Yog’ochdan turli Duradgorlikda yasaladigan buyumlar


Duradgorlikda yasaladigan buyumlar


Download 23.53 Kb.
bet2/3
Sana16.01.2023
Hajmi23.53 Kb.
#1096096
1   2   3
Bog'liq
Duradgorlika ishlatiladigan yog\'ochlarning xossalari

Duradgorlikda yasaladigan buyumlar barcha tirnoqli brikmalari yelim bilan birlashtiriladi. Yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son – sanoqsiz iplar bilan tikilgandek bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim plyonkasi vujudag keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek, yelimlashning mustahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog’liq bo’ladi. Taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng ko’p ishlatiladi.
Taxta (duradgorlik) yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog’i, shoxi, tog’aylari va terisidan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimlining sifatini uning shaffofligiga qarab aniqlash mumkin. U qanchalik tiniq bo’lsa, shunchalik sifatli bo’ladi.
Taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo’kkunicha 10-12 soat ivitiladi, so’ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi. Yelim qaynatkich bir – birining ichiga qo’yiladigan ikkita metal idishdan iborat bo’lib, yelim kuyib ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga yelim solinadi. Yelim qaynatkich taxminan 70-800C gacha qizdiriladi. Ana shu darajadagi haroratda yelim eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada, kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin.
Yelim qaynatkichda qattiq qaynab ketmasligini va uzoq vqat qizimasligini kuzatib turish kerak. Chunki ana shunday hollarda uning sifati yomonlashadi. Odatda, yelim bir – ikki kunlik ishga yetarli qilib tayyorlanadi. Negaki, u qayta qizdirilsa, buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yaramaydi. Yelimning ishga yaroqliligini aniqlash uchun unga bitta payrahani tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib tushsa, sifatli bo’ladi, tomchilab tushda (yoki butunlay oqib tushmasa) ishlatishga yaramaydi.
Qattiq (dub, buk va boshqa) yog’och buyumlarni yelimlash uchun suyuq va yumshoq yog’och buyumlarni yopishtirish uchun quyuq yelim ishlatiladi. Yelimlangan buyumlarni namgarchilidan saqlash zarur.

Download 23.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling