalarga oson mos- lasha oladi. Ko‘p barabanli dastgoh va liniyalarda ishqalanish va aylanayotgan barabanlar tagidan siqilib o‘tayotganda paydo bo‘- ladigan issiqlik natijasida eriydigan qattiq pastalar ishlatiladi. Jilo berish dastgohlari va liniyalaming tavsifi mavjud texnika ada- biyotlarida batafsil keltirilgani uchun bu yerda ular keltirilmadi. Bir va ko‘p barabanli jilolash dastgohlarining ish unumi (dona, yaxlit detal /smena) mos ravishda, quyidagi formulalar yordamida topiladi: Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling