Yog‘och buyumlarni pardozlash usullari
Yog‘och buyumlarni pardozlashda hosil bо‘ladigan parda shaffof (tiniq), shaffofmas (tiniqmas), biror narsaga о‘xshatib pardozlangan va maxsus gruppalarga bо‘linadi.
Shaffof - pardoz asosan chiroyli teksturaga ega bо‘lgan yog‘och turlarini va isitiladigan xonalarda foydalaniladigan buyumlar (mebel, radiopriyomnik, televizor, soat futlyarlari) uchun qо‘llaniladi. Shaffof parda orqali yog‘ochning asl teksturasi kо‘rinib turadi.
Shaffofmas - pardoz asosan nina bargli yoki teksturasi chiroyli bо‘lmagan arzon yog‘och turlaridan tayyorlangan buyumlar uchun qо‘llaniladi. Bunda yog‘ochning asl teksturasi parda qoplama ostida kо‘rinmay qolib ketadi. Shaffofmas qoplamalar kasalxona va oshxona mebellari, turar joy binolarida devor ichiga quriladigan mebellar, qishloq xо‘jalik mashina detallari, deraza, eshik va shu kabilarni pardozlashda qо‘llaniladi.
О‘xshatib pardozlash- pardoz qilishning shunday turiki, bunda oddiy yog‘ochning tashqi kо‘rinishi kо‘rkamlashadi, yuzalar qimmatbaho yog‘ochlarga о‘xshatib pardozlanadi. Pardozlashning bu usulidan mebellar, eshiklar, radio va televizorlarning korpuslarini pardozlashda foydalaniladi.
О‘xshatib pardozlashning asosiy usullariga quyidagilar kiradi: pardozlanadigan yog‘och yuzasiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qimmatbaho yog‘och teksturasini tushirish; yog‘och teksturasi tushirilgan qog‘ozni pardozlanadigan yuzalarga yelimlab yopishtirish; smola shimdirilgan qog‘oz asosli plyonkami (sintetik shpon) yog‘och yuzasiga issiqlayin presslab yopishtirish, yog‘ochlar yuzasini list plastiklar bilan qoplash.
Maxsus pardozlash usulida yog‘och buyumlar yuzasiga metall suyuqlantirilib quyiladi yoki metall kukunidan pardoz qatlam qoplanadi, yog‘och yuzasi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘yib naqsh solish, bosib naqsh solish, qadab naqsh solish, kuydirish yuli bilan manzarali qilib bezaladi. Pardozlashning maxsus turi hunarmandchilikda maxsus buyurtmalar bо‘lgandagina qо‘llaniladi.q par
Do'stlaringiz bilan baham: |