Yog’ochdan turli Duradgorlikda yasaladigan buyumlar
Download 23.53 Kb.
|
Duradgorlika ishlatiladigan yog\'ochlarning xossalari
Kazein yelimi. Bu yelim tarkibining asosiy qismi yog’i olingan quruq tvorog – kazeindan iborat bo’ladi. U yog’siz sutdan tayyorlanadi. Yelimning tarkibida kazeindan tashqari kerosin va yelim buzilmasligi uchun qo’shiladigan maxsus antiseptik modda ham bo’ladi.
Lok – sirtga surtilganda qotib, yaltiroq qattiq parda hosil qiluvchi organik moddalar aralashmasi. Loklash yog’och buyumlarni yaltiratib pardozlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri bo’lib, bu ish buyumning sirtiga bir necha qatlam qilib lokni surtishdan iboratdir. Loklashda spirtli, moyli va nitroloklardan foydalaniladi. Buyumlarni loklashni quruq, iliq, yaxshi shamollatiladigan xonada, jang va qipiqlardan xoli joyda bajarish kerak. Loklash. Loklangan yog’ochning rangi va gullari yaltiroq lok qatlamida chiroyli ko’rinib turadi. Rangli loklar yog’och rangini o’zgartirib, shu lokning rangidagi yaltiroq qatlam hosil qiladi. Loklashni maxsus purkagich asboblar yordamida yoki cho’tka hamda aylanadigan valiklar yordamida bajariladi. Bo’yoq – yupqa qatlami qurigandan so’ng shaffof bo’lmagan, sirtni yemiruvchi moddalardan saqlaydigan va uning chiroyli tashqi ko’rinish beradigan parda hosil qiladigan modda. Moyli bo’yoqlar, guash, akvarel va boshqa bo’yoq turlari mavjud. Bo’yash yog’ochning tabiiy rangini o’zgartirgan holda pardozlovchi hamda tashqi ta’sirlardan saqlovchi himoya qatlami hosil qilishdan iborat jarayondir. Bunday usullarda eshiklar, deraza romlari, ayrim mebellar va boshqa buyumlarga pardoz beriladi. Yog’ochni bo’yash uchun ko’proq moyli bo’yoqlar, nitrobo’yoqlar, emallar, suv emulsiya bo’yoqlari ishlatiladi. Bo’yash ishlari purkash mashinalari yordamida yoki cho’tkalar va dumaloq valiklar yordamida bajariladi. Bo’yoqni buyum sirtiga bir tekis ko’rinishda hosil bo’lguncha 2-3 marta surtiladi. Yetarlicha qalinlikda surtilgan emal bo’yoqlari yaltiroq ko’rinish hosil qiladi. Download 23.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling