Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet60/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Parda hosil bo‘lish vaqti

36-rasm. Parda qatlam qurishi kinetikasining egri chiziqlari: 7—parda qatlam qalinligining o‘zgarishi; 2—bug‘lanib ketgan erituvchi molekulalari miqdori.

nishi bilan tavsiflanadi. Bunda erituvchi molekulalarjadal sur’atda

v = a(P-p)
4d

-10~2, RT
Birinchi bosqich (I) — par- dozlanadigan yuzaga surkalgan suyuq lok tarkibidan erituvchi molekulalarining erkin bug‘la- uchib kamaya boshlaydi va lok qatlamining boshlang‘ich qalinligi /¿jting keskin kamayishi kuzatiladi. Bu davr lokning qovushoq- ligi uning ust tarafidan tez ortib borishi bilan ajralib turadi. Birinchi bosqichida erituvchi molekulalaming bug‘lanish tezligi, eng av- valo, erituvchi bug‘laming elastikligi va haroratga bog‘liq bo‘ladi. Uning miqdori quyidagi formula orqali topiladi (m3/m2 • s): bu yerda, a — tajriba koeffitsiyenti; P — erituvchi molekulalari ustidagi to‘yingan bug‘lar elastikligi; p — atrof-muhitning bug‘ bosimi; d — erituvchining zichligi; M — erituvchining molekular massasi; R — universal gaz doimiysi; T — absolut harorat, K.
Ikkinchi bosqich (II) — lok qatlami sirtida yupqa gel (yelim- shak) pardasi hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi va unga yon-atrofda boflgan chang zarrachalari yuqmaydi. Shuning uchun parda qat­lamining bu holatiga «changdan» qurish deb ataladi. Parda qatlam ustidan qo‘l barmoqlari yengil silab o‘tkazilsa, barmoq izlari qoladi.
Gel pardasi hosil boflishi bilan erituvchilaming bugflanish tezligi keskin kamayadi, lok qatlami asta-sekin gelsimon holatga o‘tadi. Bu davrda lok-bo‘yoq parda qatlam qalinligining yupqalanishi kuzatiladi; parda qatlam asosning chuqurroq qismlariga tortilib boradi. Lok-bo‘yoq parda qatlamida kirishish kuchlanishi paydo bo‘ladi va materialning qurishi sekinlashadi.
Uchinchi bosqich (III) — qotishga boshlagan parda qatlamlari- dan erituvchi molekulalari bug‘lanishi davom etaveradi. Lekin bu jarayon juda sekin kechadi, uni belgilovchi egri chiziq abssissa o‘qiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqqa yaqinlashib qoladi. Xuddi shuningdek, lok-bo‘yoq parda qatlamining qalinligi o‘zining oxirgi qiymatigacha (Hox) yupqalanishi sekinlashadi. Parda qatlam shisha- simon holatga o‘tadi. U ma’lum qattiqlikka erishgan bo‘lib, unda jilvirlash vajilolash operatsiyalarini bemalol bajarish mumkin bo‘ladi. Parda qatlamning bu bosqichdagi qurishi amaliy qurish deyiladi.
To‘liq qurishda parda qatlamning qattiqligi boshqa o‘zgar- maydi, unda cho‘kishjarayoni tugagan bo‘ladi. Qurishning oxirgi bosqichi, buyumlami ishlatish vaqtida ham davom etaveradi. Lok- bo‘yoq parda qatlamlarining berilgan qattiqlikkacha bo‘lgan qurish vaqti lokdagi erituvchilar tarkibiga, parda qatlam qalinligiga, qurish sharoiti va haroratiga bog‘liq.
Qalinligi 60 mkm.gacha bo‘lgan yupqa parda qatlamlar uchun qurish vaqti qalinlikning birinchi darajasiga to‘g‘ri proporsionaldir:
t = A ■ h,
bu yerda, A — lok turiga bog‘liq koeffitsiyent; h — parda qatlam qalinligi, mkm.
Qalin parda qatlamlar uchun bu bog‘liqlik to‘g‘ri kelmaydi, chunki sirtda qatqaloqlik paydo bo‘lishi quyi qatlamlardan eri- tuvchining yuzaga chiqib ketishini qiyinlashtiradi. Bunda:

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling