Yog’och xomashyoning mustahkamligi, qattiqligi, qayishqoqligi, plastikligi, mortligi va sifatiga qo’yiladigan talablarni o’rganish. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Yog’och materiallarning asosiy hossalari haqida malumotlarni o’rganish


Download 179.71 Kb.
bet6/10
Sana13.02.2023
Hajmi179.71 Kb.
#1195535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yog\'och

Qoraqayinning yog‘ochi qizil, sarg‘ish ranglarning turli tuslarida bo‘ladi. Oqqayin yog‘ochida bunday tuslar yo‘q. Har tomonlama kesganda ham qoraqayinda yillik qatlamlar, o‘zak nurlari yaxshi ko‘rinib turadi. Radial kesimi juda chiroyli, pishiq, ammo nam va haroratlar ta’siriga chidamsizdir. Ko‘proq Kavkaz, Qrim va O‘rta Osiyoning janubiy tumanlarida o‘sadi. Undan asosan mebel va faner ishlab chiqarish sanoatida parket va o‘quv asboblari ishlanadi.
Ignabargli yog‘och turlari. Qurilishda ishlatiladigan yog‘och ashyolarning asosiy qismi ignabargli yog‘ochlardir.
Qarag‘ay qanday tuproqli yerda o‘sgashshgiga qarab ikki xil bo‘ladi: birinchisi qum tuprokli yerda o‘sib, yog‘ochli qismi mayda qatlamli, juda zich, qatgiq, pishiq va sarg‘ish-qizil rangda, ikkinchisi pastgekislikdagi o‘sadigan yog‘ochli qismi sarg‘ish, yirik hujayrali, yengil bo‘ladi. Qalin daraxtzorda o‘sganining tanasi to‘g‘ri va kam shoxli. Unda smola ko‘p bo‘lganligi sababli tez chirimaydi va nam ta’siriga chidamli.
O‘zbekistonda qarag‘ay juda kam. Ayniqsa, respublikamizning janubida o‘sadigan qarag‘aylar boshqalariga nisbatan sifatsiz. Tanasi egri, yog‘ochi bo‘sh va tez chiriydi. Qarag‘ay yog‘ochi qurilishning deyarli hamma joylarida, jumladan, ko‘prik qurishda, shpallar va turli yordamchi konstruksiyalar tayyorlashda, qoliplar yasashda ishlatiladi. Qarag‘ay 350–500 yil yashaydi.
Archa – yog‘ochligi to‘la pishgan, oq-sarg‘ish yoki oq-qizg‘ish (botqoqliklarda o‘sadigan turi) daraxt. U O‘rta Osiyoning tog‘ bag‘irlarida o‘sadi. Tanasi to‘g‘ri, silindrsimon, ammo ko‘p shoxli. Uni yorish oson, qarag‘ayga qaraganda kam smolali, shuning uchun nam ta’sirida tez chiriydi. Quruq joyda ishlatiladigan yog‘ochi juda uzoq vaqt chirimay saqlanadi. Goh namlanib, goh qurib turadigan joyda ishlatilgan archa yog‘ochi 5–6 yildan keyin butunlay chirib ishdan chiqadi. Archa 350 yil yashaydi, 80–150 yillik archalar qurilish uchun eng yaxshi ashyodir.
Tilog‘och qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli bo‘lib, yog‘och qatlamining yupqaligi va o‘zagining rangi bilan ajralib turadi. Yog‘ochi ko‘p qatlamli, pishiq, og‘ir va qattiq, nam yoki suv ta’siriga chidamli. Unda smola ko‘p bo‘lganidan kemiruvchilardan shikastlanmaydi. Gidrotexnik va yer osti inshootlari qurishda keng ishlatiladi. Tilog‘och daraxtlar ichida eng tez o‘suvchi, tanasi to‘g‘ri, kam shoxli tur. Suvda ko‘p vaqt saqlangan yog‘ochi yanada pishiќlanadi. Yog‘ochining ko‘rinishi tangensial kesimi bo‘yicha birmuncha chiroyli bo‘lsa ham mebel sanoatida kam ishlatiladi. Sababi, uning qattiќligi hamda tarkibida smola ko‘pligidir. U Rossiya Yevropa qismining shimoli-sharqida o‘sadi.
Kedr yog‘ochi oq-sarg‘ish, o‘zagi esa sariq-qizg‘ish ranglarda bo‘lishi mumkin, yillik qatlami yupqa, o‘zi yumshoq, ammo, yetarli darajada pishiqdir. Tanasi to‘g‘ri va uzun. 600–700 yil yashaydi. Asosan Rossiyada, Yevropada nam yerlarda o‘sadi. Sifatiga ko‘ra kedr yog‘ochi qarag‘ayga yaqin turadi. Qurilishda va duradgorlikda xoda va tilingan taxta holida ko‘p ishlatiladi.
Pixta yog‘ochi kam smolali. Qoraqarag‘ayning yog‘ochi singari g‘ovak, yengil va oson sinuvchan, sifati esa qoraqarag‘aynikidan pastroq. Pixta kam smolali bo‘lganligidan boshqa ignabargli daraxtlarga qaraganda tezroq chiriydi. U Kavkazda, Rossiyaning shimoli-sharqida, O‘rta Osiyoda o‘sadi. Pixta xoda va tilingan taxta holida ishlatiladi.

Download 179.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling